Reja: Elektromagnit nurlanishlar spektri



Yüklə 163,85 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü163,85 Kb.
#167341
1   2   3   4   5   6
MT9-

Ultrabinafsha nurlari
Ultrabinafsha nurlar diapazoniga, bir necha ming atom diametriga teng to‘lqin uzunligidagi elektromagnit nurlanishlardan boshlab, atiga bir nechta atom diametriga teng uzunlikdagi nurlanishlar kiritiladi (400-10 nm). Spektrning ushbu qismidagi nurlanishlar tirik organizmlarning faoliyati uchun jiddiy ta'sirlar ko‘rsatadi. Quyosh spektridagi yumshoq ultrabinafsha nurlari (to‘lqin uzunligiga ko‘ra ko‘rinadigan nurlar spektriga yaqin bo‘lgan ultrabinafsha nurlari) muayyan dozalarda terining kuyishini (qorayishni) keltirib chiqaradi. Quyosh nurlari tarkibidan qabul qilingan ultrabinafsha nurlari dozasi ortib ketsa esa, inson terisida o‘tkir kuyishlar - chandiqlar va boshqa nojo‘ya oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Qattiq (qisqa to‘lqinli) ultrabinafsha nurlar esa, tirik to‘qimalar uchun halokatli ta'sir qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi ultrabinafsha to‘lqinlarda jarrohlik asboblarini sterilizatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar tibbiy anjomlar va buyumlar sirtidagi barcha mikroorganizmlarga qiron keltirib, bemorlarni infeksion xastaliklardan saqlab qoladi.



Yer yuzida yashovchi barcha tirik organizmlar, Quyoshda keluvchi va halokatli ta'sir qudratiga ega bo‘lgan qattiq ultrabinafsha nurlanishlarning ta'siridan mustahkam tabiiy qalqon bilan himoyalangan bo‘lib, ushbu himoya qalqoni vazifasini, Yer atmosferasining ozon qatlami bajaradi. Agar mazkur tabiiy qalqonimiz bo‘lmaganida, balki yerdagi hayot faqat okeanlar tubidagina mavjud bo‘larmidi...

Rentgen nurlari.
Bir necha atom diametrlaridan boshlab, bir necha yuz atom yadrosi diametrlariga teng to‘lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlarni Rentgen nurlanishlari deb ataymiz. Rentgen nurlari organizmning yumshoq to‘qimalari orqali to‘siqsiz o‘tib bora oladi va tananing qattiq qismlari - suyaklardagina akslanadi. Shu sababli ham rentgen nurlarning tibbiy tashxis uchun ahamiyati beqiyosdir. Huddi radioto‘lqinlar singari, rentgen nurlarining ham kashf etilish, hamda, ularning insonga amaliy ko‘mak berishga o‘tishi orasidagi vaqt tafovuti juda qisqa muddatni tashkil qiladi. Rentgen nurlarini 1895-yilda olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) kashf qilgan bo‘lib, oradan bir necha oy o‘tib, ushbu fizik kashfiyotdan Parij kasalxonalaridan birda bemorning singan suyagini ko‘rish uchun foydalanilgan. Tez orada ushbu amaliyot butun dunyo tibbiyot muassasalarida ommalashib ketdi. Shunisi qiziqki, o‘sha davr farang gazetalari, rentgen nurlarining kiyim-kechaklardan ham o‘ta olishi haqida shov-shuv qilib yozarkanlar, ushbu nurlarning tibbiy tashxis vositasi sifatidagi ahamiyati haqida lom-mim deyishmagan ekan...

Gamma-nurlar.
Elektromagnit spektrdagi to‘lqin uzunligi bo‘yicha eng qisqa, hamda chastotasi va energiyasi bo‘yicha eng yuksak turuvchi nurlanishlar bu - gamma nurlardir (?-nurlar). Gamma-nurlar o‘ta yuqori energiyali fotonlardan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda onkologik xastaliklarni davolash maqsadlarida keng qo‘llanilmoqda. Lekin, gamma-nurlar tirik organizmlar uchun shu darajada halokatli ta'sir qiladiki, ular vositasida havli to‘qimalarni o‘ldirishda amaliyotchi-vrachlarda juda katta ma'suliyat va zargarona aniqlikdan ham yuksak aniqlik talab qilinadi. Zero, gamma-nurlari sog‘lom to‘qimalarga tushsa, ularni ham muqarrar halok qiladi.
Fizikada elektromagnit nurlanish (EMN) elektromagnit nurlanish energiyasini tashuvchi, fazoda tarqaladigan elektromagnit (EM) maydon toʻlqinlaridan iborat. [ U past chastotali toʻlqinlar, radiotoʻlqinlar, infraqizil, koʻzga koʻrinadigan nurlar, ultrabinafsha, rentgen nurlari va gamma nurlarini oʻz ichiga oladi. Bu toʻlqinlarning barchasi elektromagnit nurlar spektrning bir qismini tashkil qiladi.

Z oʻqi boʻylab elektromagnit toʻlqin tarqalishi, E elektr maydonini va unga perpendikulyar B magnit maydonni bildiradi.

Yüklə 163,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin