Siydik ayirish organlarini tuzilishi


HALqALI CHUVALCHANGLAR TIPI



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#179160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siydik ayirish organlarini tuzilishi-fayllar.org

HALqALI CHUVALCHANGLAR TIPI
Yomg’ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog’ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuziga chiqib qolganligi sababdan ular yomg’ir chuvalchanglari deb ataladi.
SHundan keyin tana devoridagi bo’ylama muskullar qisqarib, tanasining oldingi qismi yo’g’onlashib tuproq zarralari suriladi. CHuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga yo’l ochadi. Tuklari chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.
Tana bo’shlig’i. Yomg’ir chuvalchangining suyuqlik bilan to’lgan tana bo’shlig’ida ichki organlar joylashgan. Tana bo’shlig’i yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajralgan. Tana bo’shlig’i bo’lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo’shlig’i devorining ichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashgan epiteliydan iborat.


Ayirish sistemasi. Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi tana bo’g’imida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat. Naychalarning bir uchi tana bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi voronkaga o’xshab kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib yuboriladi.


MOLLYuSKALAR TIPI
Qorinoyoqli molyuskalar sinfi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. CHuchuk suv shillig’i hovuz va ko’llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. CHig’anoq o’ramlari ingichkalashib, o’tkir uchni hosil qiladi. CHig’anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo’ladi. SHilliq tanasini mantiya teri o’rab turadi. Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Boshining ostki tomonida og’iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo’ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko’zi joylashgan. Suv shillig’i oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.
Ayirish sistemasi. CHuchuk suv shillig’ining tasmaga o’xshash yagona buyragi tuzilishi yomg’ir chuvalchangi ayirish organiga o’xshaydi. Buyrakning voronkasimon kengaygan uchi yurakoldi bo’lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochiladi.



Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin