Siydik ayirish organlarini tuzilishi


Urg'ochi kaltakesakning jinsiy organlari



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#179160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siydik ayirish organlarini tuzilishi-fayllar.org

Urg'ochi kaltakesakning jinsiy organlari. Yuzasi tash-qi tomondan g'adir-budur, noto'g'ri shaklli oval tanacha ko'rinishidagi ikkita tuxumdon (65-rasm) umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki yonboshida joylashgan. Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'Uaiining bir uchi gavda bo'shlig'ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo'limiga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxumdpnning past-ki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil qila-di. Urg'ochilarda volfov kanallari reduksiyalangan. Yetilgan tuxumlar gavda bo'shlig'iga bu yerdan tuxum yo'lining voron-kasi orqali tuxum yo'liga tushadi.

Urg'ochi kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi:
l-buyragi, 2-siydik pufagi, 3-siydik teshigi. 4 -tuxumdoni, 5-tuxum yo'li, 6-tuxum yo'li voron-kasi, 7-jinsiy teshigi, 8-kloaka bo'shlig'i, 9-to'g'ri ichagi.


Ayirish organlari. Qushlarning juft to'q qizil rangli me-tanefrik juda katta buyragi bo'ladi (88-rasm). Bu qushlarda moddalar almashinuvining intensivligi bilan bog'liq.

Kaptarning siydik-tanosil sistemasi:
A - erkaginiki, В - urg'ochisiniki: 1-buyragi, 2-siydik yo'li, 3-kloaka bo'shlig'i, 4-buyrak usti bezi, 5-urug'don, 6-urugldon ortig'i, 7-urugb yo'li, 8-urug' pufagi, 9-tuxumdon, 10-chap tuxum yoli, 11-tuxum yofcli voronkasi, 12-reduksiyalangan o'ng tuxum yo'lining qoldig'i, 13-to'g'ri ichagi, 14-siydik teshigi, 15-jinsiy teshik.
Buyraklar uchta pallaga bo'lingan uzunchoq yassi tanacha-dan iborat bo'lib, chanoqning ustki devori ostida joylashgan. Har qaysi buyrakdan kloakaning o'rta bo'limiga ochiladigan siydik yo'li boshlanadi. Qushlarda siydik pufagi (qovuq) yo'q. Sarg'imtir mayda juft tanachalar shaklidagi buyrak usti bez-lari buyrak oldingi uchining yaqiniga joylashgan bo'ladi.
Jinsiy organlari. Erkak qushning jinsiy organlari loviyasi-mon juft urug'dondan iborat (88-A rasm). Ular buyrakka yaqin yerda turadi va hajmi yil fasliga qarab o'zgaradi (ur-chish davrida juda kattalashadi). Har qaysi urug'donning ichki yuzasiga mezanefrik buyrak qoldig'i hisoblanuvchi kichik bo'rtma — urug'don ortig'i joylashgan. Har qaysi urug'don ortig'idan urug' olib chiqadigan ingichka urug' kanali bosh­lanadi. Bu kanal kloakaga qo'shilish oldidan bir oz kengayib, urug' pufagini hosil qiladi.
Urg'ochi qush (moda, makiyon)larda chap tuxumdon bilan chap tuxum yo'ligina mukammal rivojlangan (88-B rasm). Tuxumdon noto'g'ri shaklli donador tanacha ko'rinishida bo'lib, chap buyrak ustki chekkasining yaqinida turadi. Gavda bo'shlig'iga ochiladigan chap tuxum yo'lining keng voron-kasi qalin devorli naydan iborat bo'lib, kloaka ochiladi. Tu­xum yo'lining fallopiy nayi deb ataladigan eng uzun ustki bo'limining ichki tomoni talaygina oqsil bezlar va burmalar bilan qoplangan. Uning keng, lekin devori yupqaroq bo'lgan keying! bo'limi bachadon deb ataladi. Bachadon o'z navba-tida tor qinga aylanadi, qinda esa kloaka ochiladi. Odatda, murtak holidagi o'ng tuxumdon bilan tuxum yo'lini kloaka­ning o'ng tarafidan izlab topish mumkin.


Tufelka o’simlik qoldiqlari ko’p bo’lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1 - 0,3 mm bo’lib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga o’xshab ketadi. SHuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko’p kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka to’mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.
Oziqlanishi. Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida «og’iz» teshigi bor. Og’iz halqumga ochiladi. CHuqurcha atrofida joylashgan kipriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to’planib, hazm vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib tsitoplazmaga tushadi. Vakuolalar tsitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib, oziqni hazm qiladi. Hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari tananing keyingi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin