T. I. Q. X. M. M. I’’


-mavzu:Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa usullarini tahlil qilish



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə2/6
tarix10.05.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#110897
1   2   3   4   5   6
T. I. Q. X. M. M. I’’

2-mavzu:Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa usullarini tahlil qilish.
Kvantifikatsiyasi – murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyasining sonly, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Xavflarni baholashning eng keng tarqalgan usullari tavakkaldir.
Tavakkal haqida V.Marshall quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni u ta’kidlaydiki tavakkal-xavflarni amalga oshirish chastotasidir. Umumiy qilib aytganda tavakkal-xavflarni son jihatdan baholashdir. Sonli baholash- u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr ichida bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. Tavakkalni aniqlash mobaynida oqibatning sinfini ko’rsatish muhimdir, ya’ni nimaning tavakkali ? degan savolga javob berish kerak. Rasmiy ravishda tavakkal – bu tez-tez takrorlanishdir. Bunday olganda bu tushunchalarni xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular orasida ancha farq bordir.
Ko’pchilik mutaxxasislar tavakkal bilan afzallikni taqqoslashda inson hayotning moliyaviy o’lchovini kiritishi taklif qiladilar. Bunday yondashish ayrim shaxslar o’rtasida noroziliklarni olib kelmoqda, ular ta’kidlaydilarki inson hayoti buyukdir, unimoliyaviy jihatdan baholash mumkin emas. Lekin tajribada, insonlar xavfsizligi maqsadida bunday baholash zaruriyati muqarrar ravishda paydo bo’ladi. Agar oldimizda shunday savolni qo’ysak:”Inson hayotini qutqarish uchun qancha mablag’ sarflash kerak?” AQShda xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqotlari bo’yicha inson hayoti 650 mingdan 7 mln dollar atrofida baholanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, tavakkalni aniqlash muolajasi juda taxminiydir.
Tavakkalni aniqlashni 4 xil uslubiy yondashishga bo’lish mumkin:
1. Injenerlik – bu statistika, chastotalar hisobi, xavfsizlikning ehyimoliy taxlili va xavf daraxtlarini qurishga asoslanadi.
2. Modelli – bu alohida odamga, ijtimoiy va kasbiy guruhlarga zararli omillarning ta’sir qilish modelini ko’rishga asoslanadi. Bu 2 ta usul (metod) hisoblarga asoslanadi, nayinki hamma vaqt ham ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi.
3. Tekshirishga asoslangan (ekspert) bunda har xil hodisalarning ehtimolini malakasi oshgan mutaxassis (ekspert)larni so’rash bilan aniqlanadi.
4. Ijtimoiy – aholini so’rashga asoslangan. Yuqorida qayd qilingan usullar tavakkalning har xil tomonlarini ochib beradi. Shuning uchun ularni kompleks holda qo’llash zarurdir.

Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin