Reja: Elektromagnit nurlanishlar spektri


Elektromagnit toʻlqin turlari



Yüklə 163,85 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü163,85 Kb.
#167341
1   2   3   4   5   6
MT9-

Elektromagnit toʻlqin turlari
Klassik tarzda, elektromagnit nurlanish elektromagnit toʻlqinlardan (ET) iborat boʻlib, ular elektr va magnit maydonlarining sinxron tarqalishidir. Elektromagnit nurlanish yoki elektromagnit toʻlqinlar elektr yoki magnit maydonning davriy oʻzgarishi tufayli hosil boʻladi. Ushbu davriy oʻzgarish qanday sodir boʻlishiga va ishlab chiqarilgan quvvatga qarab, elektromagnit spektrning turli toʻlqin uzunliklari ishlab chiqariladi. Vakuumda elektromagnit toʻlqinlar yorugʻlik tezligida tarqaladi, odatda c bilan belgilanadi. Bir xil, izotrop muhitda ikki maydonning tebranishlari bir-biriga perpendikulyar va energiya va toʻlqin tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlib, koʻndalang toʻlqin hosil qiladi. Elektromagnit toʻlqinning elektromagnit spektrdagi holati, uning tebranish chastotasi yoki toʻlqin uzunligi bilan tavsiflanishi mumkin. Har xil chastotali elektromagnit toʻlqinlar turli xil nomlar bilan ataladi, chunki ular turli xil manbalarga ega. Chastotasi oshish yoki toʻlqin uzunligini kamayish tartibida ular quyidagicha joylashadi: past chastotali ET, radiotoʻlqinlar, infraqizil nurlar, koʻzga koʻrinadigan nurlar, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari va gamma nurlari.
Maxwell tenglamalari
James Clerk Maxwell elektr va magnit tenglamalarning toʻlqin shaklini yaratdi va shu bilan elektr va magnit maydonlarining toʻlqinga oʻxshash tabiatini va ularning simmetriyasini ochib berdi. Toʻlqin tenglamasi tomonidan bashorat qilingan EM toʻlqinlarining tezligi yorugʻlikning oʻlchangan tezligiga toʻgʻri kelganligi sababli, Maksvell yorugʻlikning oʻzi EM toʻlqini degan xulosaga keldi. Maksvell tenglamalari Genrix Gerts tomonidan radiotoʻlqinlar bilan tajribalar orqali tasdiqlangan.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida ta'riflab o‘tilgan elektromagnit nurlanish turlarining barchasi tashqi ko‘rinishidan har xil bo‘lsa hamki, mohiyatan ularning bari o‘zaro egizaklardir. Spektrning istalgan qismidagi istalgan elektromagnit nurlanishlar, elektr maydoni va magnit maydonlarining vakuumda yoki, biror muhitda o‘zaro ko‘ndalang tebranishlarini o‘zida namoyon qiladi. Ularning barchasi vakuumda yorug‘lik tezligi c bilan tarqaladi hamda, bir-biridan faqatgina to‘lqin uzunligiga ko‘ra farqlanadi xolos. Ayni farq natijasidan esa, ular tashiydigan energiya qiymatlarining farqi yuzaga keladi. Shuni ham aytsih kerakki, maqolada keltirilgan elektromagnit nurlanishlarning to‘lqin uzunliklariga binoan chegaralari nisbiy ravishda olingandir. Boshqa manbalarda sizga yana boshqacharoq tavsif bilan yondoshilgan nisbiy chegaralarga duch kelishingiz ehtimoldan holi emas. Xususan, ba'zan haqli ravishda, mikroto‘lqinlarning katta to‘lqin uzunligiga ega turlarini ham, o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar diapazoniga kiritishadi va bunday yondoshuv ham mutlaqo to‘g‘ridir. Shuningdek, qattiq ultrabinafsha nurlar diapazoni hamda, yumshoq rentgen nurlar diapazonlari orasida hamm hamda, qattiq rentgen nurlari va yumshoq gamma-nurlari orasida ham aniq chegaraning o‘zi yoq.



Yüklə 163,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin