Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

a
=

D,
bunda: 

– o‘rtacha kvadratik chetlanish qiymati.
Soliq tushumlarini hisobi Davlat soliq idoralarida kompyuter 
tizimida amalga oshiriladi. Maxsus kompyuter dasturi “Soliq” AIT 
deb ataladi. Mazkur AITning funksional qismi bir necha boshqaruv 
darajalaridan tarkib topgan. Har bir funksional qism o‘z ta’minotiga 


16
ega. Ikkinchi va uchinchi darajali boshqaruv uchun belgilangan 
funksional ta’minotning mazmuni quyidagilardan iborat.
Ikkinchi darajali boshqaruv (respublika va viloyatlar miqiyosida 
soliq inspeksiyalari bo‘yicha) uchun quyidagi funksional kichik 
tizimlar xizmat qiladi: nazorat faoliyati; uslubiy, reviziya va huquqiy 
faoliyat; DSQning analitik faoliyati; ichki idoraviy masalalar. 
Maxsus hisobot shakllarini tayyorlash kichik tizimi statistik 
ko‘rsatkichlarning maxsus jadvallari jamlamasini shakllantirish 
bilan bog‘liq.
Nazorat faoliyatining kichik tizimi korxonalar va jismoniy 
shaxslarning Davlat reyestrini, shuningdek hujjatli tekshiruvni 
tashkil qilish bilan bog‘liq.
Uslubiy, reviziya va huquqiy faoliyatning kichik tizimi hu-
qu qiy-normativ aktlar va uslubiy hujjatlar bilan ishlashga imkon 
beradi.
Boshqaruvning analitik faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga ola di: 
soliq to‘lovchilarning barcha toifalarining soliq to‘lovlarini dina-
mikasi tahlili; soliqning alohida turlari bo‘yicha yig‘im miqdorini 
prognozi; soliq qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan tahliliy 
tavsiyalar; hududiy soliq inspeksiyalarining faoliyati tahlili va 
boshqalar.
Ichki idoraviy kichik tizimning asosiy vazifasi – boshqaruv ap-
paratini kompleks masalalari hisoblanadi.
“Soliq” AITning uchinchi darajasi(shahar va tuman soliq 
inspeksiyalarida) quyidagi kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi: 
korxonalarni ro‘yxatga olish; kameral tekshiruv; korxonalarning 
shaxsiy varaqalarini yuritish; korxonalarning holatini tahlil qilish; 
hujjatli tekshiruv; normativ hujjatlarni yuritish; jismoniy shaxs-
larning hujjatlarini yuritish; ichki idoraviy masalalar.
Korxonalarni ro‘yxatga olish kichik tizimi barcha soliq to‘lov-
chilar to‘g‘risida, jumladan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’-
lumotlarni o‘zida jamlaydi.


17
Kamerial tekshiruv kichik tizimi soliq to‘lovchilar tomo ni-
dan buxgalteriya hisobotlarini va soliq hisob –kitoblarini, dekla-
ratsiyalarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida topshirilishini, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi. 
Mazkur kichik tizimda soliq hisob-kitoblari va buxgalteriya hiso-
botlari ma’lumotlarining mos kelishi aniqlanib va hujjatli tekshiruv 
uchun tavsiyalar beriladi. 
Shaxsiy hisob varaqalarni yuritish kichik tizimida soliqlar va 
soliq to‘lovchilar kesimidagi soliq tushumlari to‘g‘risida ma’-
lumotlar mavjud. Mazkur kichik tizim soliqlarning budjetga o‘z 
vaqtida to‘lanishi va aybonalarning hisoblanishini, hisob-kitoblar 
bo‘yicha saldolarni aniqlanishini, soliq boqimandalari va ortiqcha 
to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishi nazorat qilinadi.
Korxonalarning holatini tahlil qilish kichik tizimida soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot berish tartibi, 
muddatlariga rioya qilmayotgan korxonalar ro‘yxati tuziladi va 
hujjatli tekshiruv amalga oshirilishi zarur bo‘lgan korxonalar nom-
lari aniqlanadi.
Hujjatli tekshiruv kichik tizimi soliq to‘lovchilar tomonidan 
qo nuniy hujjatlar talabalarini bajarilishi nazorat qilinib, qonun bu-
zarlik holatlari aniqlanadi. Har bir qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 
jarimalar belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar kichik tizimi me’yoriy hujjatlar, 
O‘z bekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, farmoyishlari, 
DSQ ning yo‘riqnomalari bilan ishlash imkoniyati yaratib beriladi.
Jismoniy shaxslarning hujjatlarini qayta ishlash kichik tizimi 
jis moniy shaxslardan yig‘iluvchi asosiy soliq turlari bo‘yicha 
ma’ lumotlarni boshqarishni nazorat qiladi. Mazkur kichik tizimda 
so liq summalari hisoblanadi, jismoniy shaxslarning shaxsiy hisob 
va raqla ri yuritiladi, hisoblangan soliq summalari to‘g‘risida bildi-
rishnoma lar tayyorlanadi, turli xildagi buxgalteriya hisobotlari 
tayyorlanadi.


18
Ichki idoraviy masalalar kichik tizimi ish yuritish, moddiy tex-
nik ta’minot, buxgalteriya hisobi sohalarini o‘z ichiga oladi.
Soliq inspeksiyasining AITi o‘zaro munosabatda bo‘luvchi 
priklad kichik tizimlar majmuasidan tarkib topgan. Har bir kichik 
tizimning operativ ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq funksional 
vazifasi mavjud. Priklad kichik tizimlarni ikki asosiy guruhga 
ajratishimiz mumkin: operativ qayta ishlash tizimi; qaror qabul 
qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi.
Birinchi guruhdagi kichik tizim vositasida soliq to‘lovchilar to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar kiritiladi va operativ qayta ishlanadi, saqlanadi.
Soliq inspeksiyasining AITining ma’lumotlarni operativ qayta 
ishlash bilan bog‘liq kichik tizimlariga quyidagilar kiritiladi:
– soliq to‘lovchilar to‘g‘risida(kategoriyalar, hududlar, soliq-
qa tortish turlari, faoliyat turlari bo‘yicha) ro‘yxatga olingan ma’-
lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va operativ qayta ishlash;
– soliq to‘lovchilarning moliyaviy hisobotlarini yig‘ish, hisobga 
olish va tahlil qilish;
– soliq to‘lovchilarning shaxsiy varaqalarini yig‘ish, hisobga 
olish va tahlil qilish;
– hujjatli tekshiruv uchun korxonalarni tanlash, tekshiruv natija-
si da qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘ lovlar hi -
so bini yuritish, qo‘shimcha hisoblangan soliq summalarini undirish;
– kategoriyalar, hududlar, soliqqa tortish turlari, faoliyat turlari 
bo‘yicha soliq tushumlarini hisobga olish (har qanday sanaga), 
soliq tushumlari dinamikasining tahlili;
– nazorat-kassa mashinalarini hisobga olish va nazorat qilish;
– tashkilotlar bilan ma’lumot almashuvi;
– normativ-ma’lumotlar va klassi
fi
katorning yagona tizimini 
yuritish;
– belgilangan tartibda ish yuritishni tashkil qilish, kirish va 
chiqish xatlarini hisobga olish;
Ikkinchi guruhga mansub bo‘lgan priklad tizim katta massivdagi 
ma’lumotlarni(uzoq muddatga elektron ma’lumotlar bazasida 


19
saqlash nazarda tutilgan ma’lumotlar) qayta ishlashga asoslangan. 
Qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab – quvvatlash tizimi ma’lu-
motlarni ko‘p o‘lchovli tahlilini, statistik qayta ishlashni. Model-
lashtirish qoidalarini, sabab-oqibat tahlilini o‘z ichiga oladi. U 
quyidagi kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi:
– soliq to‘lovlarini tahlil qilish va prognozlashtirish;
– makro va mikro imitatsion modellashtirish;
– korxona va tashkilotlarning umumiy moliyaviy xo‘jalik fao-
liya tini nazorat qilish;
– hujjatli tekshiruv uchun korxonalarni tanlash;
– soliq yig‘imlarini boshqarish.
Prognozlashtirish (grekcha prognoses-oldindan ko‘rish) moliya-
viy menedjmentda uzoq istiqbolga moliyaviy holatni bir butun 
holda va turli qismlarini o‘zgartirishni ishlab chiqish tushuniladi. 
Prognozlash – bu obyektni yoki hodisani kelajakdagi me’yo-
riy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro‘yobga chi-
qa rishning alternativ yo‘llari to‘g‘risidagi ehtimolga yaqin tasav-
vurni ishlab chiqish. Prognozlash oldindan ko‘rish for masi bo‘lib, 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va rejalarni 
ishlab chiqishdan oldin amalga oshiriladi. Prognozlashtirish reja-
lash tirishdan farqli ravishda ishlab chiqilgan prognozni bevosita 
ama liyotga tatbiq etish vazifasini oldiga qo‘ymaydi. Prognozlar 
te gishli o‘zgarishlarni oldindan ko‘rishni o‘zida aks ettiradi. Prog-
nozlashtirishning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri moliyaviy 
ko‘r sat kich va mezonlarni tashkil etishdagi muqobillikdir. Yuqori-
dagi me zon va ko‘rsatkichlar moliyaviy holat rivojlanishini variant-
liligini aniq laydi. Ushbu variantlar obyektidagi jarayonlardagi hodi-
salarning va riantliligi namoyon bo‘layotgan tendensiyalar asosida 
ishlab chiqiladi.
Soliq tushumlarini prognoz qilishning bir qancha umumiy 
qoidalari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- umumiy va hududlar bo‘yicha asosiy daromad turlariga doir 
yillik tushumlarning prognozi;


20
- asosiy daromad turlari oylarga bo‘lingan holda choraklik tu-
shumlar prognozi;
- prognoz hisob-kitoblari bilan belgilangan daromadlarni jalb 
etish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq to‘lovchilarning 
soliq to‘lovchilarga faol ta’siri.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin