I BOB. “SOLIQ STATISTIKASI VA PROGNOZI”
FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
1.1. Soliq statistikasi, soliq tushumlari hisobi, tahlili,
soliqlarni prognozlash tushunchalari va
ularning iqtisodiy mohiyati
Statistik qonuniyatlarni aniqlash soliq statistikasida ham asosiy
o‘rinni egallaydi. Qonuniyat deganda soliqqa oid hodisalar hamda
jarayonlarning vaqt va fazo bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari tu shu-
niladi.
Soliq statistikasining tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan
tarkib topadi:
– axborotlarni yig‘ish va dastlabki qayta ishlov berish;
– ma’lumotlarni guruhlash va ularga ishlov berish;
– statistik materiallarni umumlashtirish va tahlil natijalarini
qayta ishlash;
– xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Soliq statistikasida statistik kuzatuvni ikki usulda tashkil qilish
mumkin: jamlamaning barcha birliklarini kuzatish;
– fakt sodir bo‘lganda kuzatuvni tashkil qilish. Bundan tashqari
kuzatuv yoppasiga yoki qisman usulida amalga oshiriladi.
Qisman kuzatuv statistik jamlamaning asosiy massivlarini yoki
monogra
fi
k yoki tanlama turlariga ajaratiladi.
Monogra
fi
k kuzatuvda statistik jamlamaning ayrim tanlab
olingan birliklari har tomonlama o‘rganiladi.
Fakt sodir bo‘lganda kuzatuvni tashkil qilish ham, o‘z navbatida
uzlukli va uzluksiz turlariga bo‘linadi.
Uzluksiz kuzatuvda sodir bo‘luvchi barcha hodisalar ro‘y berish
vaqtida ro‘yxatga olinadi.
10
Uzlukli kuzatuv sistematik tartibda, ayrim vaqt intervallarida
amalga oshiriladi.
Soliq statistikasida statistik axborotlarni to‘plash ikki usulda
amalga oshirilishi mumkin: hujjatli hamda bevosita kuzatish(so‘rov)
usulida.
Ma’lumotlarni hujjatli usulda yig‘ishda turli toifadagi huj jat lar-
dan foydalaniladi. Ma’lumotlar olinayotgan hujjatlarga katta talab-
lar qo‘yiladi. Ulardagi ma’lumotlar o‘ta ishonchli bo‘lishi lozim.
So‘rov usulida ma’lumot yig‘ish ekspeditsiya, korrespondensiya,
anketa, bevosita so‘rovni amalga oshirish turlariga ajratiladi.
Soliq statistikasida statistik kuzatuv quyidagi shakllarda tashkil
qilinadi:
– hisobot;
– maxsus tashkil qilingan statistik kuzatuv;
– registrlar.
Satistik hisobot – statistik kuzatuvning o‘ziga xos bo‘lgan
kuzatuv turi bo‘lib, soliq va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim qilinuvchi maxsus
hujjatlardan yig‘iladi. Statistik hisobotlarning taqdim qilish shakli
va muddatlari amaldagi qonunchilik talablari bilan belgilanadi.
Statistik hisobotlar, o‘z navbatida, maxsus va umum belgilangan
turlarga guruhlanadi. Umum belgilangan statistik hisobotlarning
ko‘rsatkichlari barcha korxona va tashkilotlar uchun bir xil maz-
munda bo‘lsa, maxsus statistik hisobotlarning ko‘rsatkichlari iqti-
sodiyotning ayrim tarmoqlari uchun mo‘ljallanadi.
Taqdim qilish muddatiga qarab statistik hisobotlar kunlik, haf-
talik, dekadalik, oylik, choraklik, yarim yillik va yillik toifalariga
bo‘ linadi.
Soliqlar va soliqqa tortish jarayonlariga oid faktlarni sodir bo‘-
lishi vaqtida ro‘yxatga olish orqali kuzatuvni tashkil qilish registr
shakli deb ataladi. Masalan, soliq to‘lovchilarni tashkil qilish vaq-
tida ularni davlat ro‘yxatiga olish, ko‘chmas mulk obyektlarini
dav lat ro‘yxatiga olish.
11
Soliq tushumlariga oid ko‘rsatkichlarni prognoz va hisobot
toifalariga ajratishimiz mumkin. Prognoz ko‘rsatkichlar kelajakda
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisaning miqdorini tavsi
fl
aydi.
Hisobot ko‘rsatkichlar esa haqiqatda yuz bergan hodisaning miq-
dorini belgilaydi.
Statistik ko‘rsatkichlar vaqt va fazo bo‘yicha variatsiyaga ega bo‘-
lib, ular natural, qiymat va mehnat shakllarida aks etishi mumkin.
Aniqlik darajasiga qarab statistik hisobot ko‘rsatkichlari kuti-
layotgan, dastlabki, yakuniy turlariga bo‘linadi.
O‘rganilayotgan statistik obyektning mazmuniga va hajmiga
qarab, statistik ko‘rsatkichlarni individual va jamlama turlariga gu-
ruhlanadi.
Jamlama statistik ko‘rsatkichlarning statistik tadqiqotlarni
amalga oshirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
– o‘rganilayotgan hodisa to‘g‘risida umumiy xarakteristika
beradi;
– hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi aniqlanadi;
– hodisalarda yuz beruvchi o‘zgarishlar va o‘zgarish qonu niyat-
lari aniqlanadi.
Statistik ko‘rsatkchilarni tuzishda quyidagi tamoyillarga amal
qilish lozim:
– obyektivlik va reallik;
– nazariy va metodologik jihatidan, har tomonlama asos lan-
ganlik.
Mutlaq statistik miqdorlar statistik hodisalarning belgilarni
sonli ifdodalari hisoblanadi. Ular tadqiqot qilinayotgan obyektning
miqdoriga vaqt va fazo bo‘yicha xarakteristika beradi. Mutloq
miqdorlar statistik kuzatuv natijasida shakllantiriladi, ayrimlari esa
hisob-kitoblar natijasida ham aniqlanadi.
Mutloq miqdorlar soliqlarga oid hodisa va jarayonlarning tabiiy
asosini tashkil qiladi. Shu sababli, ular o‘rganilayotgan obyektning
sonini, miqdorini naturada, qiymatda, mehnat birliklarida ifoda-
laydi.
12
Nisbiy miqdorlar statistik jamlamani tashkil qiluvchi bir lik-
larning nisbiy natijasini ifodalaydi. Ularni hisoblashda ikki ko‘r-
satkichning nisbati inobatga olinadi va quyidagi kattaliklarda o‘l-
chanadi:
– foizda;
– promilliyada;
– prodetsimilliyada.
Mazmuniga ko‘ra nisbiy miqdorlar dinamika, shartnoma maj-
buriyatlarini bajarish, tarkib, koordinatsiya, intensivlik, taqqoslash
turlariga bo‘linadi.
O‘sish sur’ati dinamik miqdorning yorqin namoyandasi hi sob-
lanadi. Ular yordamida statistik hodisalarning vaqt bo‘yicha o‘z-
garishi belgilanadi.
Soliq statistikasida foydalaniluvchi nisbiy miqdor turlaridan biri
tarkibning nisbiy miqdori hisoblanadi. Tarkibning nisbiy miqdori
ulush deb atalib, u tadqiqot qilinayotgan obyektning qismlarini
umumiy miqdorga nisbatan aniqlanadi. Bunda, umumiy miqdor
100% deb qabul qilinadi.
Nisbiy miqdorning intensivliligi soliq statistikasida keng qo‘l-
laniluvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u o‘rganiluvchi obyektning tan-
langan muhitda qanchalik tez uchrashi, tarqalganlik darajasini
o‘lchashda foydalaniladi. Turli toifadagi mutloq miqdorlarni o‘zaro
taqqoslash orqali nisbiy miqdorning intensivligi darajasi aniqlanadi.
Taqqoslash natijasida hosil bo‘lgan miqdorning katta-kichikligiga
qarab 100 ga yoki 1000 ga, yoki 10000 ga ko‘paytirilishi mumkin.
100 ga ko‘paytirilgan ko‘rsatkich foizda, 1000 ga ko‘paytirilgan
ko‘rsatkich promilda, 10000 ga ko‘paytirilgan ko‘rsatkich pro ditsi-
milda hisoblangan deb qabul qilinadi.
Soliq statistikasining dinamika nisbiy miqdorlari deb, soliqqa
oid hodisa va jarayonlarning vaqt va fazo bo‘yicha o‘zgarishini
tavsi
fl
ovchi ko‘rsatkichlarga aytiladi.
Dinamik nisbiy miqdorlar soliq statistikasida o‘sish darajasi
ham deb yuritiladi. O‘z navbatida dinamik nisbiy miqdorlarni
13
hisoblashning bazisli va zanjirsimon usullar mavjud. Bazis davrga
nisbatan keyingi davrlar darajasi qancha miqdorda o‘zgarganligi
bazisli usul yordamida hisoblanadi.
Zanjirsimon usul yordamida har bir keyingi davr o‘zidan oldingi
davr darajasiga nisbatan qancha o‘zgarib borayotgani aniqlanadi.
Dinamik ko‘rsatkichlar koef
fi
tsiyentlarda va foizlarda ifodalanadi.
Soliqlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosbatlarni statistik o‘rganishda
mutloq va nisbiy miqdorlardan tashqari o‘rtacha kattaliklardan ham
foydalaniladi.
O‘rtacha kattaliklar umumlashtiruvchi statistik ko‘rsatkich hi-
soblanib, ommaviy hisoblangan ijtimoiy hodisalarga umumlash-
tiruvchi xarakteristika beradi. Ular variatsiyalanuvchi belgining
individual ahamiyati asosida hisoblanadi. Boshqa so‘zlar bilan
izohlaganda o‘rtacha kattaliklar jamlama tarkibiga kiruvchi barcha
o‘rganilayotgan elementlarning umumiy tavsi
fi
ni o‘zida namoyon
qiladi. O‘rtacha kattaliklar yordamida jamlama elementlarining
belgilarini o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi barcha omillarning ta’sir
miqdori o‘rtachalashtiriladi.
Element belgilariga xos bo‘lgan ahamiyatni haqqoniyligini ta’-
minlash maqsadida, o‘rtacha kattaliklar faqat bir tipdagi ele ment-
lardan tashkil topgan jamlama bo‘yicha hisoblanadi.
Xullas, o‘rtacha kattaliklar – bu aniq vaqt va fazoda aniqlanuvchi,
jamlamaning bitta elementiga to‘g‘ri keluvchi belgilarning va-
riatsialanish darajasini tavsi
fl
ovchi umumiy ko‘rsatkich.
Jamlama bo‘yicha o‘rtacha kattaliklarni hisoblashda quyidagi
talablarni bajarish muhim hisoblanadi:
1) o‘rtacha kattalik aniqlanayotgan bir tipdagi jamlamaning si-
fati;
2) mutlaqo individual xarakterga ega bo‘lgan omillar va ularning
sabablarini nazardan chetda qoldirish;
3) o‘rtacha kattalikni aniqlash maqsadi.
Jamlama bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha kattalik umumiy o‘r ta-
cha kattalik, jamlama tarkibiga kiruvchi guruhlar bo‘yicha aniq-
14
langan o‘rtacha kattalik guruh darajasidagi o‘rtacha kattalik deb
ataladi.
O‘rtacha kattalikni hisoblashning bir qancha turlari mavjud. Ma-
salan, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha geometrik.
Soliq statistikasida qo‘llaniluvchi o‘rtacha kattaliklarni ikki gu-
ruhga ajratish mumkin:
1) daraja ko‘rinishidagi o‘rtachalar – o‘rtacha arifmetik, o‘r ta-
cha garmonik, o‘rtacha geometrik (
средняя
гармоническа
), o‘r ta-
cha kvadratik, o‘rtacha kubik;
2) tarkibiy o‘rtachalar – moda, mediana.
O‘rtacha arifmetik kattalik quyidagi formula asosida hi sob-
lanadi:
O‘=(U1+U2+….+Un)/n
bu yerda, O‘-o‘rtacha arifmetik kattalik;
U1,2..n-jamlama elementlarining qiymati;
n-elementlar soni.
Tortilgan o‘rtacha arifmetik kattalik quyidagi formula asosida
topiladi:
O‘AK=(
∑
UF)/
∑
F
bu yerda, O‘AK- tortilgan o‘rtacha arifmetik kattalik;
U-variantlar;
F- variantlar chastotasi.
Oddiy o‘rtacha garmonik kattalik quyidagi formula asosida
hisoblanadi:
O‘oddgarm.= n/
∑
1/U .
Tortilgan o‘rtacha garmonik kattalik quyidagi formula asosida
hisoblanadi:
O‘tortgarm.= n/
∑
((1/U)*F) .
15
Jamlama elementlarni o‘sish tartibida bir qator qilib joy lash-
tirilganda, qatorning o‘rtasini egallagan element jamlamaning me-
dianasini tashkil qiladi. Mediana qatorda joylashgan elementlar so-
nini teng ikkiga bo‘ladi. Qator elementlari toq sonni tashkil qilganda
moda quyidagi formula asosida topiladi:
Med= (n+1)/2
Qatorda joylashgan elementlar juft sonni tashkil qilsa, qatorni
o‘rtasida joylashgan ikki elementning o‘rtacha kattaligi mediana
sifatida qabul qilinadi.
Qator elementlari tarkibida eng katta qiymatga ega bo‘lgan
element jamlamaning modasini tashkil qiladi.
Qator elementlarining eng katta qiymati va eng kichik qiymatlari
o‘rtasidagi farq variatsiya deb talqin qilinadi.
Soliq statistikasi va prognozida dispersiya va o‘rtacha kvadratik
chetlanish statistik ko‘rsatkichlardan ham foydalanadi. Dispersiya
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
D=(
∑
(U-O‘)
2
)/n
bunda, D-dispersiya qiymati.
O‘rtacha kvadratik chetlanish quyidagi formula asosida aniq-
lanadi:
Dostları ilə paylaş: |