Salom Do’stlar


Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə7/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat


Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik tur- mushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jami- yatining o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o’rinni egallamoqda. Jumladan axborot texnologiyalaridan to’g’ri va sama- ralai foydalanishni ta’minlash uchun avvolom bor foydalanuvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish zarur. Endi biz axborot madaniyatiga izohlar berib o’tamiz.
Axborot jamiyati. Zamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalari ulushining ortishi, insonlarning o’zaro samarali o’zaro axboriy aloqada ishlashini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo’lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi[8].
Axborot jamiyatining rivojlanish ko’rsatkichlari. Axborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo’yicha rivojlanishini belgilovchi ko’rsat- kichlar har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik “axborot jamiyati indeksi” (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to’rtta guruhga bo’lingan 23 ko’rsatkichga asoslanadi:

  • kompyuter infratuzilmasi (7 ko’rsatkich – muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.);

  • axborot infratuzilmasi (7 ko’rsatkich – bitta oilaga to’g’ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniyesi abonentlarining soni va h.k.);

  • Internet infratuzilmasi (4 ko’rsatkich – Internetdan maishiy, biznes va ta’lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko’lami);

  • ijtimoiy infratuzilma (5 ko’rsatkich – o’rta maktab va oliy o’quv yurtlari o’quv- chilari soni, matbuot o’quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta’minlanishi)[7].


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin