elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axbo- rotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositala- ridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’l- jallangan belgilar ketma-ketligi;
elektronraqamliimzoningochiqkaliti - elektron raqamli imzo vosita- laridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun
mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektronraqamliimzoninghaqiqiyliginitasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikasiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot.
O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 19 ta moddadan iborat bo’lib, uning maq- sadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining hu- quqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: