Qadamda o’rganing mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix05.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152536
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ideal-rezyume-formulasi



1
IDEAL
REZYUME
FORMULASI
Orzuyingizdagi kompaniya eshiklarini 
ochadigan rezyume yozishni 
6 qadamda o’rganing


2
MUNDARIJA
Rezyume tarkibi � � � � � � � � � � � � � 9
Rezyume qan day yoziladi? � � � � � � � 25
Rezyume dizayni � � � � � � � � � � � � 37
Rezyume tayyor� En dichi? � � � � � � � 41
Muqova xati � � � � � � � � � � � � � � 51
Q o’shimcha maslahatlar � � � � � � � � 55
1
2
3
4
5
6


3
MUQADDIMA
Bu qo’llanmani o’qiyotgan ekansiz, demak, biron 
bo’sh ish o’rniga qiziqqansiz� Ish e’lon qilgan korxona 
vakilidan 
“Rezyumengizni falon emailga yuboring”
yoki 
“Rezyumengizni yuborsangiz, shunga qarab 
taklif haqida o’ylab ko’ramiz”
degan javobni olgan 
bo’lishingiz ham mumkin� Tanishingizdan o’zi 
ishlayotgan joyda ish borligi haqida so’rasangiz, 
“xo’p, ish haqida so’rab ko’raman, faqat avval 
rezyumeni yuborib qo’ygin”
degan so’rov ham 
notanish bo’lmasa kerak�
Hozir biron joyga ishga kirmoqchi bo’lsangiz, albatta, 
u joyga rezyumengizni taqdim qilishingiz shart� 
Korxona rezyumengizdagi ma’lumotlar va uning 
ko’rinishiga qarab siz haqingizda xulosa chiqaradi� 
Rezyume ma’qul bo’lsagina, suhbat bosqichiga o’ta 
olasiz� Bo’lmasa, yana ish qidirishda davom etasiz�


4
Tadqiqotlarga ko’ra rekruterlar nomzod ishga 
to’g’ri kelish-kelmasligi haqida xulosa qilishi uchun 
rezyumeni tahlil qilishga 6-8 soniya (!) ajratishadi� 
Yaqinda mahalliy dasturlash korxonasi HR 
mutaxassisi bilan suhbatda rezyumeni ko’rib chiqish 
uchun o’rtacha 30 soniya ketishini aytib o’tishdi� 
Shu va yana boshqa sabablar tufayli rezyume 
yozishga yuzaki qarab bo’lmaydi� Axir, yillar ketkazib 
yig’gan tajribangizni ifodalashda xato qilib, yaxshi 
joyda ishlash imkoniyatini qo’ldan chiqarishni 
xohlamasangiz kerak�
Rezyumeni to’g’ri to’ldirish vahima qiladigan darajada 
qiyin emas� Bir qancha asosiy qoidalarga rioya qilib 
tayyorlashning o’zi sizning rezyumengiz jiddiy qabul 
qilinishi uchun yetarli bo’la oladi� Afsuski, ko’pchilik 
o’z kelajagiga katta ta’sir o’tkazadigan bu masalaga 
yengil qarashadi� Ish e’lonini ko’rib qolgandagina 
rezyume kerakligi esga tushadi� Internetdan qo’lga 
tushgan birinchi qolipni olib to’ldirib yuborishadi� 


5
Natija ko’p holatlarda ijobiy bo’lmaydi� Shunga 
o’xshash ko’p kuzatiladigan boshqa xatoliklar ham 
talaygina�
Yana bir muhim masala� Rezyumeni bir marta yaxshi 
yozishning o’zi yetarli emas� Uni doimiy to’ldirib, 
yangilab borishni unutmaslik kerak� Ish joyingizda 
yangi tajribalar olasiz, o’sasiz� Shu vaqtlarda 
rezyumeni o’rnida to’ldirib ketish kerak� Zaruratga 
ko’ra boshqa ishga harakat qilmoqchi bo’lganingizda 
shoshilib qolmaysiz�
Bir “sir”ni ham aytib o’tishimiz kerak� Dasturlash 
va unga yondosh sohalarga yangi bo’lsangiz, 
sizda bir qo’rquv bo’lishi mumkin: “Minglab odam 
sohani o’rganishni boshlayapti� Shuncha odam 
bilan raqobat qilishim kerak bo’ladi”� To’g’ri, 
sohani o’rganayotgan odam ko’p� Lekin hamma 
ham fundamental masalalarga yetarlicha e’tibor 
bermagani uchun avtomatik tarzda raqobatdan 


6
chiqib ketadi� Rezyumeni to’g’ri yozish ham shu 
asosiy masalalardan hisoblanadi� Mutaxassis 
texnik tomondan qanchalik kuchli bo’lmasin, o’z 
qobiliyatlarini rezyumeda to’g’ri ifodalamasa, o’zini 
yaxshi sota olmaydi�
Siz o’qiyotgan bu qo’llanmada rezyumeni qanday qilib 
to’g’ri yozish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot 
berdik� Tavsiyalarni o’zimizning tajribamizdagi 
maslahatlar bilan boyitdik� Bu qo’llanma sizga 
rezyumeni to’g’ri yozishda yordam berishi va 
kelajakda yaxshi korxonalarda ishlashingiz uchun 
sabablardan biri bo’lishini tilab qolamiz�
Muhammadjavohirbek Sur’atov


7
KIRISH
Rezyume – bu ma’lum bir korxonadagi ochiq ish 
o’rniga nomzod bo’lib borilayotganda taqdim 
etiladigan hujjat� Rezyumeni ish beruvchi, uning 
vakili yoki HR xodimi ko’rib chiqadi� Rezyume 
odatda muqova xati bilan birga taqdim etiladi va 
unda rezyumedagi ayrim muhim ma’lumotlar va 
nomzodning alohida nuqtayi nazarlari batafsilroq 
ko’rsatilgan bo’ladi�
Rezyumeda, odatda, sizning malakangiz, bilim 
darajangiz, tajribangiz va lavozimda foydali 
bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa layoqatlar 
hamda ko’nikmalaringizga urg’u berilishi lozim� 
Bundan tashqari, oldingi lavozimlarida erishgan 
yutuqlaringizni ham ta’kidlab o’tishingiz mumkin� 
Masalan, sizning xizmatingiz sababli xarajatlar 
qisqargani, sotuv oshgani, ish unumdorligi 


8
necha foizga ko’tarilgani, va hokazo� Muhimi, bu 
ma’lumotlar yolg’on bo’lmasligi�
Rezyume uchun ko’plab formatlar mavjud� Qaysi 
formatda bo’lishidan qat’i nazar, rezyumeda malaka 
va tajriba haqida qisqacha ma’lumot, ishlagan 
lavozimlaringiz va tamomlagan o’quv yurtlaringiz, 
kurslar birin-ketin ro’yxat asosida ko’rsatilishi lozim�


9
Rezyume tarkibi

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin