Pedagogik texnika haqida


 Nutq texnikasi haqida tushuncha



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

1. Nutq texnikasi haqida tushuncha
O’qituvchi nutqini idrok etish va tushinish tinglash jarayoni bilan bog’liq 
bo’lib, bu jarayon, olimlarining hisob kitobiga ko’ra, o’quv vaqtining 
1
/4 yoki 
1/

qismga teng bo’lar ekan. SHuning uchun ham, ma’lumki, o’quvchilar tomonidan 
o’quv materialining to’g’ri idrok etilishi o’quvchi nutqining mukammalligiga 
bog’liq. 
Bolalar o’qituvchining, ayniqsa, nutqiy ko’nikmalariga nisbatan sezgir 
bo’ladi. Qaysidir tovushlarni noto’g’ri talafuz etish bolalar orasida kulgiga sabab 
bo’lish, bir hil ohangdagi nutq zerikishga olib kelishi, noo’hshov ohang, baland 
nutq dildan suhbat qurganda sohtadek qabul qilinishi, o’qituvchiga nisbatan 
ishonchsizlik hissini uyg’otishi mumkin. 
Ba’zilar, ovoz ham, uning tembri ham kishi uchun faqat tabiat in’omi 
bo’ladi, deb hisoblashadi. Ammo zamonaviy eksperemental fiziologiyaning 


ta’kidlashicha, tovushning sifatini tubdan yahshilash mumkin. Ushbu yo’nalishda 
inson o’z–o’zini takomillashtirishning misli ko’rinmagan natijalariga erishganligi 
haqida tarih ham guvohlik beradi. Demosfen haqida, ehtimol, hamma eshitgan 
bo’lsa kerak. U o’zidagi jismoniy nuqsonlarni bartaraf etib, Qadimgi Gretsiyaning 
buyuk siyosiy arbobiga aylangan. SHu tariqa 20 yoshli Mayakovskiy ham odamlar 
odida turib nutq so’zlashga o’zini tayyorlagan. U og’ziga kichik qayroqchalarni 
solib sershovqin Rioni daryosi bo’yida nutq so’zlab, mashq qilgan. 
Bugungi kunda nutq texnikasini egallash bo’yicha qator mashqlar tizimi 
ishlab chiqilgan bo’lib, ular teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan va ular nutq 
nafasi, ovoz va talaffuzga oid ko’nikmalar majmuidan iborat. Ular o’qituvchiga o’z 
nutqi mazmunining butun boyligini etkazish imkonini beradi. 
Ho’sh, nutq texnikasi o’zi nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Bu 
savollarga javob berish uchun avvalo “nutq texnikasi” iborasini tashkil etuvchi 
so’zlarning mohiyatiga e’tiborni qaratamiz. Nutq nima?
O’zbek tilining izohli lug’atida nutq so’ziga shunday ta’rif beriladi: ”
Nutq 
– 
tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so’zlovchining til 
vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi”.
1
Texnika so’ziga esa oldingi ma’ruzalarda to’htalgan edik. 
Texnika 
(yun. 
techne – san’at, mahorat) – bu biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan 
mahorat darajasi, malaka-ko’nikmalar yig’indisi.
2

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin