S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik. 
Muayyan bir hududda uchraydigan barcha 
o‘simlik turlarining xilma-xillik darajasi alfa xilma-xillik deb yuritiladi. Har bir 
hudud o‘zining shart sharoitlari bilan bir biridan farq qiladi va har xil o‘simlik 
turlarining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Turlar soni (tuplar soni emas) qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, alfa xilma-xillik shunchalik yuqori hisoblanadi va aksincha. Beta xilma-
xillik bu- muayyan hududdagi o‘simlik jamoalarining (turlarining emas) xilma- 
xilligi. Bunda har xil ekologik sharoitlar yoki ularning tez tez o‘zgarib turishi yangi 
va har xil o‘simlik jamoalarining shakllanishiga olib keladi. Qanchalik ta’sir kuchli 
va xilma- xil bo‘lsa, beta xilma-xillik shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, shahar 
va qishloqlarga yaqinlashgan va ichkariga kirgan sari beta xilma-xillik ortib, alfa 
xilma-xillik pasayadi va buning aksi, ta’sir kam joylarda alfa xilma-xillik ortadi. 
O‘simliklarning hayotiy strategiyalari. 
Har bir tur o‘zining yashash muhiti va 
unga moslanishlari bilan o‘zining butun hayoti (ontogenezi) davomida muayyan 
ontogenetik taktika va strategiyalardan foydalanadi. Eng asosiy strategiyalar 
qatorida ko‘pincha quyidagilar ajratiladi:
1. Patientlar
2. Violentlar
3. Eksplerentlar 
Nazorat savollari 
1.Fotosintetik tavsif deb nimaga aytiladi? 
2. Fotosintetik tavsif berish uchun nimalarga e’tibor berish zarur? 
3.
 
Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik deb nimaga aytiladi? 
4. O‘simliklarning hayotiy strategiyalari deb nimaga aytiladi? 
5. O‘simliklar strategiyalari qaysilar? 


15 
3-mavzu. Qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae) va Qirqquloqdoshlar 
(Athyriaceae) oilasi. 
Qirqbo`g`imdoshlar oilasi - Equisetaceae
. Sporalari barglarining orqasida 
yetiladigan soruslar ichida yoki barglari chetida hosil bo‘ladi. Rosmona bargli
poyasiz, qisqa ildizpoyali ko‘p yillik o‘tlar. Ko‘p yillik, ildizpoyali, spora 
boshoqlar hosil qiluvchi sernam yerlarda o‘suvchi o‘tlar. 1. Poyasi 2 xil -
generativ va vegetativ. Generativ (bahorgi) poyasi malla, oqish-qo‘ng‘ir, 
shoxlanmagan, poya uchida spora boshoq yetiladi va mart-aprel oylarida nobud 
bo‘ladi. Undan so‘ng ildizpoyasidan vegetativ (yozgi) poya o‘sib chiqadi, u yashil, 
nozik sershox, to kuzgacha o‘sadi, spora boshoqlar hosil qilmaydi. Bo‘yi 20-30 
(40) sm . E. arvense L.- Dala qirqbo‘g‘imi poyasi 1 xil - faqat vegetativ poya, ba’zi 
novdalarining uchida may-iyul oylarida spora boshog‘i yetiladi. Poyasi bo‘g‘inli, 
barglari reduksiyalangan, bo‘g‘inda tangachalar holida halqa bo‘lib joylashadi. 
Kulrang-yashil, dag‘alroq, kech kuzgacha o‘sadi. Bo‘yi 50-100 sm cha boradi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin