Pedagogik texnika haqida


Ovozning egiluvchanligi va harakatchanligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

Ovozning egiluvchanligi va harakatchanligi
ham muhim sifatlardan 
biridir. Bu o’rinda nutq mazmuniga ko’ra ovozni osongina o’zgartira olish 
ko’nikmalari tushuniladi. Balandlik – ovozning ton darajasidir. Inson ovoz 
balandligi jihatdan bemalol ikki aktavagacha o’zgarishi mumkin, biroq odatiy nutq 
jarayonida biz faqat uch besh notalar bilangina cheklanamiz holos. 
Diapazon
– bu ovoz hajmi yoki kengligi bo’lib, uning chegarasi eng past va 
eng yuqori ton bilan belgilanadi. Ovoz diapazonining qotib qolishi monotonlikning 
paydo bo’lishiga olib keladi. Ovozning bir hilda yangrashi idrokni o’tmaslashtiradi 
va uyqu chaqiradi.
YAhshi qurilgan ovozga bo’yoqdor tembr boyligi ham hos bo’ladi. 
Tembr 
– 
bu ovozning rangi, yorqinligi, shuningdek, uning muloyimligi, iliqligi va 
individualligidir. YAngrayotgan ovozda har doim asosiy va qo’shimcha tonlar 
mavjud bo’ladi. Ana shu qo’shimcha tonlar (obertonlar) qancha ko’p bo’lsa, ovoz 
shuncha yorqin, bo’yoqdor va shirali bo’ladi. Ovozning dastlabki tembri 
rezonatorlar yordamida o’zgartirilishi mumkin. Rezonatorlarning ikki asosiy turi 
ajratiladi: yuqori (bosh) va pastki (ko’krak). Bosh chanog’i burun va og’iz 


bo’shlig’i yuqori, ya’ni bosh rezonatorga kiradi. Pastki (ko’krak) rezonatorlarini 
qo’lni ko’krak qafasi ustiga qo’yib (gapirganda) his etish mumkin. Demak, bosh va 
ko’krak rezonator sezgilari yordamida tovush paychalari ishi shunday tashkil 
etiladiki, kekirdakda paydo bo’ladigan ovozning dastlabki tembri bosh va ko’krak 
rezonatorlarida rezonans paydo etiladigan qo’shimcha ton (oberton)ga ega 
bo’ladi.Ovozning bu barcha hususiyatlari mahsus mashqlar yordamida hosil 
qilinadi. Ovoz tarbiyasi – individual va ko’p mehnat talab etadigan jarayon. U 
qat’iy individual metodikani, shuningdek, tajribali mutahassislar tomonidan 
nazorat qilib borishni talab etadi. Ovozni ongli ravishda mashq qildirish natijasida 
uning tembrini o’zgartirish, yoqimsiz bo’yoqlarni bartaraf etish umumiy tonni 
pasaytirish mumkin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, past tonli ovozlar bolalar 
tomonidan yahshi qabul qilinadi, ularga ko’proq yoqadi va ko’proq taassurot 
qoldiradi. Nutq tovushini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarni Z.V.Savkova hamda 
V.P.CHihachyovning teatr va san’at oliygohlari uchun yozilgan ma’ruzachi ovozi 
haqidagi qo’llanmalaridan topish mumkin. 
SHu o’rinda o’qituvchi ovozi gigienasi haqida ham gapirib o’tishni lozim 
topdik. Mahsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ovoz bilanbog’liq kasb egalarida 
ovoz apparatining kasallanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lar ekan. O’qituvchilarda bu 
ko’rsatgich 40.2% ni tashkil etadi. Ovoz sifatining buzilishi sabablari turlicha. 
Ularning asosiy to’rt hili ajratiladi: kundalik ovoz sarflash darajasining yuqoridagi, 
ovoz apparatini ishlatishdagi uquvsizlik, gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, ovoz 
organlarining tug’ma zaifligi. 
Ovozni zo’riqtirish natijasida buzilishi, asosan, o’qituvchi ish vaqtining 
yarmidan ortiqroq qismida faqat o’zi, yana dars vaqtida odatdagidan balandroq 
ovoz bilan gapirishidandir. Ovoz intensivligining oshib borishi sinf shovqinini 
bosish zaruratidan kelib chiqadi. Odatda sinf shovqini o’rtacha 55-72 ditsibelni 
tashkil etsa, sog’lom ovoz intensivligi 65-74 detsibelgacha bo’ladi. Ovozni 
zo’riqtirish nutq apparatidan foydalanishdagi uquvsizlik bilan bog’liq bo’lganda, 
bu holat o’quvchilar bilan salomlashishdayoq namoyon bo’ladi. Bunda o’qituvchi 
qisqa nafas chiqarish jarayonida, ya’ni o’pkada qolgan havo qoldig’i bilan 


gapiradi. Agar nutq etarli nafas tayanchiga ega bo’lmasa, chiqarilayotgan nafas 
qisqa bo’ladi, natijada o’qituvchi tez-tez nafas olib turishiga to’g’ri keladi. Bunday 
holatda o’qituvchi og’zidan nafas olganligi uchun tozalanmagan, namlanmagan 
havoni yutadi, bu esa tomoq va hiqildoqning shilliq qavatini quritadi va 
achishtiradi hamda surinkali tovush hirilashiga olib keladi.
Ana shunday kasb kasaliklari oldini olish uchun ovoz gigienasi bilan 
shug’ullanish, maktabda ishlashning muayyan sharoitlariga rioya qilish kerak. Ish 
kuni yakunlangandan so’ng o’qituvchi 2-3 soat mobaynida uzoq gapirishdan o’zini 
tiyishi kerak. Zarur bo’lganda past ovozda gapirib, qisqa iboralar bilan 
chegaralanishi talab etiladi. 
Dars jadvalini tuzayotganda ishni inobatga olish kerakki, ish staji 10 
yilgacha bo’lgan o’qituvchilarda ovoz apparati 3-4 soatda charchaydi va faqat 1 
soatdan keyin o’z holiga qaytishi mumkin. YUqori ish stajiga ega bo’lgan 
o’qituvchilarda bu holat 2-3 soatda ro’y berishi mumkin. Ular 2 soatgacha 
ovozlariga dam berishlari kerak bo’ladi. 
YUqori nafas yo’llarining sog’lom bo’lishiga, asab tizimini va ovqatlanish 
tartibiga alohida e’tibor berish kerak, ovoz apparati o’tkir, achishtiruvchi taomlarga 
nisbatan sezgir bo’ladi. O’ta sovuq yoki o’ta issiq, achchiq taomlar, alkogol 
ichimliklar, chekish og’iz va tomoq shilliq qavatining qizarishiga olib keladi. 
Tomoq qurib qolishning oldini olish uchun mutahassislar ichimlik sodasi va yod 
aralashmasi bilan chayishini maslahat beradilar. 
Quyidagi maslahatlar ham foydadan holi emas: 
- nutqni monotonligi ham nutq apparati mushaklarini charchatib qo’yadi, 
chunki bunday nutqda faqat bir guruh mushaklar ishtirok etadi, shuning uchun nutq 
qanchalik ifodali bo’lsa, ovoz shunchalik sog’lom bo’ladi; 
- bo’r qipiqlaridan hosil bo’lgan chang ham ovozni emiradi, shuning uchun 
doska artadigan latta doim namlangan bo’lishi kerak; 
- ovoz bilan ishlagandan so’ng sovuq kunlarda tez yurish ham mumkin 
emas, chunki tez yurganda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, natijada ko’p 
sovuq havo nafas yo’lidan o’tadi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin