Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 345,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix02.01.2022
ölçüsü345,29 Kb.
#47868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi

4.  Issiqlikning muhitga berilishi 

 

Turli  xil  fizikaviy  jarayonlar  yordamida  amalga  oshiriladi  (to„g„ridan-to„gri 

o„tkazish,  konveksiya,  radiatsiya  va  bug„lanish).  Shuning  uchun  bu  yo„llar  bilan 

issiqlikning tanada ma‟lum chegarada ushlab turilishini fizikaviy termoregulyatsiya 

deyiladi.  Issiqlikning  to„g„ridan-to„g„ri  o„tkazilishi  konveksiya  va  nurlanish  yo„li 

bilan  muhitga  berilishi  ma‟lum  issiqlik  gradiyentini  talab  qiladi,  yoki  bu 

holatlarning  sodir  bo„lishi  uchun  tana  harorati  muhit  haroratidan  baland  bo„lishi 

kerak. Issiqlikning bug„lanish bilan muhitga berilishida esa tana yuzasi bilan muhit 

orasidagi suv bug„lari bosimining musbat gradiyenti hal qiluvchi rol o„ynaydi. 

Issiqlikning muhitga to„g„ridan-to„gri berilishida asosiy omil tana yuzasining 

harorati bilan muhit harorati orasidagi farqdir. Bu farq qanchalik katta bo„lsa (tana 

yuzasining harorati muhitga nisbatan yuqori bo„lsa) issiqlikning to„g„ridan- to„g„ri 

berilishi  shuncha  yaxshi  bo„ladi.  Agar  bu  farq  nolga  tenglashsa  ushbu  yo„l  bilan 

hech qanday issiqlik muhitga berilmaydi. 

Ushbu  yo„l  bilan  issiqlik  berilishidagi  ikkinchi  omil  bu  tana  yuzasining 

ko„lamidir.  Tana  yuzasi  muhitga  qanchalik  keng  ko„lamda  tegib  tursa  issiqlik 

berilishi  ham  shunchalik  yuqori  bo„ladi.  Masalan,  odam  tik  turganda,  (qo„llarini 

yonga  qo„yib)  qo„ltiq  tagi,  chatanlar,  boldirlarning  ichki  yuzasi  va  boshqa  tana 

qismlari  muhit  havosiga  to„g„ridan-to„g„ri  tegib  turmaydi  (bunday  holatda  tana 

yuzasining  80  %  bevosita  muhit  havosiga  tegib  turadi).  Mana  shu  vaziyatda 

issiqlikning to„g„ridan-to„g„ri muhitga berilishi odam g„ujanak bo„lib yotgandagiga 

qaraganda  (chunki  bu  holatda  tananing  55  %  yuzasi  muhit  havosiga  tegib  turadi) 

ancha ko„p bo„ladi. Shuning uchun ham sovuq qotgan odam va har qanday jonivor 

ham g„ujanak tushgan holda yotib oladi.  

Shu  narsa  muhimki  tanadan  muhitga  to„g„ridan-to„g„ri  yo„l  bilan  issiqlik 

o„tishi  uni  o„rab  olgan  muhit  (havo  yoki  suv)  harorati  tana  haroratiga 

tenglashguncha davom etadi, shundan keyin u to„xtaydi.  

Tanaga tegib turgan havo yoki suv siljib uning o„rniga harorati pastroq havo 

yoki suv kelsagina issiqlik o„tishi yana davom etadi. Bunday yo„l bilan issiqlikning 



muhitga  berilishini  konveksiya  usuli  bilan  issiqlik  o„tkazish  deyiladi.  Konveksiya 

mexanizmi issiqlikni to„g„ridan-to„g„ri muhitga berishda muhim o„rin tutadi, odam 

tanasi atrofidan havo yoki suv qancha jadallik bilan o„tib tursa muhitga issiqlikning 

berilishi  shuncha  tez  bo„ladi.  Shu  boisdan  harakat  qilib  yurib  turgan  odam  tinch 

turganga  qaraganda  ko„proq  issiqlik  yo„qotadi  .  Yana  dinamik  mashq  bajarish 

statik  mashq  bajarishga  qaraganda  issiqlikning  ko„proq  muhitga  berilishi  bilan 

xarakterlanadi.  Chunki  dinamik  mashq  bajarish  jarayonida  tana  atrofidagi  havo 

yoki  suv  tez  almashinib  turadi.  Odam  tinch  turganida  va  muhit  harorati  neytral 

bo„lganida  (29  °C),  teri  harorati  33  °C  bo„lganida  to„gridan-to„g„ri  o„tkazish  va 

konveksiya yo„li bilan umumiy issiqlikning 40% muhitga beriladi.  

Odam  suvda  ko„proq  issiqlik  yo„qotadi,  chunki  suvning  issiqlik  sig„imi 

havoga  nisbatan  20  marta  ziyod.  Shuning  uchun  ham  suv  va  havoning  bir  xil 

haroratida  qurug„likda  harakat  qilgan  odamga  qaraganda  suvda  suzuvchi  ko„p 

issiqlik yo„qotadi.  




Yüklə 345,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin