Prezidentimiz ta'kidlaganidek


Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usuli (LEIChU)



Yüklə 89,29 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü89,29 Kb.
#197044
1   2   3   4   5   6   7   8
Prezidentimiz ta\'kidlaganidek-fayllar.org

Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usuli (LEIChU)
Laboratoriya tajribalarini amalga oshirishda usullar ketma-ketligi bir xil bo’lib, frontal va oddiy laboratoriya ishlarida avval o’qituvchi o’quvchilarga namoyish tajriba kqrinishida amalga oshirsa, so’ng o’quvchilar laboratoriya tajribalarini mustaqil bajaradilar. Amaliyotni o’quvchilar birdaniga mustaqil bajaradilar. Laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar (usullar) amalga oshiriladi: 1. Tajribaga oid hodisa va jarayon mazmunini o’rganish; 2. Hodisani tavsiflovchi tushuncha kattalik va qonuniyatlarni belgilab olish; 3. Laboratoriya tajribasi uchun qulay vositalarni (qurilma, qurollar, materiallar) tanlash. 4. Tanlangan tajriba vositalarini sozlash, sinov tajriba natijalarini tahlil etish; 5. Kamida 3 marta o’lchash ishlarini bajarish va natijalarni qayd etib borish; 6. Oddiy va frontal tajribalarni uyushtirishda tajriba jarayonida hodisa mazmunidan kelib chiqib tushuncha kattalik va qonuniyatlarni qaysi qismda va qanday qilib kiritilishini o’qituvchi tomonidan izohlab borish zarur. Amaliyotda mazkur ishni, o’qituvchi yo’llanmasi bilan talaba mustaqil bajaradi. 7. Tajriba natijalari qayta ishlanadi, tahlil etiladi, xatoliklar belgilanadi, jadvalga qayd etiladi. 8. Tajriba natijalari asosida xulosalar qilinadi va yakunlanadi. 9. Tajriba yuzasidan hisobot tayyorlanadi. 10. Talaba tajriba yuzasidan qilingan hisobot bo’yicha «sinov» topshiradi. Demak qaralayotgan fizik mazmunga oid hodisa va jarayonni sun’iy laboratoriya sharoitida amalga oshirish ketma-ketligini va yakunlashni belgilash laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usuli (LTIChU) deyiladi. Fizika o’qitish samaradorligini oshirishda laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usulining o’rni alohidadir.
Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish texnikasi Frontal va oddiy laboratoriya tajribalarini o’qituvchi tomonidan na’munaviy amalga oshirshda «Namoyish tajribasini ishlab chiqish texnikasi» amal qiladi, lekin barcha laboratoriya tajribalarida o’quvchilar tomonidan mustaqil bajarilishda «Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish texnikasi» amal qiladi. Laboratoriya tajribasini amalga oshirishda uni o’quvchilar tomonidan mushohada etish va qabul qilishning qulay texnik yo’llarini aniqlash laboratoriya tajribasini ishlab chiqish texnikasi deyiladi. (IChT). Laboratoriya tajribalarini ishlab chiqish texnikasi tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin. 1. Tajriba qurilmasining holati va balandligini qulayligi 2. Tajriba qurilmasini «Yoritish» yordamida yaqqol kuzatilishini ta’minlash; 3. Samara kuzatiluvchi qism orqasiga fon-ekran qo’yish; 4. Tajribada indikatorlardan foydalanish; 5. 450 burchak ostida proekstiyalashdan foydalanish 6. Tajriba yordamida qurilma o’lchami va holati o’zgarsa, turli belgilashlardan, masshtab, bayroqcha, strelkalardan foydalanish; 7.
Laboratoriya tajribasi qurol va qurilmalarni didaktik talablar asosida loyihalash va tayyorlash.
Laboratoriya tajribalarini ishlab chiqish texnikasiga amal qilib, uyushtirilgan laboratoriya va amaliyot mashg’ulotlarining samaradorligi yuqori bo’ladi.

Yüklə 89,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin