Texnologik jarayonlarni loyihalashda axborot texnologiyalari - loyihalash ishlari kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib boriladi. Amalda barcha loyihalash jarayoni avtomatlashtirilgan bo’lib, buyurtmachi o’zining talabl’ari qa- toriga loyihalash hujjatlarini elektron shaklini taqdim etishni ham qo’shishi mumkin.
Betonquyishning3Dlazerlitexnologiyasi-bu tizim sirtlarni istalgan qiyalik ostida va istalgan formada yaratish inkoniyatini tug’diradi.
Loyihaishlabchiqarishishivauniavtomatlashtirish.Bu bosqichda qurilish jarayoniga tayyorlanishi kerak bo’lgan loyiha ishlab chiqarish ishi uchun zarur bo’lgan tashkiliy-texnologik hujjatlari aniq va savodli tarzda tuzilishini taqo- za etadi.
Pezokeramik datchik bazasida qurilish monitоringgi.Nazorat va tashxis- lash vositalarini qo’llash binolar ekspluatatsiyasi va qurilish xavfsizligini ta’min- lashning texnik asosini tashkil etadi. Bugun dunyoda o’lchashning yangi avlodi mavjud bo’lib, u qurilish inshoatlari holati bo’yicha ishonchli ko’p funksiyali monitoring tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
Qurilish loyihalarini invariantli avtomatlashtirish.Loyihalashni avtomat- lashtirishga ko’p funktsiyali yondashuv(matematik, axborotli, grafik va h.k.).
Qurilishga oid mutaxassislarni o’qitishda yangi axborot texnologiyalari. Jamiyat tarmoqlarining barcha jabhalarini global jarayonda axborotlashtirish orqali rivojlanib borayotgan ilmiy-texnik inqilobga erishish mumkin. Axborotli-texno- logik rivojlanish darajasi va holati ko’pgina hollarda mamlakat iqtisodiy holatini, aholi yashash darajasi, milliy xavfsizlik va mamlakatning jahon hamjamiyatidagi rolini aniqlab beradi.