Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
O

32-modda. Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va 
fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) shoshilinch tibbiy 
yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyatlar 
sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun 
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport 
vositalaridan, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa 
vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari hamda 
maxsus mo‘ljallangan transport vositalari mustasno, majburiy tartibda 
foydalanishi mumkin bo‘lib, bunda transport vositasidan foydalanilganligi 
faktini tasdiqlovchi va undan foydalangan Milliy gvardiyaning harbiy 
xizmatchisini (xodimini) identifikatsiyalovchi hujjat beriladi. 
Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida 
yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
Milliy gvardiya tomonidan qoplanadi. 
6-bob. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) huquqiy va 
ijtimoiy himoya qilish 
33-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) 
huquqiy himoya qilish 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) davlat organi vakili 
sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) xizmat majburiyatlarini 
bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlig‘iga 
(komandiriga) bo‘ysunadi. 
Qonun bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolat berilgan shaxslardan tashqari 
hech kim Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy 
faoliyatiga aralashishga, shuningdek Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini 
(xodimini) qonun bilan Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilmagan 
majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) o‘z ish yurituvida 
bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirishlar 
berishga, shuningdek bunday ishlar hamda materiallarni, shu jumladan 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar 


46 
hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur 
emas. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘ziga nisbatan 
qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan Milliy 
gvardiyaning yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga belgilangan tartibda 
shikoyat qilish huquqiga ega. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin