Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
O

42-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) 
tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport 
vositalaridan foydalanish tartibi 
Milliy gvardiya maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Milliy 
gvardiyaga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik va tovushli signallarga, 
rangdor bo‘yoqli grafika sxemalariga ega bo‘lgan maxsus avtotransport 
vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. 
Xizmat safariga yuboriladigan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga 
(xodimlariga) safar guvohnomasi ko‘rsatilganidan keyin transportning 
barcha turlariga yo‘l hujjatlarini navbatsiz olish huquqi beriladi. 
Shaxsiy transportdan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan 
tashqari) foydalanadigan Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga 
(xodimlariga) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi. 
43-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
daxlsizlik kafolatlari 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) xizmatni o‘tash 
vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. 
Harbiy xizmatchi (xodim) tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka 
tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. 
44-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) 
boshqa organlar va tashkilotlarga tayinlanishi (yuborilishi) chog‘idagi 
kafolatlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, 
farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning 
tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Milliy gvardiya 
qo‘mondonining buyrug‘i bilan boshqa davlat organlarining ta’lim 
muassasalariga o‘qish uchun yuborilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi 
(xodimi) majburiyatlarni bajarish (o‘qish) davrida Milliy gvardiya kadrlarining 
amaldagi zaxirasiga kiritilishi mumkin. Majburiyatlarni bajarish (o‘qish) 
tugatilganidan keyin Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) 
ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yo‘qligida esa unga teng boshqa ish 
(lavozim) beriladi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan Milliy gvardiya harbiy 
xizmatchilariga (xodimlariga) harbiy (maxsus) unvonlar, oxirgi egallagan 
lavozimidan qat’i nazar, belgilangan tartibda beriladi. 
Majburiyatlarni bajarish (o‘qish) davri Milliy gvardiyaning harbiy 
xizmatchisiga (xodimiga) belgilangan muddat xizmat qilganligi uchun 
ustama haq to‘lash, navbatdagi harbiy (maxsus) unvonni berish va pensiya 


50 
tayinlash uchun Milliy gvardiyadagi harbiy xizmat (xizmat) stajiga qo‘shib 
hisoblanadi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harbiy xizmatchilar 
(xodimlar) harbiy xizmatdan (xizmatdan) bo‘shatilganda, shuningdek 
ularning oila a’zolari Milliy gvardiyadan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar 
(xodimlar) bilan teng ravishda huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan 
foydalanadi. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlari bilan tegishli 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda 
vaziyatlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining qo‘shinlari va 
organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil 
etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar 
organlariga o‘tkazilishi hamda ular Milliy gvardiyadagi haqiqiy harbiy 
xizmatga shaxsiy tartibda tayinlanganligi munosabati bilan yoki bundan 
buyon xizmatni o‘tash uchun qaytarib olinishi mumkin. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin