Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya kafedrasi


  Jismoniy yuklama vaqtida energiya almashinuvi



Yüklə 345,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix02.01.2022
ölçüsü345,29 Kb.
#47868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi

3.  Jismoniy yuklama vaqtida energiya almashinuvi 

 

  Jismoniy  yuklama  vaqtida  energiya  almashinuvi  bajariladigan  ish  hajmiga 

qarab oshib boradi. Erkaklar “nisbiy tinch” holda ishlaganlarida, sutkasida o„rtacha 

2300  kkal  (9600  kJ)  energiya  sarflaydi.  Bu  ko`rsatkich  o„tirib  ish  bajaradigan 

ko„pgina  odamlarga  xos  bo„lib,  hozirgi  paytda  aholining  anchagina  qismida 

uchraydi.  Ayollar  tana  massasi  erkaklarga  nisbatan  bir  muncha  kam  bo„lganligi 

uchun ularda umumiy almashinuv ko`rsatkichi ham oz bo„ladi. Jismoniy yuklama 

bajarish bilan energiya almashinuvini kishi o„z hohishi bilan o„zgartirishi mumkin, 

ya‟ni  kamroq  yuklama  bajarsa  energiya  kam  sarflanadi,  ko„p  ishlasa  ko„p 

sarflanadi  va  hokazo.  Ish  paytida  jismoniy  yuklama  bajarish  turli  kasb  egalarida 




har  xil  bo„lib  shunga  ko„ra  ular  5  guruhga  bo„linadi.  Quyida  shular  haqida 

ma‟lumot keltiramiz. 



1-guruh  –  juda  kam  jismoniy  ish  bajaradigan  asosan  aqliy  mehnat  egalari 

(olimlar, shifokorlar, pedagoglar, EHM operatorlari, hisobchilar va boshqalar). Bu 

guruhga mansub erkaklar kunida o„rtacha  (yoshiga qarab) 2550-2800 kkal, ayollar 

esa 2200-2400 kkal energiya sarflashadi. 



2-guruh  -  yengil  jismoniy  ish  bilan  shug„ullanuvchilar  (avtomatlashgan 

korxona  ishchilari,  tramvay  va  trolleybus  haydovchilar,  agranomlar,  hamshira  va 

sanitarkalar, tikuvchilar, sotuv  -chilar va boshqalar), ularda energiya  sarfi  tegishli 

ravishda 2750-3000 va 2350-2550 kkal. 



3-guruh  -  o„rtacha  og„irlikdagi  jismoniy  mehnat  bilan  shug„ullanuvchilar 

(sleserlar,  jarrohlar,  traktorchilar,  avtobus  haydovchilar,  temir  yo„lchilar  va 

boshqalar). Ularda energiya sarfi tegishli ravishda 2950-3250 va 2500-2700 kkal.  

4-guruh  -  og„ir  jismoniy  mehnat  qiladiganlar  (quruvchilar,    paxtakorlar, 

qishloq  xo„jalik  mehnatkashlari,  metallurglar,  durad-gorlar  va  boshqalar).  Ularda 

energiya sarfi tegishli ravishda 3900-4150 va 3450-3700 kkal. 

5-guruh  -  eng  og„ir  jismoniy  ish  bajaruvchilar  (shaxtyorlar,  tog„  ishchilari, 

daraxt  kesuvchilar,  g„isht  teruvchilar,  betonchilar,  hammollar).  Bu  guruhga  faqat 

erkaklar mansub bo„lib, ularda energiya sarfi 3900-4300 kkal-ga teng.  

Aqliy  mehnat  qilganda  ham  asosiy  almashinuv  oshadi,  lekin  bu  ko„payish 

miya  hujayralarining  intensiv  ishlashi  bilan  emas  balki  reflektor  muskul 

faoliyatining  oshishi  bilan  tushuntiriladi.  Sport  bilan  shug„ullanish  sutkalik 

energiya sarfini sezilarli darajada ko„paytiradi (5000 kkal va undan ham  yuqori). 

Shuning  uchun  sportchilarga  mo„ljallangan  ovqat  tegishli  energiya  zahirasiga  ega 

bo„lishini inobatga olish zarur. 


Yüklə 345,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin