Prezidentimiz ta'kidlaganidek


Fizikadan o’quv laboratoriya eksperimentini fizika kursining ajralmas qismi



Yüklə 89,29 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü89,29 Kb.
#197044
1   2   3   4   5   6   7   8
Prezidentimiz ta\'kidlaganidek-fayllar.org

Fizikadan o’quv laboratoriya eksperimentini fizika kursining ajralmas qismi
O’quv eksperimenti amalga oshirilishida qo’yilgan didaktik maqsadga qarab ikki ko’rinishda bo’ladi. a) o’qitish va uqtirish uchun amalga oshirilgan o’quv eksperimenti namoyish tajribasi (nt) bo’ladi. b) o’qish va uqish (bilim olish) uchun uyushtirilgan tajriba laboratoriya tajribasi (LT) bo’ladi. Laboratoriya eksperimenti o’quv va tadqiqiy (ilmiy) eksperimentga bo’linadi. Biz o’quv laboratoriya eksperimentini qaraymiz. Laboratoriya eksperimentining asosiy vazifasi fizikaviy hodisalarni eksperimental uslublar bilan tadqiq qilishga, zamonaviy o’lchov asboblari va uskunalari bilan muomala qilishga, nazariy bilimlarni eksperimentda olingan ma’lumotlar bilan bog’lashga, o’lchash ma’lumotlariga ishonch darajasini aniqlashga o’rgatish, politexnik ta’limni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Fizika kursida o’quv tajribasining o’rni va axamiyati kattadir. Fizika o’qitishda o’quvchilar tabiat hodisalarini bevosita kuzatadilar, ularni o’z ko’zlari bilan ko’radilar yoki ko’z oldilariga yaqqol keltiradilar, fizika o’qitishda namoyish tajribasi tayyorlash va uni ko’rsatish malakasini xosil qiladi. Amaliy ko’nikma va malaka xosil qilishda laboratoriya va praktikum ishlarining o’rni va axamiyati aloxidadir. Fizika tajribalari ishlab chiqarish bilan aloqadorligi tufayli o’quvchilarning bilish faoliyatlarida onglilik, ko’rgazmalilik tamoyilini va politexnik ta’limni amalga oshirishga yordam beradi. Fizika kursida fizika tajribasing axamiyati beqiyosdir: - o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malaka xosil qiladi . - o’quvchilar tabiatdagi fizik hodisalarni kuzatish o’lchash va uning natijalarni hisoblash , xulosa chiqarishga o’rganadilar - turli asboblardan foydalanishni o’rgatish va mustaqil tajriba o’tkazishga tayyorlaydi. - o’quvchilar o’rgangan materialni xotiralarida yaqqol tiklaydi, fizik hodisalar mohiyatini chuqurroq o’zlashtiradilar. Ma’lum fizik hodisa yuzasidan tajriba o’tkazish va bu fizikaviy hodisani tahlil etish quyidagi uch bosqichda uyushtiriladi: - tajribani rejalashtirish - o’tkazish va natijalar olish - tajriba natijalari tahlili va yakunlash Ushbu uch bosqichni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Didaktik va umumiy maqsadini xal etish 2. Adabiyot bilan tanishish, muayyan fizik hodisaga oid nazariy ma’lumotlarni o’rganish 3. Tajriba usulini tanlash va o’tkazish 4. Tajribada olish mumkin bo’lgan natijani tahlil qilish 5. Eksperimental uskunalarning aniqlik darajasini bilish 6. Qurilma yoki uskunani yig’ish 7. Qurilma yoki uskunani tekshirib ko’rish va imkoniyatlarini baholash 8. Tajribani o’tkazish, natijalar olish 9. Tajriba natijalarini baholash 10. Tajriba natijalardan kelib chiquvchi xulosalarni aniqlash. Kuzatiladigan fizik xodisani vositalar yordamida belgilangan sharoitda asosiy bo’lgan bog’lanishlarni hisobga olgan holda ro’y berishi yoki qayta sodir etkazish fizikaviy laboratoriya tajribasi deyiladi. Laboratoriya tajribasi o’tkazish texnikasi jixatidan uch turga ajratiladi: yalpi (frontal) laboratoriya tajribasi, oddiy laboratoriya tajribasi va praktikum (amaliyot) ko’rinishidagi laboratoriya tajribasiga ajratiladi. Yalpi va oddiy laboratoriya tajribasi biror mavzu va bo’lim tugagach dars jadvali va kalendar reja asosida uyushtiriladi. Laboratoriya ishi qurilma va uskunalari darsgacha xozirlab qo’yiladi. Yalpi laboratoriya ishida barcha sinf o’quvchilari bir xil tajribani uyushtiradilar . Oddiy laboratoriya ishida esa dastlab o’qituvchi o’quvchilarga tajribani namoyish etadi, so’ng o’quvchilar zvenolarga bo’linib tajribani mustaqil o’tkazadilar. Amaliyot tajribasida turli zvenolar tomonidan turli laboratoriya tajribasi uyushtiriladi. Yalpi va oddiy laboratoriya tajribasi o’rta maktab, kollej va litseylarda quyi sinf va kurslarda uyushtiriladi. Amaliyot tajribasi oliy maktablarda, maktab, kollej va litsey yuqori kurslarida uyushtiriladi.
2. Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usuli.
. Laboratoriya tajribasi va uning turlari 2.2. O’rta maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida laboratoriya tajribasi. 2.3. Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish usuli. Abduboqiyev O’.A. Laboratoriya eksperimentini ishlab chiqish 7 2.4. Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish texnikasi. 2.5. Laboratoriya qurollarini loyixalash va tayyorlash.

Yüklə 89,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin