Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə8/16
tarix16.12.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#182821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari

Egalik kategoriyasi. Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qo’shimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli fonetik ko’rinishlarda qo’llangan:
-m qo’shimchasi unli bilan tugagan har qanday negizga qo’shila oladi: atamu akam.
-i'm qo’shimchasi undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi: Furqati'ndi'n za'faran uzra to’karmen lalalar\\Lalalar yermaski bag’ri'mdi'n yerur pargalalar (Nav.).
-im qo’shimchasi undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi: Mehrim oti'n hushu sabru aqlu his yashurmadi \\Mehri lam'i to'rt burqa' keynidin pi'nhan yemes (Nav.).
-ym qo’shimchasi undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Ul labi unabgun ko’nglumga ekkan mehr\\ Ko’nglum ichre yashurun durdanadek unab ara (Nav.).
-um qo’shimchasi undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Bolmado'm umrumda bir dam xato'ro' xurram bile\\Gar ilikdin kelsa bir domni kechurmas gam bile (Bobir).
I shaxs ko’pligi, II shaxs birlik va ko’pligida yuqoridagi qoida o’z kuchini saqlaydi. I shaxs ko’pligida egalik qo’shimchalari -mi'z\miz, -imo'z\i’miz,-umi'z\umiz va –umuz\umuz tarzida; II shaxs ko’pligida –ni’z\niz, i’ni'z\iniz, -uni’z\ yniz, unuz\uni’z III shaxs birlik va ko’pligida -si'\\si (unlilardan so’ng), -i'\i (undoshlardan so’ng) qo’shimchalari qo’shiladi.
Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar ko’p. Semantik tomondan ham hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so’zlar kishi nomlarini (Bilga qag’an), hayvon nomlarini (qoy, bars, bori), jism nomlarini (sub), qavm-qarindosh (og’a), planeta (tangri, yir) va h. nomlarni ifodalaydi.
Ot egalik, ko’plik va kelishik affikslarini oladi, boshqa turkumdagi so’zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so’zlar yasaladi.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin