Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan ajratish jarayonini takomillashtirish


Nordon (kislotali) gazlarni desorbtsiyalash (ajratib olish)



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə14/22
tarix22.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#77387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2.3. Nordon (kislotali) gazlarni desorbtsiyalash (ajratib olish)
DA-1702 aminni bug’lash kolonnasi o’zgaruvchan kesimdagi kolonna turidagi vertikal tsilindrik apparat bo’lib, DEA ning tuyingan eritmasidan nordon (kislotali) gazlarni desorbtsiyalash (ajratib olish) uchun mo’ljallangan.
Apparat FLEXIMAX400 markali nasadkaning uch qatlami, ikki ajratish likopchasi, suyuq fazani quyib olish moslamasi bilan jihozlangan.
DA-1702 aminni bug’lash kolonnasida DEA ning to’yingan eritmasi kolonnaning kub qismiga oqib tushuvchi suyuq fazaga va apparatning yuqori qismiga chiqariladigan gaz fazasiga ajraladi. Nordon (kislotali) gazlarni desorbtsiyalash (ajratib olish), DEA eritmasining temperaturasini kutarish hisobiga, o’zluksiz amalga oshiriladi.
EA-1704A,B,S reboylerlarga berilayotgan parning miqdori mavsumiy ishlatish sharoitlariga bog’lik xolda 41,6-:75 t/h oraliqda o’zgaradi.
DA-1702 aminni bug’lash kolonnasini isitish EA-1704A,B,S reboylerlar bilan, past bosimdagi tuyingan bugni kondensatlanishi hisobiga amalga oshiriladi.
A-1704A,B,S reboylerlar - gilofquvurli vertikal issiqlik almashish apparatlari -ularning quvurlar hududi boyicha DEA eritmasi oqimi, quvurlararo hududi bo’yicha - past bosimdagi toyingan bug’ harakatlanadi. EA-1704S reboyleridan zahira apparati sifatida foydalanish imkoni ko’zda tutilgan.
A-1704A,B,S reboylerlardagi bugning sarfi FC-17004 tartiblagich bilan, DA-1702 aminni buglash kolonnasining yuqori qismidagi temperaturaga bog’liq holda, bir maromda ushlab turiladi. FV-17004 "NZ" tartibga solish klapani bug berish quvurutkazgichiga o’rnatilgan. Reboylerlarga bug’ berishni tartibga solish bo’limining utkazish kobiliyatini oshirish maksadida, FV-17004 "H3" klapiniga parallel ravishda uzgich armaturali Du 150-baypas yo’li o’tkazilgan. EA-1704A,B,S reboylerlarni bug’ berish quvurutkazgichlaridagi bosimning ortib
qetishidan himoya qilish maqsadida ,PSV-1704 A,B,S saqlovchi klapanlar o’rnatilgan. Saqlovchi klapanlar 1000 kPa bosimga mo’ljallangan. Shuningdek EA-1704A,B,S reboylerlarga berilayotgan bug’ning bosimini nazorat qilish, joyida o’rnatilgan PG-17055 asbobining ko’rsatkichlari bo’yicha ham olib boriladi.
EA-1704A,B,S reboylerlarning quvurlararo hududidan bug’ kondensati FA-1703 kondensat yigish sig’imiga chiqariladi. FA-1703 kondensat yig’ish sig’imida kondensat satxi LC-17004 tartiblagich bilan bir maromda ushlab turiladi, uning LV-17004 "H3" klapani bug’ kondensatini past bosimdagi kondensat kollektoriga chiqarish quvuro’tkazgichiga o’rnatilgan.
FA-1703 kondensat yigish sigimidan inert gazlarni, FO-17013 limit shaybasi orqali, past bosimdagi kondensatni chikarish kuvurutkazgichiga tashlash ko’zda tutilgan.
FA-1703 kondensat yigish sig’imidagi kondensat sathini nazorat qilish, shuningdek LG-17057 asbobning kursatkichlari boyicha ham olib boriladi.
FA-1703 kondensat yig’ish sigimidagi bosimni nazorat qilish, joyida urnatilgan PG-17056 asbobning ko’rsatkichlari boyicha olib boriladi.
FA-1703 kondensat yig’ish sig’imini, apparatning yuqori qismida bosimning ortib ketishidan, himoya hilish uchun PSV-1709 saqlovchi klapan o’rnatilgan. Saqlovchi klapan 1000 kPa bosimga mo’ljallangan. Bugning ortiqcha bosimini atmosferaga tashlash ko’zda toutilgan. DEA eritmasi DA-1702 aminni buglash kolonnasi kubining kup qismidan EA-1704A,B,S reboylerlarning quvurlar hududiga keladi, u erda quvurlararo hududda past bosimdagi to’yingan bug’ning kondensatlanishi hisobiga isiydi.
EA-1704A,B,S reboylerlardan bug-suyuqlik aralashmasi DA-1702 aminni buglash kolonnasi kubining yukori kismiga beriladi. Suyuq faza kolonnaning kub qismida koladi, bug-gaz oqimi esa uch qavat nasadka orqali, DA-1702 aminni buglash kolonnasining yuqori qismiga ko’tariladi.
EA-1704A,B,S reboylerlarni bug’-gaz aralashmasi quvuro’tkazgichlaridagi bosimning ortib ketishidan ximoya qilish maqsadida PSV-1706A,B,S saqlovchi klapanlar o’rnatilgan. Saqlovchi klapanlar 490 kPa bosimga mo’ljallangan. Bug-gaz aralashmasining ortiqcha bosimini DA-1702 aminni bug’lash kolonnasiga tashlash ko’zda to’tilgan.
EA-1704A,B,S reboylerlarning bug’-gaz aralashmasi quvuro’tkazgichlarida, uskunalar metallini emirilish tezligini nazorat qilish uchun, kuponlar joylashtirish nuqtalari o’rnatilgan. Kuponlarni almashtirishning davriyligi bir oyda 1 marta.
DA-1702 aminni buglash kolonnasining yuqori qismining temperaturasini nazorat qilish, shuningdek TI-17009 asbobning kursatkichlari boyicha olib boriladi.
DA-1702 aminni buglash kolonnasining yuqori qismida bug’-gaz aralashmasining bosimi RS-17002 tartiblagich bilan quyidagi tartibga solish klapanlari vositasida 92:-95 kRa oralig’ida ushlab turiladi: ;

  • oltingugurt ajratib olish qurilmasining nordon gazlar quvurutkazgichiga

o’rnatilgan PV-17002A"H3"; FA-1701 "ho’llash" suyuqligi sig’imining
nordon gazlar quvuro’tkazgichiga azot berish joyiga o’rnatilgan PV-17002V "NO".
DA-1702 aminni bug’lash kolonnasini, apparatning yuqori qismida bosimning ortib ketishidan, himoya qilish uchun PSV-1705, PSV-1705S saklovchi klapanlar urnatilgan. Sakqlovchi klapanlar 390 kRa bosimga mo’ljallangan. Bug’ning ortiqcha bosimini FA-6907 nordon gaz separatoriga tashlash ko’zda tutilgan.
Desorbtsiya tizimida nordon gazlar bosimi belgilangan miqdordan ortib ketganda, nordon gaz "nordon" mash`ala tashlamalarini yig’ish kollektoriga tashlanadi. Tashlash PV-17004 "H3" tartibga solish klapani orkali amalga oshiriladi. Oltingugurt ajratib olish kurilmasi to’xtatilgan vaziyatda nordon gazlar tulik xajmda "nordon" mash`ala tashlamalarini yig’ish kollektoriga tashlanadi. Mazkur bo’limning utkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, FV-17004 "H3" klapaniga parallel ravishda uzgich armaturali Du 150 baypas yo’li o’tkazilgan [30].
EA-1704A,B,S reboylerlardan keyin suyuq faza DA-1702 aminni bug’lash kolonnasining kub qismiga boradi. DA-1702 aminni buglash kolonnasining kub qismidagi suyuqlik DEA ning regeneratsiyalangan eritmasi bulib, u EA-1702A,V tuyingan amin isitgichlari orqali aminning aylanish (tsirkulyatsiya) konturiga chiqariladi.
DEA eritmasining sathi LI-17013 asbobning ko’rsatgichlari bo’yicha nazorat qilinadi, sathning minimal va maksimal qiymatlarida sig’nallar berish ko’zda tutilgan. DA-1702 aminni bug’lash kolonnasining kub qismidagi bosim joyida o’rnatilgan PG-17067 asbobning ko’rsatgichlari bo’yicha nazorat qilinadi.
DA-1702 aminni buglash kolonnasining kub qismidagi suyuq fazaning sathi LI-17013 asbobning ko’rsatgichlari (satxning minimal va maksimal qiymatlarida signallar berish ko’zda tutilgan), hamda joyida o’rnatilgan LG-17058A va LG-17058B asboblarning ko’rsatgichlari bo’yicha nazorat qilinadi.
DA-1701 nordon (kislotali) gaz absorberida bosimlar farqining o’zgarishlarini nazorat qilish PDI-17005 asbobi bo’yicha olib boriladi
Extimoliy avariya holati ro’y berganda DA-1702 aminni bug’lash
kolonnasining avariya holatida ajratish tizimi .(AAT) ishga tushadi, buning ta`siri natijasida klapanlarni qo’lda boshqarish rejimiga o’tiladi, hamda: FV-17004 "H3" tartibga solish klapani yopiladi va EA-1704A,B,S reboylerlarga past bosimdagi tuyingan bug’ berish to’xtatiladi;
- PV-17003 "H3" tartibga solish klapani yopiladi va nordon gazlarni FA-1705 kengaytiruvchi sig’imdan mash`alaga chiqarish to’xtatiladi;
- PV-17002A "H3" tartibga solish klapani yopiladi va nordon gazlarni FA-1701 "ho’llash" sig’imidan oltingugurt ajratib olish qurilmasiga chiqarish to’xtatiladi;
- FA-1701 "ho’llash" suyuqligi sig’imidan nordon gazlarni chiqarish yo’liga azot berish yulidagi PV-17002V "NO" tartibga solish klapani yopiladi;
- FV-17006 "H3" tartibga solish klapani yopiladi va nordon (kislotali) suvni kimyoviy ifloslangan okovalar kollektoriga chikarish to’xtatiladi.
Texnologik uskunalarni aktiv emiruvchi komponentlar H2S, CO2 va DEA eritmasi ta`siridan emirilishini susaytirish maksadida DA-1702 aminni buglash kolonnasiga DEA ning tuyingan eritmasini berish quvuro’tkazgichiga RA-1710 komplekt qurilmadan korroziyaga qarshi ingibitorni me`yorlab yuborish imkoni kuzda to’tilgan. Ingibitorni me`yorlab yuborish nuqtasi eritmaga reagent bilan ishlov berishning tanlangan programmasi, hamda ishlatilayotgan reagent turiga bog’liq bo’ladi.
Bug-gaz okimi DA-1702 aminni bug’lash kolonnasining yuqori qismidan EC-1703A-D aminni bug’lash kondensatorlariga keladi [31,32].

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin