21
2. Soliqlar tushumi bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan
prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini o‘rganish va ushbu ma’lu-
motlar asosida budjetni daromad qismini to‘ldirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni belgilab chiqish;
3. Soliq tushumlari va boshqa majburiy to‘lovlar turlarini o‘r-
ganib chiqish va soliq yuki taqsimotini o‘rganish;
4. Soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilgan
ma’ lumotlarni o‘rganish va hisobotlar tuzish;
5. Tuzilgan hisobotlar tahlili asosida kelajak davr uchun soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlar prognozini tashkil qilish.
Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Soliq statistikasi va
prog nozi fanining ahamiyati uning oldiga qo‘yilgan
vazifalar bilan
uzviy bog‘liq. Shunday qilib, soliq statistikasi va prognozi yor-
damida, davlat budjetini daromad qismining tarkibi, uning sifatli
to‘l dirilishi, budjet de
fi
tsiti yoki pro
fi
tsitini, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning soliqlar bo‘yicha boqimandasi,
debitorlik va kredi-
torlik qarzlari miqdori, davlatda olib borilayotgan soliq siyosatini
samaradorligi, olib borilayotgan soliq siyosatining iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga va aholini yashash darajasini ko‘tarishga ta’siri
to‘liq o‘rganib chiqiladi.
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish sharoitida soliq to‘lov-
chi larni
hisobga olish, ular to‘layotgan soliqlar va majburiy to‘lov-
larning hisobini to‘g‘ri yuritish, davlatimizning iqtisodiy tayanchi
bo‘lgan soliqlarni yig‘ish, soliq obyektlarini to‘g‘ri aniqlash, so-
liqlar hisobini to‘g‘ri yuritish, soliq to‘lovchilar bo‘yicha hamda
alohida soliq turlari bo‘yicha shaxsiy
hisob kartochkalarining
to‘g‘ri yuritilishi, soliqlar tushumi bo‘yicha hisobotlar tuzish ularga
kiriti ladigan ma’lumotlarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini oldini olish-
da hisob ma’lumotlarining tahlili asosida kelgusi yilga budjet da-
romadlarini prognoz qilish davlat daromadlarini shakllantirishda
muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ushbu fan soliq tizimining
22
nazariy va amaliy asoslarini tashkil qiluvchi, ajralmas soha hisob-
lanadi.
Fanning asosiy maqsadi – talabalarda soliq to‘lovchilarni soliq
organlarida hisobga olish, ularning hisobini olib borish, soliqlar
bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha shaxsiy hisob
kartochkalarining yuritilishi, soliq statistikasi ko‘rsatkichla rini
shakllantirish, soliq organlarida tuziladigan hisobotlar, soliqlar tu-
shu mining tahlili va tahlil ma’lumotlari asosida soliqlarni prog noz
qilish bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Soliq statistikasi va prognozi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
– soliq statistikasi
va prognozi tushunchasi, fanning boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi, statistikaning asosiy tamoyillari, mutloq va
nisbiy ko‘rsatkichlar, prognoz qilishda qo‘llaniladigan elementlar,
soliqqa tortiladigan baza va uning elementlari, tadbirkorlik sub-
yekt larini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq to‘lovchiga identi
fi
katsiya ra-
qamini berish tartibini, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,
Prezident Farmoni va qarorlari hamda
mazkur sohada erishilgan
yutuqlar, shu bilan birga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini oldini
olish yo‘nalishlari haqida mavjud muammolar hamda milliy soliq
tizimining rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
– soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi - «SIAJ»
dasturida ishlash, soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish, ular hisobini
yuritish, ular to‘laydigan soliqlar va tushumlarni prognoz qilish,
shaxsiy hisob varaqalarni yuritish tartiblarini o‘rganish;
– statistik kuzatish; kuzatish ma’lumotlarini jamlash; guruhlash;
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash; dinamik qatorlarni
tuzish, soliqlar va to‘lovlar hisobini to‘g‘ri yuritish,
jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozini oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda soliq
tushumlarni tahlil qilish va tahlil natijalaridan foydalana olish,
prognoz qilish tartibi va usullarini o‘rganish.