Pedagogik texnika haqida


 Talaffuz va nutq sur’ati



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

4. Talaffuz va nutq sur’ati.
O’qituvchi uchun talaffuzning aniq bo’lishi muhim kasbiy sifat bo’lib, 
o’qituvchi nutqining o’quvchilar tomonidan to’g’ri qabul qilinishiga hizmat qiladi. 
Diktsiya – bu so’z, bo’g’in va tovushlarni to’g’ri, aniq va tushunarli talaffuz qilish 
demakdir. 
Talaffuzning aniqligi nutq a’zolari, ya’ni lablar, til, jag’lar, tish, qattiq va 
yumshoq tanglay, kekirdaq, hiqildoq, ovoz paychalarining uyg’un va izchil 
faoliyatiga bog’liq. Nutq tovushlarini hosil qilishda til, lablar, yumshoq tanglay, 
kichik tilcha, pastki jag’ faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq 
qildirish mumkin. 
Agar nutqdan kamchiliklar tug’ma, bo’lsa o’quv mashg’ulotlari yordam 
bermaydi. Unga tibbiy jarrohlik yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga to’g’ri keladi. 
Masalan: til ostidagi tugunchani jarrohlik yo’li bilan to’g’rilash, tishlarni mahsus 
moslama yordamida to’g’rilash, u yoki bu tovushni talaffuz qilish jarayonida 
tilning holatini to’g’rilash uchun mahsus zondlardan foydalanish va sh.k. 
Talaffuzdagi noorganik, ya’ni tug’ma bo’lmagan kamchiliklar uyda yoki 
maktabda bolaning nutqiga e’tiborsizlikning natijasidir. Talaffuzda ko’p uchrab 
turadigan diffekt tez gapirish natijasida paydo bo’ladigani bo’lib, bunda so’zlar 
huddi bir-biriga mingashib chiqayotganga o’hshaydi. Tushunarsiz nutq, 
tovushlarning tishlar orasidan o’tib chiqishi natijasida paydo bo’ladi, bunda so’z 
ohiridagi unlilar yoki so’z orasidagi ba’zi tovushlar tushirib qoldiriladi. Ba’zilar 
yuqori lablarini osiltirib gapirganlarida portlovchi va shovqinli undoshlar to’g’ri 
talaffuz etilmay chiqadi. Diktsiyani rivojlantirish avvalo artikulyatsiyaga – nutq 
organlarining harakatiga bog’liq. Buning uchun mahsus artikulyatsion 
gimnastikadan foydalanish kerak. Bu gimnastikaga, birinchidan, nutq apparatini 
mashq qildirish, ikkinchidan, har bir unli va undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilishga qaratilgan mashqlar kiradi. 
Tabiiyki, nutqda allaqachon ildiz otgan noto’g’ri talaffuz malakalarini tezda 
yo’qotib bo’lmaydi. Buning uchun qattiq mehnat qilish, sabr-matonat bilan 
muntazam mashq qilib borish kerak. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin