Reja: Elektromagnit nurlanishlar spektri



Yüklə 163,85 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü163,85 Kb.
#167341
1   2   3   4   5   6
MT9-

Infraqizil to‘lqinlar:
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan boshalb, 8000 atom diametri (taxminan 800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikdagi elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. o‘sha buyumdan, yoki olovdan taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil nurlanishning o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, o‘ljasining tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning qayerda va qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham mavjud.

Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari, zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular bizga «qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat odamlarni yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning joylashbuvini ham aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan texnika va inshootlar, termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach, o‘ziga singdirib olgan issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil detektorlar esa aynan shu narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar harbiy maqsadlarda va qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi. Xususan, ko‘chki, yoki, vayronalar ostida qolgan tirik odamlarni izlab topishda, ularining tanalari taratayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishni shunday detektorlar vositasida qayd etiladi va ularning turgan joyi aniqlanadi.



Ko‘rinadigan nurlar.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ko‘rinadigan nurlar, ya'ni, elektromagnit nurlanishlar spektrining bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlaridan iborat qismi 400 nm dan 800 nm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunligidagi nurlanishlarni o‘z ichiga qamraydi. Inson ko‘zi ushbu diapazondagi elektromagnit nurlanishlarni sezish, qayd qilish va tahlil qilish uchun eng ideal vosita o‘laroq yaratilgandir. Buning ikkita sababiyati mavjud. Birinchidan, aytilganidek, ko‘rinadigan nurlar spektriga oid elektromagnit to‘lqinlar, ular uchun shaffof bo‘lgan yer atmosferasida deyarli hech qanday qarshilikka uchramasdan tarqaladi. Ikkinchidan, Quyosh sirtining harorati (taxminan 6000 °C) shundayki, Quyosh nurlari energiyasining eng yuqori nuqtasi aynan bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, sayyoramizdagi hayot va energiyaning bosh omili bo‘lmish Quyosh, o‘z energiyasinintg eng katta qismini aynan ko‘rinadigan nurlar diapazonida nurlantiradi; qolaversa, bizni o‘rab turgan atrof-muhit ham ushbu nurlar uchun deyarli mutlaqo shaffofdir. Shu sababli ham, inson ko‘zining evolyutsion taraqqiyoti natijasida, aynan ushbu turdagi elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilishda moslashib qolgani bejiz emas.

Yana bir bora ta'kidlash kerakki, fizika nuqtai nazaridan, odamga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga tegishli elektromagnit to‘lqinlarning (ya'ni, oddiy nurlarning) boshqa turdagi elektromagnit to‘lqinlardan hech bir farqi yo‘q. Ular elektromagnit nurlanishlar yaxlit diapazonning torgina bir qism(cha)sini tashkil qladi xolos. Bu turdagu nurlarning inson uchun ahamiyati shundaki, odam ko‘zi va miyasi biologik jihatdan faqat shu turdagi nurlarni qayta ishlash va tahlil qilishga yaraydigan qilib yaratilgandir (yana kim biladi deysiz, inson miyasi va tafakkurining biz bilmagan qanchada-qancha imkoniyatlari bo‘lishi mumkin...)




Yüklə 163,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin