Tadqiqot joyining tabiiy sharoitlari va uslublari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə1/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#163167
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shahribonu kurs ishi. (1) (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


Magistratura bo’limi
Biologiya (botanika va o’simliklar fiziologiyasi) yo’nalishi
I-bosqich magistranti Abdukarimova Shahribonuning
KURS ISHI


Mavzu: Xorazm vohasi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’siri
Qabul qiluvchi: kaf.dots.Razzaqov Q.


Magistr: Abdukarimova Sh.
Urganch 2022

MUNDARIJA






KIRISH……………………………………...……………………

3

I.BOB

ADABIYOTLAR SHARHI…………………...…………………

8

II.BOB

TADQIQOT JOYINING TABIIY SHAROITLARI VA USLUBLARI............................................................................

11

2.1.

Xorazm viloyatining geografik joylashish o’rni………………….

11

2.2.

Tadqiqot o’tkazilgan joyning iqlim sharoiti……............................

11

2.3.

Tadqiqot o’tkazish uslubi……………………………………….....

12

2.4.

Tadqiqot o’tkazishdagi agrotexnik sharoitlar va tadbirlar………...

14

2.5

Tadqiqot o’tkazilgan navlar tasnifi………………………………..

15

III.BOB

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI……..




3.1.

Tokning tashqi muhit omillariga bo’lgan talabi………...…………

15

3.2.

Tok qalamchalarini ekishga tayyorlash, ekish va parvarish qilish.………………………………………………………………

19

3.3.

“Mersedes” uzum navining hosildorligiga va sifatiga sug’orish tartibi va o’g’it me’yorining ta’siri………………........................

24




XULOSA..................................................................................

29




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …….……..…………..

30

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko‘ra 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi III-ustuvor yo‘nalishi (Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari) da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Senatning yigirma birinchi yalpi majlisida “Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullangan edi. Joriy yil 26-avgust kuni Prezidentimiz tomonidan mazkur hujjat imzolandi va matbuotda eʼlon qilindi. Aytish joizki, 1924-yilda tashkil etilgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti uzum yetishtirish, vino tayyorlash va vino mahsulotlari asosida ichimliklar ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik xususiyatga ega hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mazkur tashkilot jahonda uzum va vino mahsulotlarining 85 foizini taʼminlovchi 47 ta ishtirokchi davlatni birlashtiradi. 2018-yil 23-noyabr kuni Punta-del-Este shahrida boʻlib oʻtgan XUVT Bosh assambleyaning 16-sessiyasida Oʻzbekiston ushbu tashkilotning toʻliq aʼzosi boʻlishi toʻgʻrisida rasman eʼlon qilindi. Shu tariqa Oʻzbekiston ushbu tashkilotning qirq yettinchi aʼzosiga aylandi.Oʻzbekiston tomonidan Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimning ratifikatsiya qilinishi bir qator maqsadlarga xizmat qiladi.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu Qonun uzumchilik va vinochilik sohasini rivojlantirishga oid bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xususan mahsulotni qayta ishlash hamda sotishning ilgʻor texnologiyalarini joriy qilish, eksport salohiyatining barqaror oʻsishini taʼminlash, sohani boshqarishning samarali tizimini yaratish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida uzumchilik sohasida mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan selektor yigʻilishi oʻtkazdi. Uzumchilik bu – xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, gʻururi va daromad manbai hisoblanadi. Turmush tarzi va urf-odatlari bilan bevosita bogʻlanib ketgan. Husayni, toyfi, Rizamat ota, kelinbarmoq va kishmish kabi uzumlarimizning dovrugʻi uzoq-uzoqlargacha tanilgan. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasi rivojida ushbu tarmoqning muhim ekanligi inobatga olinib, soʻnggi toʻrt yilda 52 ming gektar yangi tokzor tashkil etildi, sohaga 210 milliard soʻm subsidiya ajratildi. Oʻtgan davr mobaynida meva-sabzavotlar eksportida uzumning ulushi 2 baravarga koʻpaydi. Yigʻilishda uzumchilik tarmogʻida bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi. Bugungi kunda 90 ming gektar maydonda uzum yetishtirilib, sohada 900 ming aholining doimiy va mavsumiy bandligi taʼminlangan. Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlari uzumchilikda maydon jihatidan yetakchi hududlar hisoblanadi. Jahon bozorida xoʻraki uzum savdosi mevalar ichida uchinchi oʻrinda boʻlib, har yili unga boʻlgan talab oʻrtacha 350 million dollarga oʻsmoqda (jami yillik eksport hajmi 10 milliard dollar). Xoʻraki uzum boʻyicha eksport salohiyatimiz kamida 600 million dollar (bu yil 200 million dollar), mayiz – 500 million dollar (bu yil 130 million dollar) va tabiiy vino – 100 million dollarga (bu yil 50 million dollar) teng. Bu biz uchun juda katta imkoniyat, bundan unumli foydalanishimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Qayd etilganidek, Yevropada 800 million, Xitoyda 600 million, Rossiyada 300 million, Hindistonda 250 million dollarlik eksport bozori mavjud.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin