Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari


I bob. Turkiy tillar ot so’z turkumi tarixi va gramatikasi



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə2/16
tarix16.12.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#182821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari

I bob. Turkiy tillar ot so’z turkumi tarixi va gramatikasi
1.1. Qadimgi turkiy tilning umumsintaktik xususiyatlari.
Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa ko’p turkiy tillarning shakllanishida asos bo`lgan. Ammo bu turkiy tilning o`zi ham ma`lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma`lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o`zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o’zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o`rtasida ko`p o`xshashlik va farqli tomonlar bor. Bu tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir.
So`z birikmalari.
Qadimgi turkiy tildagi so`zlar o’zaro birikib, ma`lum bir so`z birikmasini tashkil etgan va ma`lum fikrni yoki uning ayrim elementlarni ifodalagan. Bu so`z birikmalarining biri hokim boshqaruvchi so’z bo’lib, ikkinchisi unga tobe so`z bo`lgan va hoki so’z tomonidan boshqarilgan.
Boshqaruvchi so`zning xarakteriga ko`ra, so`z birikmalarini ikki gruppaga bo`lish mumkin:

  1. Otli birikmalar.

  2. Fe`lli birikmalar.

1. Otli birikmalarda boshqaruvchi so’z ot bo`lib, u boshqarib
kelayotgan so’z ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bo`lishi
mumkin:
Turuk bodun (To`n,1) - turk xalqi.
2. Fe`lli birikmalarda boshqaruvchi so`z fe`l yoki uning funksional shakllari — sifatdosh, ravishdosh, shart fe`li, harakat nomi bo`lib, unga tobe bo`lib boshqarilib kelayotgan so`z ma`lum kelishik yoki ko’makchi bilan birikib kelgan ot yoki otlashgan so`z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe`li bo`lishi mumkin: qag`an qisdim - (To`n,5) xoqonni qo`lga oldim. qadimgi turkiy tilda so`z birikmalarini tashkil etgan bo’laklarni o’zaro aloqaga kirish usuliga ko’ra uch turga bo`lish mumkin:
1. Bitishuv. 2.Boshqaruv. 3.Moslashuv.
1. Bitishuv. So`zlar hech qanday grammatik vositalar yordamisiz o`zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunaday so`z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o`zaro birikadi. quyidagi so`z turkumlari bitishuv yo`li bilan so’z birikmasini tashkil etgan:
1) Ot bilan ot: Tupuk bodun (To’n, 1) - turk xalqi.
2) Ot bilan fe`l: Kishi og`lan (Irq bitig,80) - o`gil bola.
Bu xil birikmalarning ko`pi hozirgi zamon o`zbek tilida ma`lum grammatik vosita bilan bog`lanadi.
3) Sifat, son, olmosh yoki sifatdosh bilan ot: Yag’iz yer (Kt 28)
qora er.
Sifatdosh aniqlovchili birikmalar ko`pincha sostav jihatidan keng bo`ladi. Tengri teg tengride bolmish typyk bilge qag`an - (Kt,1) — Falakday xudodan bo`lgan turk dono xoqoni.
4) ravish, ravishdosh, shart fe`li bilan fe`l: Sabimin tuketi
esidkil (Kt,27) — so`zimni to`liq eshitgil.
2. Boshqaruv. Tobe so`z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko`makchilar orqali bosh so’zga birikadi.
1) Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, Jo`nalish, o`rin-chiqish, vosita kelishiklari bo`lib, tobe so`z ma`lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so`zga bog`lanadi:
a) tushum kelishigi -g`(-g, -ig`), -ig, -ug`, (-ug, -in), -in, -n vositasida. Bodunig qonalmis (Kt,29) — ko`p xalqlarni oldi.
b) jo`nalish kelishigi -qa(-ke, -g`aru), -gerу, -a, -e vositasida. On tуnke... bardimiz (To’n,26) - o`n tunda bordik.
v) o`rin-chiqish kelishigi - -da//-de//-te vositasida. Tabg`achda adrilti (To`n,2) - Tabg`achdan ayrildi.
g) vosita kelishigi —n; -in, (-in, -un), -уn vositasida Yuz artiq oqun urti( (Kt,33) — yuzdan ortiq o`q bilan urdi.
2) Ot yoki ot ma`nosidagi so`zlar ko`makchilar bilan birikib, hokim so`zga bog`lanadi. qadimgi turkiy tilda quyidagi ko`makchilar qo`llanadi: birle, asha. Kul tegin birle (Kt,27) — Kul tigin bilan. Ba’zi o`rinlarda ma`lum kelishik formasini olgan ot yoki olmosh ko’makchiga bog`lanib, u bilan birga hokim so`zga birikadi: Temir qapig’qa tegi (To`n,45) — temir darvozagacha.
Misollardan ko`rinadiki, boshqariluvchi tobe so`z ot yoki otlashgan so`z bo`lib, u ma`lum kelishik formasini oladi yoki ko`makchi bilan birikadi. Boshqaruvchi so`z esa fe`l yoki harakat bildiruvchi so`zlar bo`ladi. Ammo ba`zan boshqaruvchi so`z sifat, ravish, ko`makchi yoki shu vazifadagi so`z bo’lishi ham mumkin.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin