20-§. Jins genetikasi 10 sinf "Biologiya" darsligi asosida



Yüklə 0,9 Mb.
tarix11.04.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#55143
Jins genetikasi

20-§. JINS GENETIKASI

10 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2017

  • Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir.
  • Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari orqali namoyon bo’ladi.
  • Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo’lishi va urug’lanishni ta’minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta’sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi.
  • Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi.
  • Erkak va urg‘ochi organizmlarning tash qi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm ko‘pgi na hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi.
  • Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar – autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofi la pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
  • Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi
  • Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg‘ochilari gomogametali, erkaklari geterogametali bo‘ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg‘ochisi geterogametali bo‘ladi.
  • Meyoz jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan, erkaklari geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofila)da jinsning irsiylanishi 48-rasmda berilgan.
  • Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi. Qandalalar va ninachilarning urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 13 ta xromosoma, urg‘ochisida 14 ta xromosoma bo‘ladi. Undan 12 tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.

Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniq lashning progam tipida jins urug‘lan guncha ma’lum bo‘ladi. Masalan, ko lovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg‘ochi, sitop lazmasi kam tuxum hujayradan erkak organizm rivojlanadi.

  • Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniq lashning progam tipida jins urug‘lan guncha ma’lum bo‘ladi. Masalan, ko lovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg‘ochi, sitop lazmasi kam tuxum hujayradan erkak organizm rivojlanadi.
  • Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning otalangan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg‘ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar

  • Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan yozib tushuntiring.
  • Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan izohlang.
  • X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofi la meva pashshasida qanday bo‘ladi?
  • X xromosoma birikkan holatda bo‘lganda belgilarning irsiylanishiga oid misollar keltiring.
  • Geterogametali va gomogametali organizmlar yozuvda qanday ifodalanadi?

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin