1-mavzu. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 1. “Falsafa” atamasining mohiyati va mazmuni. “Falsafa” va “faylasuf”
tushunchalarining tarixiy va zamonaviy talqinlari. Hozirgi davr falsafasining
asosiy vazifalari.
2. Falsafaning bahs mavzulari va ularning xilma-xil talqinlari, Abadiy va o‘tkinchi
muammolar. Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o‘rganish va tadqiq etish
masalalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Milliy davlatchilik va milliy
falsafa.
3. O‘zbek falsafasi, uning o‘tmishi va zamonaviy rivojlanishi. Islom Karimov
istiqlol falsafasining asoschisi. Falsafani o‘rganish jarayonida milliy g‘oya va
istiqlol mafkurasining nazariy asoslarini egallash zarurati. O‘zbekiston
taraqqiyotining hozirgi davrida falsafani o‘rganishning ahamiyati.
4. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Individual va ijtimoiy
dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Afsona va rivoyatlar-mifologik
dunyoqarashning g‘oyaviy ildizi. Mifologik dunyoqarashning genezisi va
falsafiy-tarixiy ahamiyati. Doston, hikoyat va xalq og‘zaki ijodining falsafiy
talqini. Diniy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari. Dinning
tarixiy shakllari. Dinning dunyoviy va ilohiy talqini. Teologiyaning falsafiy
masalalari.
5. Falsafa-dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashniig boshqa shakllari bilan o‘zaro
bog‘liqligi. Nazariya va amaliyotning birligi- falsafiy dunyoqarash tamoyili.
Falsafiy dunyoqarashning mohiyati, umuminsoniy va milliy xususiyatlarini
o‘rganishning ahamiyati.
6. Hozirgi davrda O‘zbekistonda yangi falsafiy dunyoqarashini shakllantirish va
komil insonni tarbiyalash vazifalari