RASM JOYLASH KERAKMI? Agar galereyangizda rezyumega joylash uchun
fitness klubda olingan surat, mashhur restorandagi
selfi, “ko’cha bola style” rasmlargina bor bo’lsa,
shu yerdan qayting� Eng boshidayoq aytilganidek,
rezyume - rasmiy hujjat� Unga mutlaqo neytral, jalb
qilmaydigan darajada oddiy kiyim va bir xil tusdagi
fonda olingan surat joylangani ma’qul� Rasmga
jilmayib tushish esdan chiqmasin�
Eng yaxshisi , agar sizdan rasm so’rashmasa,
joylamang�
32
Rezyume qanday yoziladi?
MA’LUMOTLAR KETMA-KETLIGIDA ADASHMANG Rezyume yozish qoidasiga ko’ra, o’qish va ish
joylarini hozirgisidan boshlab, eng avvalgisiga qarab
yozib ketish lozim� Masalan, siz yaqin kunlargacha
“Beeline” korxonasida ishlab kelgansiz� Demak,
ro’yxatning boshida shu ish joyingizni ko’rsatasiz�
Keyin undan sal avvalroq ishlagan joyingiz, keyin
undan oldingisi�
O’qish joyi va kurslar masalasi ham shunday: Eng
oxirgisidan eng avvalgisiga qarab yozib keting�
NOTO’G’RI YOKI YOLG’ON MA’LUMOT JOYLAMANG! O’z oyog’ingizga o’zingiz bolta urishni istaysizmi?
Unda rezyumeni mahoratingiz va layoqatingiz
haqidagi yolg’onlar bilan bezang�
Ko’pincha nomzodlar ishga qabul qilinish uchun
33
Rezyume qanday yoziladi?
o’zlarini tajribaliroq qilib ko’rsatishni istashadi va
aslida mavjud bo’lmagan loyihalarda “ishlaganliklari”
haqida yozishadi� Bu sezilmaydi deb o’ylashingiz
mumkin, lekin zamonaviy ish beruvchi va HR xodimi
siz rezyumeni qanchalik bo’rttirib yozganingizni bir
qarashdayoq tushunib oladi�
NIMA QILISH KERAK? Agar sizda hali aytarli tajriba bo’lmasa, amaliyot
davringiz va shu davrda bajargan ishlaringiz,
ko’rsatgan natijalaringiz haqida yozishingiz mumkin�
Muqova xatida esa, nima uchun hali rasman ishlab
ko’rmaganingiz haqida qisqa tushuntirish berib
o’ting�
Lekin…dardingizni dasturxon qilib yubormang!
Shunchaki o’quv kursini endigina tamomlaganingiz,
amaliyot davri yaqindagina muvaffaqiyatli
yakunlangani yoki imtihonlar sabab ishga tushish
34
Rezyume qanday yoziladi?
jarayoni biroz kechikkanini aytib o’ting� Tushuntirish
aniq, qisqa, lo’nda va eng muhimi rost bo’lsin�