Qadamda o’rganing mundarija


AVVAL KONTENT, YA’NI MATNNI



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix05.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ideal-rezyume-formulasi

AVVAL KONTENT, YA’NI MATNNI 
TAYYORLAB OLING
Qoyilmaqom dizaynni yaratib olib, keyin matnni 
unga joylab chiqaman, desangiz qattiq adashibsiz! 
Chunki bunday holatda bitta ishingiz mingta ishga 
aylanib ketadi – har gal matn dizaynga to’g’ri kelmay 
qolganida dizaynni qayta-qayta o’zgartirishga 
majbur bo’lasiz� Dizaynni o’zgartirmaslik uchun 
ma’lumotlaringizdan birortasini olib tashlash esa
umuman noto’g’ri qaror bo’lishi mumkin� Yaxshisi, 
matnni to’liq tayyorlab olgachgina unga mos 
dizaynni yarating�
Ma’lumotlarni yozish uchun alohida maxsus dastur 
ishlatish shart emas� Google Docsdan foydalanish 
kifoya� Shunchaki, 
docs.new
sahifasiga kirib yozishni 
boshlang�


27
Rezyume qanday yoziladi?
Eslatma:
Dastlab matnga hech qanday bezak, rang 
bermang� Uning o’z vaqti bor� Ish boshida kerakli 
ma’lumotlarni oddiy matn ko’rinishiga yig’ib olish muhim�
QAYSI TILDA YOZAMIZ?
Bu siz qaysi tilda erkinroq muloqot qilishingizga 
bog’liq� Ish beruvchida taassurot qoldiraman deb, 
yaxshi bilmasangiz ham ingliz yoki rus tilida rezyume 
tayyorlamang� Har holda, suhbatda ham shu tillarda 
muloqot qilishni istamasangiz kerak? Bilmagan 
tilingizda matn yozishga urinib, o’zingizni ham, uni 
o’qiydigan ish beruvchini ham qiynab yubormang� 
Xullas, “Strangers in the night”ni top-toza o’zbekcha 
aksent bilan kuylagan xonandaning ahvoliga tushib 
qolmay desangiz, rezyume va muqova xatini suhbat 
sizga qulay bo’lgan tilda tayyorlang�


28
Rezyume qanday yoziladi?
Qo’shimcha:
Ba’zi ish o’rinlariga rus yoki ingliz tilidagi 
rezyume yuborilishi aniq so’ralgan yoki ma’qullangan 
bo’ladi� Bu kabi holatlarda avval o’zingiz mustaqil shu 
tilda yozib, rezyume yozilgan tilni yaxshi biladigan (!) 
tanishingizdan ko’rib tahrirlab berishlarini so’rang� O’zi 
mahalliy bozorda kamida rus va ingliz tillarini bilish 
minimal standart darajasiga chiqib olgan, desak ham 
bo’ladi�


29
Rezyume qanday yoziladi?

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin