Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə1/16
tarix16.12.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#182821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari


Mavzu: Turkiy tillar ot so’z turkumi
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
I bob. Turkiy tillar ot so’z turkumi tarixi va gramatikasi
1.1. Qadimgi turkiy tilning umumsintaktik xususiyatlari.
1.2. So`z birikmalariga xos xususiyatlar. Bitishuv xususiyatlari.
Boshqaruv xususiyatlari. Moslashuv xususiyatlari.
II bob. Ot yasalishi.
2.1. Gap. qadimgi turkiy tilda sodda gap turlari.
2.2. Gap bo`laklari. Egaga xos xususiyatlar. Kesimga xos xususiyatlar. To`ldiruvchiga xos xususiyatlar. Aniqlovchiga xos xususiyatlar. Holga oid xususiyatlar. Uyushiq bo`laklari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim. Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi:
1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi;
2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi.
Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir. Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.
2. Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
3. Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi.
Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
4. Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u,
alam, qadr, oriyat.
5. Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
6. Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch, kabilar.
7. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi.
Masalan: yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin