T. I. Q. X. M. M. I’’


-mavzu: Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#110897
1   2   3   4   5   6
T. I. Q. X. M. M. I’’

4-mavzu: Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.
Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
5-mavzu: Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik ko’rsatgichlarini tahlil qilish
Ergonomika so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, «nomika» - (nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi. Ergonomika insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lum muhim vazifalar yechiladi. Shunday qilib, ergonomika muhim vositalarni yechadigan birlik sifatida texnikani insonga yaqinlashtirishga harakat qiladi, «inson - texnika» tizimidagi mavjud muammolarni ko‘rib chiqadi. Ergonomika doirasida besh xil moslik – ma’lumot-axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo‘lib, ularni ta’minlash va amalga oshirish ishni – vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafolatlaydi. Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog‘liq bo‘lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni yetkazuvchi-ko‘rsatuvchi moslama – mashina modeli bo‘lsa, operator murakkab tizimda bo‘lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o‘z vaqtida mashinaga taaluqli ta’rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib, qayta ishlashi lozim. Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq-sifatli ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo‘lishiga bog‘liqdir.

Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin