S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 Fitotsenotik tavsif berish
. Muayyan bir assotsiatsiyani yoki uning tarkibiga 
kiruvchi turlarni chuqurroq o‘rganish uchun fitotsenotik tavsif beriladi. Ammo 
fitotsenotik tavsif berishdan oldin umumiy geobotanik tavsif berilishi 
shart. Bunda quyidagilarga asosiy e’tibor beriladi:


13 
1. Hududning geografik joylashuvi.
2. Eng asosiy oriyentirlar, ulardan qanday holatda joylashganligi.
3. Dengiz sathidan balandligi. 
4. Tuprog‘i haqida ma’lumot (zarur hollarda namuna olib, keyin tekshirish 
mumkin).
5. Qaysi ekspozitsiyada (qiyalik qaysi tomongA.?
6. Boshqa ekologik omillar (namlik, yorug‘lik, iqlim, shamol va hokazo).
7. Floristik tarkib (o‘simlik turlari), dominant turlar . 
8. Har bir turning miqdoriy ko‘rsatkichlari.
9. Har bir turning hayotiy formalari (daraxt, buta, yarim buta, o‘t: bir yillik, ikki 
yillik va ko‘p yillik).
10. Har bir o‘simlikning hayotiy holati (normal, kasal, singan, qurigan va 
hokazo). 
11. Har bir turning fenologik holati (vegetatsiya, butanizatsiya, gullash, mevalash, 
pishish, to‘kilish). 
12. 
GPS 
da 
ko‘rsatiladigan 
barcha 
asosiy 
koordinatalar. 
13. Dominantlik metodi orqali ish borayotgan bo‘lsa, assotsiatsiyaga nom 
berish.
Fitotsenotik tavsif berish uchun esa asosan quyidagilarga e’tibor beriladi: 
1. 
Muayyan 
turning 
asosiy 
senopopulyasiyalari 
belgilab 
olinadi. 
2. Uning barcha koordinatalari, dengiz sathidan balandligi, GPS navigator 
orqali aniqlanadi. 
3. 
Barcha 
ekologik 
muhit 
sharoitlari 
va 
omillari 
belgilanadi. 
4. O‘rganilayotgan turning har xil yoshga kirgan turlari alohida sanab chiqiladi 
(maysa holatidagi, yuvenil, immatur, yetuk vegetativ, generativ va senil 
holatidagi turlar). 
5. Ularning o‘zaro nisbati, o‘zaro munosabati o‘rganiladi. Yosh holatini 
ko‘rsatuvchi diagrammalar tuziladi.
6. Har bir yoshdagi tuplarning fenologik holati va hayotiy holati, 
yashovchanligi kabi ko‘rsatkichlar maxsus shkalalar orqali aniqlanadi.
7. 
Tuplar 
zichligi, 
yashovchanligi, 
raqobatbardoshligi 
va 
boshqa 
parametrlar orqali har bir tur uchun uning individual va fitotsenotik optimumi 
aniqlanadi. 


14 
8. Har bir tur uchun eng asosiy abiotik yoki biotik omil atrofida uning 
ordinatsiya 
holati 
belgilanadi 
va 
ekologik 
optimum 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin