Axborot madaniyati bu - yuridik va jismoniy shaxslkarning axborotdan to’g’ri va oqilona foydalanishi tushiniladi.
Jamiyatniaxborotlashtirishdeganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektual- lashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’-minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog’liq ob’ektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshila- nishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan- texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avto- matlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlash- tirish.
Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ular- ning kelib chikish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga etkaziladi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qizi- qishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differentsial yonda- shish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillash- tiradi, talabani o’quv jarayonining sub’ektira aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyi- dagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;
talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h.k.
Axborotlashgan jamiyat axborotni yaratish, tarqatish, undan foydalanish, integratsiyalash va muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy faoliyatni amalga oshiruv- chi jamiyat hisoblanadi. Uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi axborot texnolo- giyalari bo’lib, axborot portlashi natijasida iqtisodiyotda, ta'lim, sog'liqni saqlash, va hukumat ishlarida barcha jihatlarini o'zgartrib raqamli texnologiyaning paydo bo’lishiga olib keldi va jamiyatning bu shaklida iste'mol qilish vositalariga ega odamlar ba'zan raqamli fuqarolar deyila boshlandi. Bu insonlar jamiyatning yangi bosqichga kirib borishini belgilab beruvchi fazadan biri hisoblanadi[7].
An information society is a society where the creation, distribution, use,integration and manipulation of information is a significant economic, political,and cultural activity. Its main driver are digital information and communicationtechnologies, which have resulted in an information explosion and are profoundlychangingallaspectsofsocialorganization,includingtheeconomy,education, health, warfare, government and democracy. The People who have the means topartake in this form of society are sometimes called digital citizens. This is one ofmany dozen labels that have been identified to suggest that humans are entering anewphase ofsociety.(FromWikipedia,thefree encyclopedia)