Siydik ayirish organlarini tuzilishi


Ob'ektning sistematik holati



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə4/10
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#179160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siydik ayirish organlarini tuzilishi-fayllar.org

Ob'ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar — Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar - Craniata
Bo'lim. Jag'og'izlilar — Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar — Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar — Osteichthyes
Kenja sinf. Shu'la qanotlilar — Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar — Teleostei
Turkum. Karpsimonlar Cypriniformes
Vakil. Zog'ora baliq — Cyprinus carpio L.


Ayirish organlari. Baliq buyraklarini ko'rish uchun ichak va suzgich pufagini olib tashlash kerak.
Zog'ora baliqning buyraklari (32-rasm) akulaning buyrak-lari singari qorin pardasi ostida va umurtqa pog'onasining ikki yonida joylashgan. Farqi shundaki, suyakli baliqlarning ayirish sistemasi jinsiy organlari bilan bog'liq emas.

Urg'ochi zog'ora baliqning ayirish - urchish


organlarining keyingi qismi:
1-suzgich pufak, 2-tuxumdon, 3-tuxumdon yo'li, 4-siydik-jinsiy so'rg'ieh, 5-jinsiy teshik, 6-buyraklar, 7-siydik yo'li. 8-siydik pufagi, 9-siydik teshigi, 10-ichak, 11-anal teshigi.
Uzun to'q-qizg'ish bir juft tana buyragi (mezanefros) gavda bo'shlig'ining boshidan oxirgacha cho'zilgan bo'lib, suzgich pufagjning ustida, umurtqalarining yonida joylashgan. Buyrak laming oldingi uchi juda keng bo'lib, o'rta chiziqda bir-biriga qo'shilib ketadi. Наг qaysi buyrakning ichki cheti bo'ylab bittadan siydik yo'li o'tadi, bu kanallar pastroqda bir-biri bilan qo'shilib ketadi. Orqa tomonda esa siydik pufagiga qo'shiladigan bitta umumiy kanalni hosil qiladi. Siydik pufagi siydik-tanosil so'rg'ichi uchida maxsus teshik bilan ochiladi.
Jinsiy organlari. Suzgich pufagining yon tomonlarida jin-siy bezlar joylashgan. Urg'ochisining tuxumdoni mayda donachalar singari uzunchoq bo'ladi. Uning keyingi cho'zilgan qismi tuxum yo'li hisoblanib, bitta teshik bilan siydik-tanosil so'rg'ichiga ochiladi.
Erkak zog'ora baliqning juft urag'doni silliq va g'uj uzun­choq tanachadan iborat bo'lib, u tana bo'shlig'ida urg'ochi-larining tuxumdoni kabi joylashgan. Urugldonlarning keyingi bo'limlari kalta urug' chiqarish yo'liga aylangan bo'lib, umu­miy jinsiy teshik bilan siydik-tanosil so'rg'ichiga ochiladi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilarning ko'payish organ-lari bir juft jinsiy bezlardan iborat. Erkak baqa jinsiy bezlari (47-rasm) yumaloq oqimtir bo'lib, buyrakning oldingi uchiga yaqin joylashgan.

Urug'donlardan chiqqan urug' yo'li buyrakdan o'tib volfov kanaliga, undan kloakaga qo'shiladi. Volfov kanallari kloakaga kirishdan oldin spermani vaqtincha rezerv holida asray-digan kengayma - urug' pufaklarini hosil qiladi. Urg'ochilarining tuxumdonlan yupqa devorli xaltachadan iborat bo'lib, voyaga yetgan individlarida lining ichi pigment-lashgan tuxumlar bilan to'lgan bo'ladi.


Tana bo'shlig'ining yon tomonlarida buralib-buralib yotgan tuxum yo'llari (myuller kanallari) joylashgan. Tuxum yo'llari kloakaga ochilishidan oldin buralib-buralib ketgan bir juft naydan iborat, ularning kichikroq ichki teshiklari umurtqa pog'onasining yoniga, o'pkaga yaqin yerga o'rnashgan, tashqi teshiklari esa mustaqil ravishda kloakaga ochiladi. Tuxum yo'Harming voronkasi yurak xaltasiga yopishgan, shunga ko'ra ular (voronkalar) yurak urganda dam qisilib, dam yozilib tura-di va natijada gavda bo'shlig'idan tuxumlarni so'rib oladi.


Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin