Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan ajratish jarayonini takomillashtirish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/22
tarix22.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#77387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
III.BOB. TEXNOLOGIK QISM…..............................................................65
3.1. Fizikaviy usul yordamida nordon gazlarni ajratib olish ..........................65
3.2. Dietanol amin orqali nordon gazlarni tozalash.........................................66
3.3. Gaz va suyuqlik aralashmasini ajratishni fizikaviy asoslari.....................68
3.4. Amin eritmasini tayyorlash va saqlash.....................................................71
XULOSA. .......................................................................................................74
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROэYXATI.................................75
KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2012-2016 yillarda, hisob kitoblar bo’yicha, qiymati 6 milliard 200 million dollar bo’lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnalogik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
2012 yilda Jamg’arma chet ellik investorlar bilan hamkorlikda Ustyurt GKK qurilishi, Sho’rtan GKKda sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarishni tashkil etish, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida gaz-kimyo kompleksini ishga tushirish, Tollimarjon IES quvvatini oshirish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadi [1].
Mamlakatimizda yoqilg’i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda:
Gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yo’qotilishi miqdorini kamaytirish [2].
Gaz, neft, ko’mir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarni zamonaviylari bilan yangilash, kichik gidroelektrostansiyalarni va yagona energotizimga ulash asosida energiya resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish [3].
Gaz va neft xomashyosidan qo’shimcha mahsulotlar, jumladan, polietilen, polipropilen, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infrotuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat [4].
O’zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi. Neft gaz kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo’lib qoldi. Ayniqsa, tabiiy gazlarni zaharli nordon gazlardan tozalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Tabiiy gaz – ko’pchilik davlatlarning yoqilg’i energetika balanslarida asosiy o’rinni egallaydigan eng muhim qazilma yoqilg’ilardan biri kimyo sano-ati uchun muhim xomashyo. Uning deyarli 90%i uglevodorodlardan, asosan metan CH4 dan tashkil topgan. Tarkibi ancha og’ir uglevodorodlar –etan, propan, butan shuningdek merkaptanlar hamda vodorod sulfid H2S (bular zaharli aralashmalar ), azot va karbonat angidrid (ular umuman foydasiz , lekin zarari ham yo’q), suv bug’lari, geliy va boshqa inert gazlarning foydali qo’shimchalari bo’ladi.
Tabiiy gazning energetik va kimyoviy qiymati uning tarkibidagi uglevodorodlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ko’pincha konlarda u neft bilan birga uchraydi.Tabiiy gaz bilan yo’ldosh neft gazining tarkibi orasida farq bor. Neft gazida, odatda nisbatan og’ir uglevodorodlar ko’poq bo’ladi. Gazni ishlatishdan avval ular albatta ajratib olinadi .
Tabiiy gaz tarkibidagi metan kimyo sanoati katta ahamiyatga ega.U chala yonganda vodorod, uglerod (‌‌‌‌‌‌‌‌׀׀) oksid, atsetilen hosil bo’ladi.Bu moddalardan turli-tuman kimyoviy o’zgarishlar orqali aldegidlar, spirtlar, atseton, sirka kislata, ammiak va h.k. olinadi.
Sanoatda vodorod olishning asosiy manbai suv emas, balki tabiiy gazdir.
Metanga qaraganda tabiiy gazdagi boshqa uglevodorodlardan turli-tuman moddalar sintez qilish imkoniyatlari ko’proq. Bu uglevodorodlar avvalo plastik massalar ishlab chiqarishning muhim xom ashyosi bo’lgan etilen propelinga aylantiriladi. Butanning asosiy o’zgarish tarmog’i quyidagicha: butan→butilen→butadiyen→izopren→sintetik kauchiklar.
Tabiiy gazning juda muhim va qimmatli xususiyati shundaki, uni uncha ko’p mablag’ sarflamagan holda – gaz quvurlari orqali uzoq masofalarga tashish mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin