Qadamda o’rganing mundarija


REZYUME – O’ZINGIZ HAQINGIZDAGI



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix05.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152536
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Ideal-rezyume-formulasi

REZYUME – O’ZINGIZ HAQINGIZDAGI 
QASIDA EMAS
Rezyumening hajmi maksimal 2 sahifa bo’lishi 
mumkin� Hatto ko’plab holatlarda ish beruvchilar 
uning birinchi sahifasini o’qish bilan cheklanishadi� 
Statistik axborotlarga ko’ra esa, HR menejerlari va 


37
Rezyume qanday yoziladi?
rekruterlar har bir rezyumega o’rtacha 6-8 soniya 
ichida ko’z yugurtirib chiqishar ekan� Shunday ekan, 
ilk sahifada eng kerakli ma’lumotlarni joylang� Ular 
qisqa, aniq, tushunarli va to’g’ri bo’lsin�
NAMUNALAR BILAN SOLISHTIRING
Agar rezyume qanday tayyorlanishi haqida umuman 
tasavvurga ega bo’lmasangiz, namunalarni ko’rib 
chiqing� O’z rezyumengizni ular bilan solishtiring, 
kamchiligi bor bo’lsa to’ldiring, ortiqcha elementlarni 
olib tashlang�
O’zbek dasturchilari hamjamiyatida odatda Uber 
korxonasida iOS muhandis lavozimida ishlovchi 
Darxonbek Mamataliev rezyumesi namuna qilib 
ko’rsatiladi� Ko’rib chiqsangiz, haqiqatda mehr 
berilgan, ajoyib usulda yozilgan�
Darxonbek rezyumesi joylangan sahifaga link.


38
Rezyume dizayni
REZYUME DIZAYNI
3-BO’LIM:


39
Rezyume dizayni
TUZILMA/STRUKTURA
Matnlar zich joylashgan bo’lmasin� Har bir bo’lim 
uchun alohida joy ajrating� Ma’lumotlar orasida bo’sh 
qatorlar bo’lsin� Shunda matnni o’qish va tushunish 
osonroq bo’ladi�
Ism-familiyangiz matnning sarlavhasi bo’lsa, uning 
ostida ko’rsatilgan mutaxassislik nomi asosiy izoh 
hisoblanadi� Ularni yozib bo’lgach, asosiy aloqa 
ma’lumotlaringizni sahifaning o’ng taraf burchak 
qismida yoki bir qatorda o’rtada yonma-yon 
yozsangiz ham bo’ladi�
RANGLAR
Diqqatni jalb qilish uchun yorqin ranglardan 
foydalanish to’g’ri emas, bu sizning foydangizga 
emas, zararingizga ishlaydi� Yorqin ranglar ko’zni 
charchatadi va ma’lumotni qabul qilish jarayoniga 
salbiy ta’sir qiladi� Alohida bo’limlarni ajratib 
ko’rsatish uchun ham faqat tinchlantiruvchi 


40
Rezyume dizayni
ranglardan foydalaning, masalan, sokin havorang
neytral yashil yoki och jigarrang� Ideal holatda, 
agar dizayner lavozimiga nomzod bo’lmasangiz, 
ranglardan foydalanmasangiz ham bo’ladi� Asosan, 
oq-qora va ba’zida kulrang tusdan foydalanish 
mumkin� Biroz ishlov berish uchun ism-sharif 
ostida bitta gorizontal, alohida ko’nikmalar bo’limini 
ajratib turish uchun bitta vertikal ingichka chiziqdan 
foydalaning�
SHRIFT
Shunchaki sizga yoqqani yoki chiroyli ko’ringani 
uchun “gajakdor” shriftlarda yozishdan tiyiling� 
Rezyumening asosiy maqsadi – siz haqingizdagi 
ma’lumotlarni taqdim etish� Ya’ni, undagi matn 
o’qishga maksimal darajada oson bo’lishi kerak� 
Standart shriftlardan foydalaning, masalan, qadrdon 
Times New Roman’dan�


41
Rezyume dizayni

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin