T. I. Q. X. M. M. I’’


-mavzu: Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə3/6
tarix10.05.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#110897
1   2   3   4   5   6
T. I. Q. X. M. M. I’’

3-mavzu: Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish.
Metod – maqsadga erishish usulidir. Hozirgi qarayotgan holatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir. Me’todlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatdan haqiqiy borlikga gavdalshtirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsikni ta’minlash usullarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muhiti tavsiflari orasidagi o’zaro ta’sirlarni kelishish mumkin. Ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o’rganishdan oldin, biz quyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko’rilayotgan faoliya jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda sodir bo’lib turadigan xavfli joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan qo’shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash 3 xil turga bo’linadi:
Metod – A, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatdan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonalarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Metod – B, xavfsizlik prinsiplarini qo’llab xavflarni yo;q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera xarakteristikalrini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jaroxatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlaganda V- metod qo’llaniladi.
Metod – V, tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xusuxiyatlarini oshirishga hamda insonni naksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o’qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalrini qo’llash bilan amalga oshiriladi. V – metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o’zgartirish uchun har xil vositalar qo’llaniladi.

Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin