Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə9/16
tarix16.12.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#182821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari

Ko’plik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham otlar ko’plik va birlik formalarda qo’llangan. Otlar birlikda qo’llanganda maxsus ko’rsatkich bo’lmaydi. Ko’plik affiksini olmagan birlik sondagi ayrim otlar birlik, yakkalik ma’nolaridan tashqari, yana jins, tur, juftlik, jamlik va ko’plik ma’nolarini ham ifodalay oladi.
Masalan: ilk (Kt) va boshqalar.
Qadimgi turkiy tilda otlarda ko’plik ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir:
1. –lar/-ler affiksi. Masalan: ag’iliqlari (ung),, ber begler (Kt), endelar (Kt).
Bu forma VI-XI asrlarda faqat otlarga qo’shilib kelgan bo’lsa, XI asrlardan keyin esa boshqa so’z turkumlariga ham qo’shilib kela boshlagan.
-lar/-ler affiksining kelib chiqish to’g’risidagi har xil fikrlar mavjud. Ba’zi tilshunoslar bu affiks qadimgi mo’g’ul tilidagi «nar» so’zi bilan bog’liq desalar, ayrim tilshunoslar esa bu fikrga qo’shilmaydilar (jumladan, N.A.Baskakov). Biz ham keyingi fikrga to’liq qo’shilamiz.
-lar/-ler affiksini olgan so’zlar semantik tomondan hozirgi turkiy tillardan farq qilmaydi: Ogem qatun uliyu, ogelerim, ekelerim, kelinunim, qunchuylarim buncha yeme tirigi kun boltachi erti (Kultegin)
Bu affiksning hozirgi turkiy til va lahjalaridagi –nar, -tar singari birinchi undoshi farqli bo’lgan variantlari qadimgi turkiy tilda yo’q.
2. Otlarning ko’plik kategoriyasiga –t(d) shakli ham mansub. Bu forma ko’proq VII-XII asrlarda uchraydi. Masalan: noyan (knyazь) (Qb), noyad (knyazlar) (Qb), qaan (xon), qadd (Qb) (xonlar), tarqan (To’n), tarqat (Kt) va boshqalar.
Bu qo’shimchani olgan so’zlarga –lar (ler) formasi ham qo’shilib kelgan. Bu hodisa «Oltun yoruq»da uchraydi.
3. –an, en qo’shimchasi. Bu qo’shimcha bilan ham ko’plik ma’nosi ifodalangan va –an varianti qalin negizga, -en esa ingichkasiga qo’shiladi:
er (er) – eren (erlar)
og’ul (bola) – og’lan ( bolalar)
qalin negizga -lar, ingichka negizga –ler varianti qo’llaniladi:
eke (aka) - ekeler (ekeler)
beklerim, (bek) - bekler (beklar)

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin