Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan ajratish jarayonini takomillashtirish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/22
tarix22.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#77387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-jadval

Usul




Texnik-ekonomik kursatgichlari

Tozalik darajasi

Nisbiy kapital xara-jatlari, M/kVt.s

Nisbiy ekspluatatsion
xarajatlar,
M/kVt'sYU"3

Oxakli
Sulfit-bisulfitli
Ishkor-alyuminatli
Kumir adsorbsion
Oksid-marganetsli
Katalitik

85
90
90
90
90
90

7,8
10
35
20
16
25

0,37
0,44
1,6
1,6
0,24
1,0

Birinchi usuldan boshqa barcha usullar qo’shimcha mahsulotlar beradi. Tarkibida 0,1-0,15% SO2 bo’lgan gazlarni tozalash uchun ohakli usuldan foydalanish iqtisodiy jihatdan qulay, oltingugurt IV-oksidning miqdori ko’p bo’lganda esa sulfit-ammoniy gidrosulfitni qo’llashga asoslangan ammiak-avtaklavan, ammiak-siklik usullardan foydalanish tavsiya etiladi.


b) Muborak va sho’rtan gaz majmuasidan chiqadigan gaz chiqindilaridan sulfat kislota ishlab chiqarish.
Kam chiqindili protsesslarni yaratish masalasi, hozirgi zamon talabining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu muammo shunday ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog’liq, unda oxirgi ma’lumotlarga ko’ra chiqindilar iloji boricha yoki butunlay ikkilamchi materiallar resurslariga aylantiriladi.
Akademik V.A.Lechyasovning fikricha hozirgi zamon texnologiyasidagi tub burilish quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi zarur:
1 .O’zgarishlarning kengligi, bunda xalq xo’jaligi tarmoqlarini ba’zilarini qamrab olishi kerak.
2. Material hajmning qisqarishi.
3. Xom ashyoni kompleks ravishda qayta ishlash va atrof muhitni ifloslantiradigan chiqindilarni bo’lmasligi.
4. Ekstremal fizik ta’sirlardan keng foydalanish.
5. Informatika, avtomatik boshqarish sistemasi va robotlashtirilgan texnikani qo’llash hamda har tomonlama taraqqiy ettirish.
Bundan tashqari hozirgi vaqtda ishlatiladigan kimyoviy-texnologiya protsesslarning elektron hisoblash kompleks texnologik protsesslarning avtomatik boshqarish sistemasini tashkil etmoqda. Bu jarayonlar jahon amaliyotida, bo’yoqlar, sulfat kislota olishda keng qo’llanilmoqda.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz konlari boshqarmasi va sho’rtan gaz kimyo majmuasining oltingugurt olish sexlaridan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan S02 gazi sulfat kislotasini kontakt usulida olish jarayonining I-bosqich mahsuloti va II-bosqich xom ashyosi sifatida qo’llanishi mumkin.
Bizga ma’lumki gaz sanoatida ishlab chiqilgan elementlar oltingugurtning qariyb 90% kimyoviy korxonalarda sulfat kislotasini ishlab chiqarishga sarflanadi ya’ni
S + 02 = S02 (I)
2S02 + 02 = 2S03 (II)
S03 + H20 = H2S04 (III) reaksiyalari buyicha sulfat kislota olinadi. Gaz sanoati korxonalarining biosferaga chiqarib yuborilayotgan zaharli gazlardan asosiysi bo’lgan S02 ni sulfat kislota ishlab chiqarishdagi I-bosqich xom ashyosi sifatida qo’llanilganda I-bosqich reaksiyaga hech bir hojat qolmaydi ya’ni
2S02 + 02 = 2S03 (I)
S03 + H20 = H2S04 (II) reaksiyalari buyicha sulfat kislota olish mumkin. Bu texnologiyani qo’llashdan maqsad, ekologik muammolarni hal qilishda atrof muhit S02 gazidan tozalanadi va kimyoviy texnologiya asosida ishlayotgan korxonalar uchun noyob bo’lgan sulfat kislotasi ishlab chiqish mahalliy xom ashyolardan olinishi ko’zda tutilib ko’plab iqtisodiy va ekologik samara berish yaqqol seziladi

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin