S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum. Kedr (Cedrus Link.) — Кедр



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Turkum.
Kedr (Cedrus Link.) — Кедр
. Bu turkumga yirik daraxt kirib, bo‘yi 
50 m ga yetadi. Novdalari uzun bo‘lishi bilan tilog‘ochga o‘xshaydi. Novdalarda 
nina barglari bittadan bo‘lib, spiral holda va qisqargan novdalarida to‘p-to‘p bo‘lib 
joylashadi. Changi ikki pufakli bo‘lib, qoraqarag‘ayning changiga o‘xshab ketadi. 
Kedr turkumining turlari umuman tilog‘ochga o‘xshasada, qish faslining sovug‘ida
ninabarglari to‘kilib ketmasligi bilan farq qiladi. Yorug‘sevar va issiqsevar bo‘lib, 
qurg‘oqchilikka chidamli, qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Bu turkumning 4 
ta turi bo‘lib, ular O‘rta yer dengizining atrofidagi mamlakatlarda va Himolay 
tog‘ining g ‘arbida keng tarqalgan. 
 Tur. Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.)
bo‘yi 20-40 m, diametri 2,5 m ga 
yetadigan yirik daraxt hisoblanadi. Nina barglarining uzunligi 2,0-4,9 sm qattiq 
dag‘al, 4 qirrali yashil-zangori yoki kumush rangda, yo bo‘lmasa yashil. Qubbasi 
tuxum yoki silindrsimon bo‘lib, bo‘yi 7 sm, eni 4 sm gacha. Atlas kedri Jazoir va 
Marokkodagi tog‘larda dengiz sathidan 1400-2000 m balandliklarida o‘sadi. 
Kavkaz va Qrim tog‘larida madaniy holda o‘sadi. Urug‘i 12 mm, keng, qanotchali. 
Atlas kedri
 
urug‘idan ko‘payadi. Daraxt yer tanlamaydi, ifloslanishiga chidamli. 
Bu kedming qator yoki to‘da-to‘da qilib, yo bo‘lmasa madaniy o‘rmonlar sifatida 
respublikamizning janubiy hududlariga ekish tavsiya qilinadi. 
Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.)
 Dorivorlik xususiyati:
Atlas kedri yog‘i antiseptik xususiyatlarga ega, 
yog‘larning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun u kosmetika ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. Atlas kedri davolovchi xususiyatlari qadim zamonlardan 
beri ma’lum bo‘lgan. Atlas kedri daraxti juda kuchli hidga ega, chunki u tarkibida 
efir moyi mavjud. Uning hidi chumolilar, termitlar, chivinlar, kuya va boshqa 
hasharotlarni qaytaradi. 
Atlas kedri yog‘i Tibet ibodatxonalarida va tibbiyotida tutatqi sifatida ishlatilgan. 
Atlas kedri asabiy taranglikni yengillashtiradi ya’ni ruhiy sokinlashish jarayonini 
yuzaga keltiradi. Atlas kedri yog‘i jarohatni davolash va kuyishga qarshi, og‘iz 
bo‘shlig‘i kasalliklari, osteoxondroz va artrit, og‘riq va bo‘g‘imlarning 


24 
yallig‘lanishini kasalliklarini, soch to‘kilishini davolashda samarali vositalardan 
biri hisoblanadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin