Tadqiqot joyining tabiiy sharoitlari va uslublari


Mersedes uzum navi mevasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə8/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#163167
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Shahribonu kurs ishi. (1) (3)

Mersedes uzum navi mevasi
3.3.1-rasm


    1. 3.2. Tok qalamchalarini ekishga tayyorlash, ekish va parvarish qilish.

Tok boshqa madaniy oʻsimliklar qatori jinsiy (urugʻidan) hamda vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Urugʻidan koʻpaytirish, asosan, seleksiya ishlarida qoʻllaniladi. Amaliyotda vegetativ yoʻl bilan qalamchasidan, yashil qalamchasidan, payvandlab, parxishlab koʻpaytiriladi. Tok urugʻidan koʻpaytirilganda navning belgi va xususiyatlari oʻzgarib, koʻpincha yovvoyi shakliga qarab ketadi, kech hosil beradi. Baʼzan ayrim mevali oʻsimliklar kabi urugʻidan yetishtirilganlari madaniy navlarga yaqin hosil berishi mumkin, ammo, keyinchalik ular ayniydi. Tok qalamchalaridan koʻpaytirilganda boʻlgʻusi organlar qutblik asosida, yaʼni qalamchaning yuqori tomonida (yuqori qutbidan) novdalar, pastki qismidan (pastki qutbidan) ildiz hosil qiladi. Regeneratsiya yaxshi pishgan bir yillik novdaning oʻrta qismidan olingan qalamchalarda yaxshi kechadi. Tokni parxishlab koʻpaytirishda uning zang, madang, yashil va yarim yashil qismlaridan foydalaniladi. Parxishlashning tik, yotiq, yer usti kabi usullari bor. Tokni payvandlab oʻstirish qadimdan maʼlum boʻlib, Xitoyda bundan 3 ming yil ilgari qoʻllanilgani maʼlum. Tokchilikda ham payvandtag va payvandoʻst atamalari mavjud. Payvand- lash nav sifatini yaxshilashda, ayniqsa, tokning sovuqqa chidamli navlarini hamda vegetativ duragaylash yoʻli bilan yangi navlarini yetishtirishda qoʻllaniladi. Amaliyotda, asosan, iskana (yorma) payvandlash, oʻsimlikning yashil qismi bilan payvandlash kabi usullaridan foydalaniladi va bu ish koʻpincha erta bahorda oʻsimlik tanasida shira harakati boshlanmasdan oldin qilinadi. Toza navli koʻchatlarni yetishtirishda maxsus sharoit (issiqxona, maxsus xona)da tok qalamchalari ildiz oldirilgan payvandtaglarga payvand qilinadi va tegishli havo va tuproq harorati, namligida bahorda ekilgunga qadar saqlanadi. Tok qalamchalarini tayorlash. Tok qalamchalari, asosan kuzda, baʼzan bahorda shira harakati boshlanmasdan oldin ham tayyorlanishi mumkin. Tok tuplari qishda koʻmiladigan yerlarda, kuzda tok kesish bilan bir vaqtda, koʻmilmaydigan yerlarda esa erta bahorda tayyorlanadi. Qalamchalarning uzunligi odatda 50-60 sm, yoʻgʻonligi esa kuchli oʻsadigan xoʻraki va kishmishbop navlarda (“Xusayni”, “Toyifi”, “Kattaqoʻrgʻon”, “Nimrang”).
Qalamchalar asosan 70-80-90 x10-12 sm sxemada ekiladi; 1 ga maydonga oʻrtacha 125 ming qalamcha sarf boʻladi. Ekilgan qalamchalarning tutib ketishi uchun ularni darhol sugʻorish lozim. Dastlabki sugʻorish qalamchalar ekib boʻlingach, aprelda, keyingilari may-iyunda (2 martadan), iyulda (2-3 marta), avgustda (2 marta), jami oʻsish davrida 10-12 marta sugʻoriladi. Har bir sugʻorish normasi 300-400 m3/ga. Qator oralari 3-4 marta 12-14 sm. chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, oʻsish davrida 4-5 marta chopiq qilinib, begona oʻtlar yoʻqotiladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin