Amaliy mashg‘ulot №5. Transport inshootlarini tekshirishda konstruksiyalarning tekshiruv hisoblari



Yüklə 23,83 Kb.
səhifə1/2
tarix29.03.2023
ölçüsü23,83 Kb.
#90962
  1   2
Amaliy mashg 5


Amaliy mashg‘ulot №5. Transport inshootlarini tekshirishda konstruksiyalarning tekshiruv hisoblari

Inshootlar konstruksiyalarining asosiy tekshiruv hisoblari ularni tekshirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Ular quyidagi hollarda zarur bo‘ladi:



  • hujjatlari saqlanib qolinmagan foydalanishdagi inshootlarni tekshirishda tez-tez uchrab turuvchi holat bo‘lgan, hisobiy ma’lumotlarning yetarlicha yoki umuman mavjud emasligida;

  • hisobiy sxema, yuklar, o‘lchamlar, materiallarning tavsif va h.k. lariga nisbatan dastlabki hisobiy nuqtai-nazarning tekshirish vaqtida aniqlangan amaliy ma’lumotlar, bilan mos tushmasliklari mavjudligida;

  • inshootning yuk ko‘tarish qobiliyati va deformatsiyalanuviga ta’sir etadigan nuqsonlar va shikastlanishlarning mavjudligida.

Tekshiruv hisob-kitoblari konstruksiyalar ishining sharoitlari o‘zgarganida, ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini hamda me’yoriy ishlashga yaroqliligini aniqlash, o‘z vaqtida chora-tadbirlar (almashtiruv, kuchaytiruv, ta’mirlov) qo‘llanishi lozim bo‘lgan element va birikmalarni oshkor qilish, yuklarning kattaligi, harakatlanish tezligi bo‘yicha zaruriy cheklanishlar to‘g‘risida tavsiyalar berish va h.k. lar imkonini beradi. Hisoblarni tekshiruv natijalari: oshkor qilingan nuqsonlar, o‘lchamlardan chetlanishlar, korrozion yemirilish, materialning haqiqiy mustahkamlik tavsiflari, materialning amaldagi mustahkamlik va deformatsion xususiyatlari, hisobiy sxemalar va yuklar, haroratga oid ta’sirlar, poydevorlarning cho‘kishi va h.k. larni e’tiborga olib bajariladi. Rekonstruksiya qilinayotgan transport inshootlari amaliy yuk ko‘tarish qobiliyatining tekshiruv hisoblarini bajara turib, yuklar va ta’sirlarni me’yorlar qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilmoq va o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra aniqlik kiritmoq lozim. Agarda tekshiruv natijalariga ko‘ra sinovlar o‘tkazish zarurligi haqida qaror qabul qilinsa, u holda tekshiruv hisob-kitoblari talab qilinuvchi sinov yuklarini hisoblab topish va tadqiq qilinayotgan konstruksiyalardagi tegishli zo‘riqishlar, cho‘kishlar, deformatsiyalar hamda ko‘chishlarni aniqlash bilan yakunlanadi. Ushbu hisob-kitoblar tekshirilayotgan inshootning haqiqiy ishini e’tiborga olib eng aniq muhandislik usullaridan foydalanib o‘tkazilishi kerak.
Tekshiruv hisob-kitoblarining metodikasi o‘z ichiga muntazam qadamlarni bajarishni kiritadi. Hisob-kitobni inshoot va uning yuk ko‘taruvchi elementlari hisobiy sxemalarini aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra hisobiy yuklar aniqlanadi. Jadval shaklida barcha konstruksiyalarning 1m2 iga tushuvchi yuklar tuziladi. Butun inshoot va uning ayrim yuk ko‘taruvchi qismlari statik va dinamik hisoblari bajariladi. Shu o‘rinda mustahkamlikka hisob-kitob qilishning tijorat jihatidan imkoni bor bo‘lgan, ayrim konstruksiyalar va butkul inshootning fazoviy ishi, ularning deformatsiyalanuvchanligi, nochiziqliligi va h.k. larini e’tiborga olishi mumkin bo‘lgan zamonaviy dasturiy majmualaridan (masalan, «Mikro-Fe», «Miraj», «Monomax», «Lira-Windows» va b.) foydalaniladi [12, 18, 23].
Topilgan hisobiy zo‘riqishlarga (eguvchi momentlarga, bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlarga) konstruksiya elementlari, birikmalarining tugunlari, choklari va h.k. larining kesimlarini tekshirib ko‘riladi. Shuningdek, konstruksiyalarning har bir xili uchun materiali bo‘yicha QMQ talablariga muvofiq deformatsiyalanuvchanlik, og‘ishlar, yoriqlarning ochilish kengliklari ham aniqlanadi. Konstruksiyalarda nuqson va shikastlanishlar, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan salqiliklar va yoriqlar mavjud emasligida tekshiruv hisoblari kesimlarning o‘lchamlari, materiallarning hisobiy qarshiliklari, hisobiy sxemalari, armaturalanish va h.k. haqidagi loyihaviy ma’lumotlar bo‘yicha bajarish ruhsat etiladi. Modomiki turar-joy va fuqarolik inshootlarining tekshiruv hisoblari masalalari tez-tez uchrab turar ekan, quyida bunday inshootlarning yuklarini to‘plash va bir necha elementlarini hisoblash usluboti keltirilgan. 4.1-jadvalda turli materiallardan qilingan konstruksiyalarning tekshiruv hisoblari uchun hisobiy formulalar keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, ular asosan bir-biriga o‘xshash va faqat temirbeton elementlar uchungina farqlanadi. Metall konstruksiyalarning hisoblarini bajarishda korrozion shikastlanishlarning ta’sirini e’tiborga olish zarur. Buning uchun ko‘ndalang kesimning hisobiy yuzasini quyidagi formulaga ko‘ra aniqlash zarur:
(4.1)
bunda A0 – ko‘ndalang kesimning korroziyani e’tiborga olinmagan yuzasi; Ksa – kesimning jamul-jamlik koeffitsienti, u muhit bilan tutashuvchi (kontaklanuvchi) perimetrining ko‘ndalang kesim yuzasiga bo‘lgan nisbatiga teng (burchakliklar uchun – Ksa ≈ 2 / t, quvurlar uchun – 1 / t, shveller va qo‘shtavrlar uchun 4 / (t+d), (t va d – mos tarzda tokcha va devorchalarning qalinliklari); ∆* – korroziyaning kirib borish kattaligi, u berk profillarning bir taraflama korroziyasida ga teng hamda ochiq profillarning ikki taraflama korroziyasida /2 ga teng deb qabul qilinadi (qo‘shtavrlar, shvellerlar, burchakliklar va h.k.), bu yerda – korroziya oqibatida elementda kamayib borgan metall qalinligi.
Egiluvchi elementlarni hisoblashda qarshilik momenti ga teng, bunda W0 – kesimning korroziyasini e’tiborga olmagan qarshilik momenti; Ksw – qarshilik momentining korrozion yemirilishidan o‘zgarish koeffitsienti. Qiyshaygan elementlar, ekvivalent ekssentrisitetni e’tiborga olib, huddi nomarkaziy siqilgan kabi hisoblanadi. Shuningdek konstruksiya ayrim elementlarining ishlash sharoitini o‘zgartiruvchi nuqsonlar va shikastlanishlarini e’tiborga olish zarur.

4.1-jadval. Tekshiruv hisoblari uchun asosiy hisobiy formulalar



Material
Element

Metall

Yog‘och

Tosh

Beton

Temirbeton

Cho‘zilgan


Yüklə 23,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin