Tadqiqot joyining tabiiy sharoitlari va uslublari


III BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə7/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#163167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shahribonu kurs ishi. (1) (3)

III BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI

    1. 3.1. Tokning tashqi muhit omillariga bo’lgan talabi.

Tokka taʼsir koʻrsatuvchi tashqi muhit omillari kelib chiqishiga koʻra, bir qator guruhlarga boʻlinadi: abiotik omillar (yorugʻlik, issiqlik, havo, namlik, tuproq, joyning relefi), biotik omillar (boshqa oʻsimliklarning taʼsiri, simbioz, parazitizm yoki hayvonot organizmlarning oʻsimlikni zararlashi), antropogen omillar (oʻsimlik va tuproq parvarishi bilan bogʻliq usullar) joy tanlash, uni ekishga tayyorlash, ekish qalinligi, oʻgʻitlash, sugʻorish, xomtok, tok kesish, oʻstirish usullari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalarni qoʻllash. Tokning oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillarga yorugʻlik, issiqlik, namlik, tuproq sharoitlari kabilar kiradi.
Yorugʻlik. Tok yorugʻsevar oʻsimlikdir. Oʻzbekiston hududida katta ochiq maydonlardagi tabiiy yorugʻlik tokning normal hayot faoliyati uchun yetarli va yiliga 4-5 mlrd kkal/ga ni tashkil etadi. Yorugʻlik fotosintez, shuningdek, novdalarda shakllangan qishlovchi kurtaklarga ham taʼsir koʻrsatadi. Kurtaklarda shakllanadigan toʻpgullar, gul tugunchalari, gʻujumlarning oʻsishi va rivojlanishiga yorugʻlikning taʼsiri katta. Yorugʻlikning kamligi yoki oʻta koʻpligi gʻujumlar rivoj- lanishini susaytiradi. Ultrabinafsha nurlarining ortishi natijasida gʻujumlar tez rang oladi. Yorugʻlik yetarli boʻlganda gʻujumlarning shiradorligi ortadi. Yorugʻlik yetishmasa gʻujumlarda olma kislota koʻpayib, vino kislota kamaya- di, barglar sargʻayib, gullar, tugunchalar, gʻujumlar toʻkiladi, barg bandlari, novdalarning boʻgʻim oraligʻi uzayadi, novdalar uzun va ingichkalashadi, kech pishadi. Shuningdek, gʻujumlarning pishishi choʻziladi, tarkibidagi qand moddalari kamayib, kislotalilik koʻpayib, oʻsimlik sovuqqa chidamsiz boʻladi.
Issiqlik. Tok uchun havo va tuproq haroratining ahamiyati katta. Ayniqsa xoʻraki, kishmishbop va vinobop uzumlarni yetishtirishda faol (aktiv) harorat yigʻindisi juda muhim hisoblanadi. Bir qator oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarda ixtisoslashtirilgan tokchilikni rivojlantirishda faol harorat yigʻindisining koʻp yillik koʻrsatkichlari (2500°S) nazarda tutilgan. Ammo bu koʻrsatkich respublika sharoitida ertapishar navlargagina xos. Turli muddatlarda pishadigan uzum navlarini yetishtirish, moʻl va sifatli hosil olishda issiqlik yetishmaydi. Shu tufayli sanoat ahamiyatidagi tokchilikni tashkil qilish va rivojlantirishda havoning faol harorat yigʻindisi ancha yuqori (2800-3000°S va undan koʻp) boʻlgan hududlar tanlanadi. Tok oʻsish davrida havo haroratidan tashqari tuproq haroratiga ham taʼsirchandir. Tuproq harorati 8-9°S da shira harakati boshlanadi. Sutkalik oʻrtacha harorat 10°S (biologik nul) boʻlganda kurtaklar boʻrta boshlab, 11-12°S da ular yozila boshlaydi. Havo haroratining 10°S dan yuqorisi tok uchun faol harorat hisoblanadi. Oʻrtacha sutkali havo harorati 25-30°S da tok jadal gullaydi, novdalar yaxshi oʻsadi. Harorat 38-40 °S dan yuqori boʻlganda tokdagi fiziologik jarayonlar, novdalarning oʻsishi deyarli toʻxtaydi, barg va gʻujumlar zararlanadi, sifati pasayadi. Kuzda havo harorati -3-5 °S da barg va gʻujumlar, -8-12 °S da kurtak va novdalar sovuqdan zararlanadi. Qishda tok novdalari -18-22°S, ildizlari esa -5-7°S da zararlanadi. Yaxshi chiniqqan tokning zang va madang qismlari -20-25°S gacha sovuqqa chidashi mumkin. Yer sathidagi qor qatlami ham tuproq haroratini oshirishga, tuproqni muzlamasligiga yordam beradi. Bahorda havo haroratining 1°S gacha pasayishi kurtak- larni uygʻonishdan toʻxtatadi, harorat -3-4°S sovuqda boʻrtgan kurtaklar, oʻsayotgan yosh yashil novdalar va barglar, 0-2 °S da esa toʻpgullar nobud boʻladi. Qish davridagi havoning sovuq harorati hamda sovuqning davomiyligiga qarab tok tuplari koʻmiladigan, shartli koʻmiladigan va koʻmilmaydigan hududlarga boʻlinadi. Sovuq -20°S dan yuqori boʻladigan rayonlarda tok koʻmilib, sovuq -16-18°S, boʻladigan hududlarda shartli koʻmilishi, sovuq -15°S dan oshmaydigan joylarda esa koʻmilmasdan oʻstirilishi mumkin.
Namlik. Tok uchun tuproq va havo namligi muhim omillardan hisoblanadi. Nam yetarli boʻlganda tok jadal rivoj- lanib yaxshi va sifatli hosil beradi. Nam yetishmaganda uning barcha qismlari sust rivojlanadi, meva tugunchalari koʻplab toʻkiladi, gʻujumlarning pishishi kechikadi, qand va boshqa moddalar yetarli darajada toʻplanmaydi, sovuqqa chidamliligi kamayadi. Tok, ayniqsa, oʻsish davrining ikkinchi davrlarida namga talabchan boʻladi. Chunki bu davrda novdalar, barglar, toʻpgullar, meva tugunchalari, gʻujumlar kuchli rivojlanayotgan, transpiratsiya jarayoni ancha jadallashgan boʻladi. Ayniqsa, gʻujumlar toʻlishish vaqtida nam koʻproq talab qilinadi, ammo uzum pishish vaqtidagi ortiqcha namlik uzum sifatiga, oʻsimlikning sovuqqa chidamliligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, novdalarning pishishini kechiktiradi. Havo namligi 70-80% boʻlganda oʻsimlikning oʻsib, rivoj- lanishi va gullashi yaxshi kechadi. Havo namligi 40% va undan kam boʻlganda uning aksi kuzatilib, 20% ga tushganda oʻsimlik nobud boʻladi. Ildizning asosiy qismi joylashgan (60-80 sm) tuproq qatlamidagi optimal namlik 75-80% boʻlishi lozim. Shuning uchun yozi issiq, havosi quruq, yogʻingarchilik asosan kuz-qish oylariga toʻgʻri keladigan Oʻzbekiston sharoitida toklarni sunʼiy sugʻorish muhim va zarur tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq (edafik) sharoiti Tok uchun tuproq sharoiti eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Tokzorlarni barpo qilishda tuproq bonitirovkasi, yaʼni tuproqning granulometrik va kimyoviy tarkibi, skeleti, karbonatliligi, shoʻrlanganlik darajasi inobatga olinadi.Oʻzbekiston sharoitida tok uchun mexanik tarkibi yengil, qumoqli, unumdor va sugʻoriladigan yerlar qulay. Meliorativ holati yaxshilangan shoʻrlangan, yer osti suvi yuzada boʻlgan, toshshagʻalli, daryo oʻzanlariga yaqin boʻz va oʻtloq tuproqlar ham tok oʻstirish uchun yaroqli hisoblanadi. Yer osti suvi oʻta yuza (0,5-1 m) yerlarda ularning zahi maxsus zovurlar yordamida qochirilgandagina tok oʻstirish mumkin. Yer osti suvining chuqurligi kamida 2,5-3 m boʻlgan yerlar tok uchun qulay hisoblanadi. Tuproq qatlami 40-50 sm boʻlgan tosh-shagʻalli yerlarda maxsus agrotexnika tadbirlari (organik oʻgʻitlar solish, koʻkat oʻgʻitlardan foydalanish, yerni chuqur agʻdarib haydamaslik) asosida tok ekib yaxshi va sifatli hosil olish mumkin. Bunday yerlarda nam koʻp toʻplanmaydi, havo yaxshi almashinadi, issiqlik koʻproq toʻplanadi, uzum ertaroq pishib, qand moddalari ham ortiqroq boʻladi. Tok boshqa mevali oʻsimliklarga nisbatan tuproq shoʻriga chidamliroq hisoblanadi. Tok ildizining asosiy qismi tup- roqning bir metrlik qatlamida taralib oʻsadi. Oʻsimlik uchun zararli tuzlar ham xuddi shu qatlamda toʻplanib, oʻsimlikni nobud qilishi mumkin. Tuzlarning quruq tuproqqa nisbatan umumiy miqdori 0,3-1% gacha, jumladan xlor 0,01% dan kam yoki tuzlar 0,3% dan kam, xlor 0,01% dan koʻp boʻlgan tuproqlar kuchsiz shoʻrlangan hisoblanib, tok uchun xavf tugʻdirmaydi. Agar tuzlarning miqdori 1-3%, jumladan xlor 0,01-0,2% yoki tuzlar 0,3-2%, xlor esa 1% dan ortiq boʻlsa, tuproq kuchli shoʻrlangan hisoblanib, oʻsimlik uchun halokatli taʼsir koʻrsatadi. “Saperavi”, “Bishti”, “Risling”, “Toyifi”, “Qora kishmish” kabi navlar shoʻrga chidamliroq; “Xusayni”, “Chillaki”, “Oq kishmish”, “Venger muskati”, “Pushti muskat” kabi navlar esa shoʻrga chidamsizroq hisoblanadi. Tok oʻstirishda tuproqning kimyoviy tarkibi muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa karbonatli tuproqlarda uzum hosili va undan tayyorlanadigan mahsulotlar sifatliroq boʻladi. Tok kuchsiz nordon va neytral tuproqlarda (pH-5-7) yaxshi, nordon tuproqlarda esa yomon oʻsadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin