14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari Reja



Yüklə 88,34 Kb.
səhifə1/6
tarix01.08.2022
ölçüsü88,34 Kb.
#62963
  1   2   3   4   5   6
14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari Reja


14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari


Reja:
12.1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari.
12.2. Prognozlash usullari va ularning turlari.
12.3. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.
Tayanch iboralar: prognoz, prognozlash, ob’ekt xarakteri, prognoz funksiyalari, izlanuvchi prognozlar, ekspert usuli, ekstrapolyatsiya, normativ prognozlar, istiqbollash (bashorat).
12.1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari

Prognoz - bu ehtimoliy yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.


Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi.
Prognozlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k.
Iqtisodiy prognozlash – bu iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yo‘llari yig‘indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir (12.1.-rasm).





12.1-rasm. Prognozlarning turlari1

Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib tuzilishi mumkin. Masalan, ob’ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi:



  • prognozlash ko‘lami;

  • prognozlash muddati;

  • ob’ekt xarakteri;

  • prognoz funksiyalari (funksional belgi).

Tuzilish muddati bo‘yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo‘linadi.
Prognozlarning izlanilayotgan ob’ekt xarakteriga ko‘ra bo‘linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, prognozlash quyidagilarga ajratiladi.
Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuvchi prognozlarga bo‘linadi.

Yüklə 88,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin