Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 345,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix02.01.2022
ölçüsü345,29 Kb.
#47868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi

2.  Umumiy va asosiy almashunuv 

 

Odam  va  hayvon  organizimdagi  umumiy  almashinuv  asosiy  va  ma‟lum  ish 

bajarilganida  sarf  qilingan  energiya  almashinuvi  yig„indisiga  teng.  Asosiy 

almashinuv  quyidagi  standart  sharoitlarga  amal  qilinganida  qayd  qilinadi; 

1)ertalab;  2)tinchlik  holatda  (yotgan  holda);  3)  oxirgi  ovqatlanishdan  18  soat 

o„tganidan keyin; va 4) optimal muhit harorati (22-24 °C) sharoitida. Tanada qayd 

qilinadigan  asosiy  almashinuvga  juda  ko„p  omillar  sezilarli  darajada  kuchli  ta‟sir 

qiladi, masalan aqliy va jismoniy mehnat qilish asosiy almashinuvini kuchaytiradi, 

ertalabki  qayd  qilinadigan  asosiy  almashinuv  kechasi  ancha  pasayadi  va  hokazo. 

Yana u ovqat  yeyilganida  darhol oshadi, ayniqsa ovqat tarkibida oqsilli  moddalar 

ko„p bo„lsa bu farq ancha sezilarli va davomli bo„ladi (12-18 soat gacha). Ovqat 

yetilganidan keyin asosiy almashinuvning ko„payishi ovqatning spetsifik –dinamik 




ta’siri deyiladi. Aralash ovqat iste‟mol qilinganida asosiy almashinuv 10-15 %-ga 

oshsa,  oqsilli  ovqatdan  keyin  30-40  %-ga  oshadi.  Uglevodlar  yetilganidan  keyin 

esa  u  4-7  %-ga  ko„payadi.  Bunday  spetsifik  dinamik  ta‟sir  turli  sabablarga  ko„ra 

yuzaga keladi: hazm ferementlari ta‟sirida murakkab moddalar parchalanib o„zidan 

energiya  chiqaradi;  ikkinchidan  hazm  jarayonida  intestinal  gormonlar  qonga 

ko„proq  o„tib  energiya  almashinuvi  intensivligini  oshiradi;  uchinchidan,  bu  holat 

boshqa  gormonlar  miqdorining  o„zgarishiga  ham  bog„liq  bo„lishi  mumkin. 

Ovqatning  spetsifik-dinamik  ta‟siri  bilan  yuzaga  keladigan  energiya  almashinuv 

intensivligini  (oshishini)  odam  o„z  ixtiyori  bilan  o„zgartiraolmaydi,  ya‟ni  u  biz 

hohlasak,  hohlamasak  ham  ovqat  yegandan  keyin  yuz  beraveradi.  Agar  muhit 

harorati  komfort  (o„rtacha)  haroratidan  pasaysa  energiya  almashinuv  intensivligi 

ancha oshadi. 

Qayd qilingan barcha standart sharoitlarga rioya qilinsada asosiy almashinuv 

sog„lom  odamda  uning  yoshi,  jinsi,  massasi  va  bo„yiga  qarab  har  xil  bo„ladi. 

O„rtacha asosiy almashinuv 1 soatiga har bir kg tana massasi uchun 1kkal (4,2 kJ) 

hajmida  bo„ladi.  70  kg  tana  massasiga  ega  bo„lgan  odamda  sutkalik  asosiy 

almashinuv o„rtacha 1700 kkal (7100kJ) ga tengdir.  

  


Yüklə 345,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin