Prezidentimiz ta'kidlaganidek


Laboratoriya tajribasi va uning turlari



Yüklə 89,29 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü89,29 Kb.
#197044
1   2   3   4   5   6   7   8
Prezidentimiz ta\'kidlaganidek-fayllar.org

Laboratoriya tajribasi va uning turlari
Fizikaviy tajriba ilmiy tadqiqot va o’quv tajribasiga ajratiladi. O’quv maqsadiga yo’naltirilgan tajribalar o’quv tajribasi deyiladi. O’quv tajribasi to’rt turga ajratiladi: 1. Namoyish tajribalari. 2. Laboratoriya tajribalari. 3. Amaliyot (praktikum) tajribalari. 4. Mustaqil kuzatish va tajribalar. Laboratoriya tajribasi amalga oshadigan mashg’ulotning tashkil etilishiga bog’liq holda 2 turga yalpi (frontal) laboratoriya tajribasi va oddiy laboratoriya tajribasiga ajratiladi. Praktikum (amaliyot) mashg’ulotida o’qituvchi nazorati ostida o’quvchi yoki talabalarning mustaqil laboratoriya sharoitida amalga oshirgan tajribasi ekanidan uni ham «Laboratoriya tajribasi» sifatida qarash mumkin. Fizik hodisalaridagi asosiy bo’lmagan bog’lanishlarni va xossalarini hisobga olmay laboratoriya sharoitida hodisani sun’iy holda ro’y berdirish laboratoriya tajribasi deyiladi. Fizikaviy tajribalar bilim manbai hamda tekshirish ishlarida haqiqat kriteriysi (omili) hisoblanadi. Shu sababli o’quvchi va talabalarning tabiatni o’rganishda laboratoriya tajribalarining o’rni alohidadir. Frontal (yalpi) laboratoriya mashg’ulotlarida barcha o’quvchilar bir qurol (qurilma) larda ayni bir xil tajribani amalga oshiradilar. Oddiy laboratoriya mashg’ulotida esa, o’qituvchi tomonidan amalga oshirilgan va tushuntirilgan laboratoriya tajribasi o’quvchilar guruxchalari tomonidan navbatma-navbat bir yoki bir necha (imkoni bo’lgan holda) qurilmada bajariladi. Praktikum mashg’ulotida esa o’quv yili oxirida o’rta maktab, litsey va kollejlarda dars jadvali asosida, aloxida jixozlangan xonada aloxida guruxchalar tomonidan xar xil laboratoriya tajribalari o’tkaziladi. Oliy o’quv yurtlaridagi praktikum mashg’ulotlarida o’quv yili boshidan boshlab guruxchalar mustaqil holda, turli tajribalarni amalga oshiradilar. Laboratoriya tajribalarini o’tkazish asosan uch bosqichdan iborat bo’ladi: a) tajriba o’tkazish uchun tayyorgallik ko’rish. b) tajribani amalga oshirish, natijalar olish. v) olingan natijalar tahlili va yakunlash. Tajribani o’tkazish uchun tayyorgallik ko’rish bosqichida a) tegishli hodisa va jarayonga tegishli mavzular o’rganiladi, hodisani xarakterlovchi fizik kattaliklar, tushunchalar, qonunlar aniqlanadi va daftarga qayt etiladi. b) tajribaga tegishli qurol materiallar va jihozlar tanlanadi; qurilma sozlanadi, dastlabki o’lchovlar o’tkaziladi. Tajribani amalga oshirish va natijalar olish bosqichida esa, sozlangan qurilmada ishlanayotgan va o’lchanayotgan har bir kattalik uchun kamida uch marta o’lchov ishlari o’tkazish, olingan natijalarni qayd etib qo’yish zarur. Olingan natijalarni tahlil etish va yakunlash bosqichida esa, olingan natijalarga asosalanib hodisani xarakterlovchi qonuniyatlar yordamida izlanayotgan kattalikni aniqlash, bu kattalikning Abduboqiyev O’.A. Laboratoriya eksperimentini ishlab chiqish 8 absolyut va nisbiy xatoligini hamda o’rtacha qiymatini topish, olingan natijalarni jadvalga yozish, olingan natijalarga suyanib hodisadagi qonuniyatni izohlash amalga oshiriladi. Tajriba o’tkazgan o’quvchi va talabalar laboratoriya daftarida yozma hisobot tayyorlaydilar, olingan natijalar asosida hodisa mazmuni bo’yicha og’zaki hisobot tayyorlaydilar. Og’zaki hisobot laboratoriya ishi tavsifidagi sinash savollariga javoblar topish ko’rinishida ham uyushtirilishi mumkin.

Yüklə 89,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin