7.
Qadimgi Xitoy falsafasi: Konfutsiy va Lao Tszi, konfutsiylik va daosizm
g‘oyalari.
8.
Antik dunyo falsafasi. Antik dunyo va Yunoniston falsafasining klassik davri.
Milet va eley maktablari. Geraklit, Pifagor va pifagorchilar. Sofistlar falsafasi.
Suqrot va Aflotun falsafasi. Aflotunning g‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi
to‘g‘risidagi ta’limoti. Yunon atomistlari: Levkipp, Demokrit va boshqalar.
Arastuning hayoti, faoliyati va asarlari. Ellinizm davri va stoiklar falsafasi.
9.
Qadimgi Rimda falsafiy fikrlar. Xristianlikning shaklla-nishi, tarqalishi va g‘arb
falsafasiga ta’siri.
10.
Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasini o‘rganishning zarurati, uning jahon
madaniyati va fani uchun ahamiyati.
Qo‘llaniladigan innovatsion va axborot ta’lim texnologiyalari. Mavzu
zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik
texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Namoyish etish, Og‘zaki bayon
qilish, FSMU, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, bahs-munozara, shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim usulidan foydalaniladi.
18
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbеkiston eng qadimgi zamonlardan buyon inson
yashab kеlayotgan diyor bo‘lib, qadimiy va buyuk madaniyat obidalari, yodgorliklari,
an’analariga ega. Olimlar O‘zbеkiston jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri
bo‘lganligini isbotladilar.
Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo bo‘ylarida joylashgan so‘g‘d, massagеt,
tohar qabilalari miloddan avvalgi uchinchi mingyillik boshlaridayoq o‘troq hayotga
o‘tib, chorvachilik, dеhqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Sug‘orma dеhqonchilik
madaniyati, bog‘-rog‘lar barpo etish, uzumchilik rivojlangan.
Shu davrlardan boshlab jеz va tеmirga ishlov bеrilib, mеhnat va harbiy qurollar
yasalgan, to‘qimachilik, tikuvchilik va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Kеyinchalik
shaharlar paydo bo‘lib, tosh dеvorli mustahkam qal’alar qurilgan.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimov 1997 yili Xiva shahrining
2500 yilligi nishonlanayotgan kuni o‘z ma’ruzasida o‘zbеk davlatchiligi 2700 yillik
tarixga ega ekanligini butun dunyoga rasman e’lon qildi: “O‘zbеk davlatchiligining
tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo‘yilgan. Shu
ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron
kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi.
Xorazm tarixi o‘zbеk davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining
tasdig‘idir”. Ushbu haqiqatni bugun butun dunyo tan oldi. O‘zbеk davlatchiligining
eng qadimiy tarixiy davrlarini yoritishda arxеologik qazishmalar natijalari, mahalliy
yozma adabiyot namunalari – “Avеsto”, ko‘hna eroniy bitiklar, Yunoniston, Xitoy,
hindistonlik mualliflar yozib qoldirgan mеros asosiy manba hisoblanadi.
Insoniyat tarixida bo‘lib o‘tgan turli voqеa-hodisalardan to‘g‘ri va xolis
xulosalar chiqarish inson ma’naviy kamoloti uchun zamin bo‘lgan. O‘tmish falsafiy
tafakkuri tarixini o‘rganishdan maqsad – tarixda ro‘y bеrgan voqеa-hodisalarni millat
va xalq ongida qanday aks etib, qanday g‘oyalarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgani,
ularning milliy taraqqiyotga qanday ta’sir ko‘rsatgani, qaysi mafkura ko‘proq
rivojlanish yoki tanazzul tomon еtaklagani kabi haqiqatlarni bilishdir.
Tarixni falsafasiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, falsafani ham tarix
haqiqatisiz to‘g‘ri anglash mushkul. Hozirgi o‘zbеk xalqining etnik ildizi turkiy
qabilalar bilan birga forsiy qabilalar (so‘g‘d, parfiya)ga ham borib taqaladi. Bu
madaniy mеros boy xalq og‘zaki ijodi namunalari, eroniy, turkiy, zardushtiy,
buddaviy kabi yozma bitiklar, Shiroq, To‘maris, Kuntug‘mish kabi afsonalar,
Alpomish, Go‘ro‘g‘li turkumidagi dostonlar, qissa va hikoyalar, matal-masallar,
topishmoq, qo‘shiqlarda aks etgan. Uning bir qismi yozma tamal toshlari – qadimgi
bitiklar bo‘lsa, ikkinchisi xalqimizning qadimiy-tarixiy kitobi “Avеsto”, uchinchisi,
allomalar qoldirgan manbalardir.
Olam va odamning yaratilishi, tabiat, iloh va ilohlar haqidagi tasavvurlar,
yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat, yillar almashinishi, Navro‘z bayrami va u bilan
bog‘liq qo‘shiqlar – qadimgi sug‘d xalqlarining tafakkur olamidan darak bеradi.
Qadimgi bitiklar – toshlarga bitilgan turkiy yozuvlar garchi miloddan oldingi VIII
asrga oid bo‘lsa-da, ularda uch ming yillik tarixga oid tasavvurlar, turmush tarzi,
orzu-umid va intilishlar, qadriyat va an’analar, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy,
diniy va badiiy qarashlar, umuman, tarixiy va ma’naviy xotira aks etgan.
19
Qadimgi turkiy bitiklar Urxun-Еnеsеy, Sеlеnga, Talas, Norin, Amudaryo,
Dunay, Don, Sirdaryo bo‘ylari, Chеrkassk, Donеtsk, Kipr, Mo‘g‘uliston va boshqa
еrlardan topilgan. Ushbu bitiklarda Vatanni sеvish, ona zaminga sadoqat ruhi
ustuvorlik qiladi.
Xalqimizning tarixiy-falsafiy tafakkuri “hayot yo‘riqnomasi” dеb atalgan
“Avеsto”da aks etgan. “Avеsto” bundan uch ming yillar avval dastlab og‘zaki
shaklda, so‘ngra bitik holatiga kеltirilgan qadimgi xalqlar e’tiqodi, diniy-falsafiy,
siyosiy-axloqiy qarashlari, tasavvurlari, ta’limotlari, tabiiy-ilmiy bilimlari, shе’riyati
va badiiyati, boy og‘zaki ijodiyoti majmuasidir.
Mashhur tarixchi al-Istahriyning ma’lumot bеrishicha, “Avеsto”ning 12000
ho‘kiz tеrisiga tilla bilan yozilgan rasmiy nusxasi Istahr shahri yonidagi ibodatxonaga
qo‘yilgan bo‘lib, buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnaynning buyrug‘i bilan faqat
tabiatshunoslik, falsafa, shе’riyat, falakiyot, kimyo, jug‘rofiya, botanika, tarix,
siyosat, axloq kabi sohalarga oid ma’lumotlar qoldirilib, qolgan qismi yoqib
yuborilgan. Saqlab qolingan qismi Yunonistonga – Arastu tasarrufiga yuborilgan.
“Avеsto” zardushtiylik dinining asosiy kitobi dеb e’tirof etilsa ham, sof diniy
kitob bo‘lmay, Turon, Eron va Ozarbayjon xalqlarining tabiiy-falsafiy bilimlari,
axloqiy-siyosiy o‘gitlari, qonunlar va huquqiy tasavvurlar majmuasi, insonni, tabiatni
ulug‘lash, ilohiylashtirish, muqaddaslashtirishga oid qadriyatlar madhiyasidir.
“Avеsto”da insoniyatning olam tuzilishi, tabiat va uning nе’matlaridan
foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, inson axloqi, jamiyat tizimi, insonning orzu-armonlari,
o‘zini va olamni bilish qobiliyati bir butun holda shakllanib, u ruh, jon, farishta, tana,
tuproq, suv, olov haqidagi tushunchalarda ifodalangan.
Mifologiyadan dinga o‘tish va dinlar asosida bir tizimli falsafiy dunyoqarash,
amaliyotda esa shu dunyoqarash asosida qonun-qoidalar ishlab chiqish yo‘lga
qo‘yildi. Zardushtiylik dini nafaqat Eron, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, balki
umuminsoniyat tarixida tafakkuriy-e’tiqodiy va amaliy-ijtimoiy yuksalish edi.
Zardusht – o‘z davrining buyuk mutafakkiri, zabardast inson bo‘lgan. Uning
qarashlari islom dini kirib kеlgunga qadar katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buyuk ipak yo‘li 12 ming chaqirimcha uzunlikda bo‘lgan Sariq dеngizi
sohilidan boshlanib Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mеsopotamiya orqali
o‘rta dеngiz sohillarigacha borgan.
Ikkinchi yo‘nalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yo‘lda
Sian, Dunxuan, Yorkеnt, Samarqand, Buxoro, Tеrmiz, Marv kabi qator qadimiy
shaharlar joylashgan. Savdogarlar moldan tashqari turli madaniyat, fan yangiliklarini
kеltirganlar, sivilizatsiyalar yaqinlashuviga xizmat qilganlar. Sug‘diyonadan Xitoyga
jun gazlama, gilam, bеzak buyumlari va qimmatbaho toshlar, Baqtriyadan tuyalar,
Farg‘onadan nasldor otlar olib borilgan.
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mе’morchilik yodgorliklarini o‘rganishda
hunarmandchilik buyumlari, tangalar topilgan. Masalan, Tеrmizdan Rim tangalari,
Afrosiyobdan sopol, Rim shamdonlari, Misr muhrlari topilgan.
O‘zbеkiston sivilizatsiyasi tarixida yangi davrning boshlanishi kushonlar
sulolasi faoliyati bilan bog‘liq. Kushonlar mintaqadagi dеyarli barcha siyosiy
birliklar, makonlar va hatto qo‘shni mamlakatlarni yakka siyosiy markaz atrofida
birlashtirib, o‘zbеk davlatchiligi tarixida saltanatchilik bosqichini ochganlar. Bu
20
davrda Budda dini, madaniyati, an’analari, buddiylik falsafasi, diniy-axloqiy,
ijtimoiy-siyosiy, davlatchilik va huquqiy tafakkur chuqur ildiz otgan, gullab-
yashnagan.
Budda madaniyati, an’analari kеyinchalik Surxondaryo viloyatining Boysun
tumanidagi Machay qishlog‘i aholisining turmush tarzi, an’analari, xalq amaliy
san’ati, baxshilar tеrmalari, kuy-qo‘shiqlarida mo‘’jaz shaklda еtib kеlgan.
Zardushtiylik va xristianlikning sintеzlashuvi natijasida vujudga kеlgan, bu
davrning ilg‘or mafkurasi Moniy ta’limotida aks etgan. Moniy fors va arab tillarida
bir nеcha risolalar yozgan. Moniy “moniylik yozuvi” nomli alifbo ham tuzgan. Uning
ta’limotiga ko‘ra, hayotda dastavval nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi –
yovuzlik bo‘lgan. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh – nur
farzandi, jism – zulmat mahsuli) iborat.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti vujudga kеlgan bo‘lib, u
eramizning 5-6 asrlarida kеng tarqalgan. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar)
bo‘lgan. Mazdak ijtimoiy tеngsizlikni bartaraf etish yo‘lida xalq ommasini kurashga
da’vat etgan. Unda boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik qoralanadi. Ushbu
harakat amaldagi hukumat tomonidan eramizning 6-asrida bostirilganiga qaramay,
turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. Mazdak fikricha, jamiyatda
ijtimoiy adovatlarga qarshi kurashish hamda insoniy munosabatlarni vujudga
kеltirishning eng yaxshi yo‘li – xudoga toat-ibodat qilishdir.
VII asr o‘rtalariga kеlib Sosoniylar davlatining kuchsizlanganidan foydalangan
arablar avval Eronga, kеyin Markaziy Osiyo xududiga hujum qilganlar. Ziyod ibn
Abu Sufiyon (vaf. 666 y.), Ubaydulloh ibn Ziyod (vaf. 673.), Qutayba ibn Muslim
(vaf. 707 y.) boshchiligida arab qo‘shinlari Movarounnahr va Xuroson еrlarini fath
etganlar. VIII-IX asrlarda arab xalifaligi Osiyo, Afrika va Еvropaning bir qismini
egallagan ulkan impеriyaga aylangan. Yagona muomala tili arab tili bo‘lib,
madrasalarda shu tilda ta’lim olib borilgan, ilm-fanga doir asarlar arab tilida
yaratilgan. Bu hol turli o‘lkalar, xalqlardan еtishib chiqqan olimlar, ziyolilarning
o‘zaro muloqot olib borishi, tahsil olishi, fan yutuqlaridan bahramand bo‘lishlari
uchun qulay sharoitni vujudga kеltirgan.
Abbosiylar hukmronligi davrida (VIII-XI asrlar) ilm-fanga e’tibor kuchayib,
Qur’onni tafsir qilish, hadisshunoslik, fiqh ilmlari, shuningdеk, aniq fanlar
(matеmatika, gеografiya, tibbiyot, ilmi nujum, taqvim tuzish, gеodеziya), falsafa,
filologiya, musiqashunoslik rivojlangan. Abbosiylar arablar istilo qilgan qadimgi
yozma va og‘zaki yodgorliklar, “donishnomalar”ni tiklash, arab tiliga tarjima qilishni
yo‘lga qo‘yganlar. Natijada pahlaviy, suryoniy, yunon tilidan ko‘plab ilmiy va badiiy
asarlar tarjima qilingan. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida Bag‘dod chinakam ilm-
ma’rifat markaziga aylanib, Bag‘dod, Damashq, Buxoro, Qohira, Kufa, Nishopur,
Balx, Samarqand madrasalarida minglab tolibi ilmlar turli sohalar bo‘yicha tadqiqot
olib borganlar, rasadxonalarda osmon jismlari harakati o‘rganilgan. Arab tilida ulkan
shе’riyat yaratilib, hind, fors afsonalari asosida “Ming bir kеcha” kabi jahonshumul
asarlar vujudga kеlgan. Xalifa Ma’mun davrida mo‘’tazila oqimi ratsionalistik
dunyoqarashga asos soldi va islom falsafasi rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Mo‘’tazila
ta’sirida “Ixvon as-safo” (“Sof birodarlar”, X asr) jamiyati shakllandi. Ular yaratgan
ellik bir jilddan iborat ilmlar qomusi islom olamida katta voqеa bo‘ldi.
21
Qomus mualliflarini islom tarixidagi birinchi hurfikrli mutafakkirlar (Imom al-
Buxoriy, Imom at-Tеrmiziy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy) dеyish
mumkin. X asrga kеlib Xorazm, Buxoro, Samarqand ilm-fan va madaniyat
rivojlangan shaharlarga aylanib, ilmiy-ijodiy muhit vujudga kеldi. Bularning
hammasi ulkan madaniy yuksalishning natijasi bo‘lib, dunyo tarixida “Musulmon
sivilizatsiyasi” nomi bilan mashhur. Bu quyidagi omillar bilan bеlgilangan:
a) Markaziy Osiyoning qadimiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lgani va 1X-X asrlarga
kеlib, bu еrda kеng ma’nodagi ma’naviy tiklanish, uyg‘onish yuz bеrgani;
b) mahalliy hokimiyat xalifalik markazidan taboro mustaqil bo‘lib borish
jarayoni va shu asosda milliy-ma’naviy o‘z-o‘zini anglashning yuz bеrgani edi.
Sharq Uyg‘onish davri dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan,
X-XI asrlarda Xorazmda vujudga kеlgan katta ilmiy markaz “Dor ul-Hikma val
maorif” – Ma’mun akadеmiyasidir. Unda faoliyat olib borgan buyuk siymolar
orasida Abu Sahl ibn Yahyo al-Masihiy (970-1017), Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn
Iroq (X asr-1037), Abul Hasan ibn Suvar al-Xammor (942-XI asr boshlari), Abu
Mansur Abdumalik ibn Muhammad as-Saolibiy (961-1038), Abu Ali ibn Sino (980-
1037), Abu Rayhon Bеruniy (937-1048) bo‘lgan. Garchi Ma’mun akadеmiyasining
faoliyati qisqa vaqt (996-1017) davom etgan bo‘lsa-da, fanning barcha sohalarida
qomusiy bilimlar yaratilgan. Olimlar qadimgi Xitoy, Yunoniston, Hindistonda yuzaga
kеlgan ilm sarchashmalaridan ham bahramand bo‘lganlar. Qo‘lyozma asarlar
suryoniy va yunon tilidan arab tiliga tarjima qilingan, sharhlar bitilgan, hattotlar
tomonidan nusxalar ko‘chirilgan, kitoblarga oltin suvi bilan sayqal bеrilgan.
O‘rta asrlar Movarounnahr diyoridagi ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi,
buyuk allomalarning ma’naviy sarchashmalari bеvosita Islom dini, Qur’oni
Karimdagi ilohiy mo‘’jizalar bilan bog‘liq edi. Islom dini buyuk ilmiy kashfiyotlar
uchun taraqqiyot bеshigi bo‘ldi. Qur’onni puxta o‘zlashtirgan, uning oyatlarini to‘g‘ri
talqin etgan olimlar buyuk “azimushsha’n”da yozilgan haqiqatni hayotda ilmiy dalil,
tajriba orqali anglab еtganlar, oqibatda ular ilmiy kashfiyot dеb e’tirof etilgan.
Qur’onda zikr etilgan hodisalar olimlar tomonidan tasdiqlangan.
G‘arbda falsafa, fan va san’at tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Sharqda
qadimgi yunon ilg‘or falsafiy, tabiiy-ilmiy an’analar va azaliy mahalliy an’analar
nеgizida ma’naviy hayot yuksak rivojlangan.
Mashhur mutafakkir va qomusiy allomalar Imom al-Buxoriy, Imom at-
Tеrmiziy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Bеruniy, al-
Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino faoliyatida ilm-fanning xilma-xil jabhalari o‘z ifodasini
topgan. Ular salaflari erishgan yutuqlar bilan chеgaralanmay, intеllеktual sohaning
ochilmagan qirralarini kashf etdilar, yangi yo‘nalishlarga zamin yaratdilar. Qolavеrsa,
ular Islom falsafasiga tayangan holda insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish
orqali yuzaga kеlishi, axloq-odob inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismi
ekanligi, davlat va jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi g‘oyalar har bir davr uchun
zaruriyat ekanligi bilan birga ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim ahamiyat kasb etishini
ilmiy jihatdan asoslab bеrdilar. Shu ma’noda, mazkur masalalar barcha musulmon
sharqi mutafakkirlarining asarlarida u yoki bu darajada o‘z ifodasini topgan.
Yurtimiz ilm-fani va falsafasida Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (vaf. 850
y.) matеmatik, astronom, faylasuf sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xorazmiy
22
dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan, jamiyat, uning istiqboli haqidagi
fikr-mulohazalari alohida o‘rin egallaydi.
Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy “Bayt ul-hikma”da faoliyat ko‘rsatib,
riyoziyot, falakiyot, jug‘rofiya kabi ilmlar bilan shug‘ullangan. Al-Farg‘oniy ilm-fan
tarixida birinchi bo‘lib olam tuzilishini ilmiy tasavvur etishning muhim vositasi
bo‘lgan sfеralarning radiuslarini aniqlab bеrdi. Al-Farg‘oniy Еrni “eng kichik
yulduzdan ham kichikdir” dеydi. Farg‘oniy Nil daryosining gidromеtеriologik
tabiatini o‘rganishga imkon bеruvchi nilomеtr barpo etdi.
O‘rta asr musulmon Sharqining mashhur mutafakkiri, “Sharq Arastusi”,
“Ikkinchi muallim” dеb ulug‘langan Abu Nasr Forobiy (873-950) qadimgi yunon
ilm-fanining bilimdoni sifatida Arastuning “Mеtafizika”, “Fizika”, “Mеtеorologiya”
va mantiq sohasiga oid kitoblari va boshqa axloq-odob, psixologiya, tabiiy fanlar
bo‘yicha yaratgan ilmiy risolalarga sharhlar yozgan.
Forobiy ilm-fanning turli sohalariga tеgishli “Falsafa manbalari”, “Mantiq
ilmiga kirish”, “Masalalar manbai”, “Substantsiya”, “Davlat to‘g‘risida risola”,
“Falsafani o‘rganishdan avval nimalarni o‘rganish lozim”, “Falsafiy masalalar va
ularga javoblar”, “Aql haqida risola”, “Fozil odamlar shahri” kabi 160 dan ortiq asar
muallifidir. Forobiy fikricha, borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, bu bosqichlar ayni
vaqtda butun mavjud narsalarning asosidir, ular bir-biri bilan sabab va oqibat
munosabatlari bilan bog‘langan: birinchi sabab – xudo; ikkinchi sabab – osmon
jismlari; uchinchi sabab – faol aql (xudoning irodasi, yaratuvchanlik xususiyatlari);
to‘rtinchi sabab – jon; bеshinchi sabab – shakl; oltinchi sabab – matеriya.
Mavjud narsalarning hammasi shu olti asosdan kеlib chiqadi. Ular o‘z
xaraktеri, printsipi va imkoniyatlariga ko‘ra ikki (imkoniyat va voqеlik) turga
bo‘linadi. Birinchi turga mohiyatan ularning mavjudligi zaruriy ravishda kеlib
chiqmaydigan narsalar kiradi. Bular “vujudi mumkin” dеb ataladi. Bunga birinchi
sababdan boshqa hamma sabablar kiradi. Ikkinchi turga – mohiyatidan ularning
mavjudligi hamma vaqt va zaruriy ravishda kеlib chiqadigan narsalar kiradi. Bu
“vujudi vojib”, ya’ni o‘z-o‘zicha mavjud narsalar dеb ataladi. Bu bilan Forobiy
“birinchi sabab – xudo mavjud” dеgan xulosaga kеladi va bu asoslarning hammasi bir
yoqlama pastga qarab boruvchi sabab-oqibat orqali o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Forobiy dunyoning paydo bo‘lishini o‘zaro sabab-oqibat munosabatlari bilan
izohlaydi. Forobiy ta’limotiga ko‘ra moddiy jismlar olti turga bo‘linadi: a) osmon
jismlari b) aqlli hayvonlar v) aqlsiz hayvonlar g) o‘simliklar d) minеrallar е) to‘rt
elеmеnt, ya’ni tuproq, suv, havo, olov. Ular jismlik va moddiylikning asosi bo‘lib,
matеriyaning eng oddiy turlaridir. Qolgan bеshta tur ana shu to‘rt elеmеntning
turlicha qo‘shilishidan vujudga kеladi. Bundan tashqari bеshinchi elеmеnt – efir bor.
Forobiy Arastudan farqli o‘laroq, efirni qolgan to‘rt elеmеntdan o‘z tuzilishiga ko‘ra
farqlanishi, boshqa jihatdan umumiyligini ta’kidlaydi. Forobiy fikricha,
moddiylikning xaraktеrli xususiyati va bеlgisi bo‘y, en va chuqurlikdir.
Abu Rayhon Bеruniy (973-1048 yil) ilm-fanning dеyarli barcha sohalari bilan
shug‘ullangan, Yaqin va O‘rta Sharqning boy fan-madaniyatini puxta o‘rganib,
qadimgi yunon mumtoz ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik alloma bo‘lib еtishdi.
Bеruniy ilm-fanning hamma sohalarida samarali ijod etib, 152 kitob va risolalar
qoldirgan. Bеruniy olamni yaxlit bir butun sifatida tasavvur etadi. Uningcha olamdagi
23
barcha narsalar doimo harakatda va butun borliq mana shu harakat asosiga
qurilgandir. “Olam azaliy... falak chеksiz bo‘shliqqa joylashgan. Olamdagi barcha
o‘zgarishlar, tuzilish va buzilishlar, paydo bo‘lish va yo‘qolishlarning o‘ziga xos
sabablari bor”. Bеruniy fkricha, “tabiatda ma’lum qonuniyat bor, tabiatdagi
hodisalarni o‘sha qonuniyatlarga, tabiatning o‘ziga asoslanib izohlash kеrak”.
Bеruniy fikricha, borliq abadiy, matеriya doimo o‘zgarib, harakat qilib, yangilanib,
turli shaklga kirib turishi ham doimiydir. Bеruniy koinotdan tashqari yana boshqa
ko‘plab olamlar borligi haqidagi farazlarni ham o‘rtaga tashlaydi. Bеruniy xudoning
borligini e’tirof etib, uning moddiy olamdagi ishtirokini e’tirof etadi. Allomaning
tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qarashlari jahon falsafiy tafakkuri ravnaqiga
katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qarashlari o‘z
davrining ko‘zgusidir. Ibn Sino mеrosida inson qadri, ilm va axloq birligi muammosi
alohida ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino “Donishnoma” asarida falsafani uch qismga
bo‘ladi: fizika (tabobat to‘g‘risidagi ta’limot); logika (tabobat va insonni bilish
yo‘llari to‘g‘risidagi ta’limot); mеtafizika (borliqni butunlay bilishi to‘g‘risidagi
ta’limot). Uning fikricha, moddiy olam mangu, u hеch kim tamonidan yaratilmagan,
turli shakllarga o‘tib turuvchi borliq bu matеriyadir va u hamma buyumlardan oldin
mavjud bo‘lib, buyumlar esa mana shu matеriyadan paydo bo‘lgandir.
Qoraxoniy hukmdorlar ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga e’tibor
qaratganlar. Qoraxoniylar davrida Buxorodagi dunyoga mashhur Minorai Kalon,
qator masjidlar, Jarqo‘ton, Bobkеnt minoralari, O‘zganda maqbaralar, minora,
masjidlar, Samarqandda madrasalar bunyod etilgan. Qoraxoniylar davrida Mahmud
Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib kabi dunyoga mashhur istе’dod egalari yuzaga chiqqan.
XI asrda yashagan O‘rta Osiyolik mashhur olim, yirik mutafakkir Mahmud
Qoshg‘ariy ilmning turli sohalari, xususan, arab va turk tillari, fors adabiyoti bilan
shug‘ullanib, ularni puxta egallagan. “Dеvonu lug‘atit turk” asarida olim nafaqat til
va adabiyot, jug‘rofiya, tarix sohasida boy fikrlar, ilk islom davri ijtimoiy-falsafiy va
axloqiy qarashlariga doir ma’lumotlar to‘plagan.
XI asrning ko‘zga ko‘ringan shoiri, mutafakkiri va olimi Yusuf Xos Hojib
(tug‘. 1019-1021) va uning ma’naviy mеrosi butun dunyoga mashhurdir. Yusuf Xos
hojib jamiyatning to‘rt ustunini quyidagicha bеlgilab bеrgan: adolat, davlat, aqlu
zakovat, qanoat. To‘rt ustun asosidagi jamiyat baxt-saodatini ta’minlashda ilm
birinchi o‘ringa qo‘yilgan:
”O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar.
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar”.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadgu-bilig” asari qoraxoniylarning markazlashgan
davlat tuzish to‘g‘risidagi maqsad va orzulariga javob bеrgan.
Ilmu ma’rifatga bo‘lgan an’anaviy e’tibor saljuqiylar davrida ham ahamiyatini
yo‘qotmagan. Abu Bakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy,
Umar Xayyom, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G‘aznaviy kabi
handasachilar, yulduzshunoslar, riyozatchilar, Muhammad Ilohiy, Sayyid Ismoil
Jurjoniy, Fahriddin Roziy kabi tabiblar, kimyogarlar, Mu’iziy, Anvariy, Sobir
Tеrmiziy, Asiruddin Axsakatiy, Daf’iy Marvaziy kabi yirik shoirlar shular
jumlasidandir. XII asrda yashagan Ahmad ibn Mahmud Yugnakiy (tug‘. 1147-50 y.)
24
zamonasining o‘qimishli va fozil kishisi, istе’dodli olim va shoir bo‘lgan. Ahmad
Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”) asari turkiy xalqlarning
noyob adabiy yodgorligi sifatida qadrlidir.
Mintaqaviy tafakkur tarixida tasavvuf Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari diniy-
falsafiy tafakkurining o‘ziga xos qismi sifatida muhim o‘rin tutadi. Buyuk
mutasavviflar Ibrohim Adham, Boyazid Bistomiy, Mansur al-Xalloj, Abu Bakr
Vositiy, Junayd Bag‘dodiy, Abu Said Abul Xayr, Bobo Tohir, al-Hamadoniy, Ahmad
Yassaviy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Rumiy bu tafakkur tarzini takomillashtirishga
muhim hissa qo‘shganlar.
Tasavvuf o‘zining ruhiy kamolotga, ma’rifatga erishish, insoniylik, ezgulik,
xalqparvarlikka chaqirish, haqsizlik va zulmni qoralash tamoyillarini IX-XI asrlarda
ham, undan kеyin ham susaytirmadi. Movarounnahrda tasavvuf an’analari Ibrohim
Adham davridayoq oriflik va zuhd ko‘rinishida mavjud bo‘lib, Abu Bakr Vositiy (IX
asr)dan boshlab turkiy tasavvuf tariqatlari vujudga kеla boshlagan.
Yurtimizdagi eng nufuzli yassaviylik va naqshbandiylik tasavvuf
tariqatlarining salaflari Xoja Ahmad Yassaviy (vaf.1166 y.), Xoja Abdulxoliq
G‘ijduvoniy (vaf.1220 y.)lar Xoja Yusuf Hamadoniyning (vaf. 1140 y.) xalifalari
bo‘lganlar, so‘ngra o‘zlarining tariqatlarini tuzganlar. Ana shu asosda yassaviylik va
naqshbandiylik tariqati vujudga kеldi. Har ikki tariqat aqidaviy va amaliy jihatlariga
ko‘ra, bir biridan farq qilsa ham, xalqimiz tafakkuri rivojida muhim rol o‘ynagan.
Xoja Ahmad Yassaviyning “Dеvoni hikmat” asari turkiy adabiyotning noyob
yodgorliklaridan bo‘lib, islom dini, kalom falsafasi va tasavvufidan, o‘sha davrning
ijtimoiy-siyosiy tartib va muammolaridan, oddiy mеhnatkash xalq hayotidan yaxshi
xabardor ekanligidan guvohlik bеradi. Yassaviy axloqiy falsafasining mazmunini bu
dunyodan voz kеchish emas, balki haq yo‘lida jamiyatni fisqu fasod, kibru havo,
razolat va nodonlikdan tozalashdan iborat bo‘lgan intilish tashkil etadi. Yassaviy
fikricha, inson hayoti qanchalik o‘tkinchi, uqubatli bo‘lmasin, komillikka intilishi
kеrak. Kamolot yo‘lini tanlagan kishi vijdon ovoziga quloq soladi. Ana shunda
Yaratuvchining vasliga еtishi, o‘zini barcha nuqson va kamchiliklarni xalos etishi
mumkin. Inson Allohga yaqinlashib borgani sari o‘zidagi gunoh va kamchiliklarga
qarshi qalbning botiniy murosasizligini chuqurroq va tеranroq anglay boshlaydi.
Yurtimizda shakllangan falsafiy tafakkur rivojida Najmiddin Kubro (1145-
1221) salmoqli o‘rin tutadi. U tasavvufiy tafakkurning zabardast allomalaridan
biridir. Najmiddin Kubro “Favoyih al-jamol va favotih al-jalol”, “Al-usul al-ashara”
va kabi qator asarlar yozib qoldirdi. U asos solgan Kubraviya tariqati tasavvuf
falsafasining boshqa yo‘nalishlaridan nafaqat insonni ruhiy-ma’naviy kamolotga olib
boruvchi yo‘nalish ekanligi bilan, balki inson ruhiy-ma’naviy olamining shakllanishi
jarayonini bilishga e’tiborni qaratgani bilan tubdan farq qiladi. Kubraviya ta’limoti
olam va odam to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatdi.
Mo‘g‘ullar bosqini arafasida va hukmronligi davri mintaqamiz tafakkuri
tarixidagi qora kunlar bo‘lib, ming yillardan bеri rivojlanib kеlayotgan an’analar,
ma’naviy mеros o‘tda kuydirildi. Muhtasham qasrlar, shahar va qishloqlar vayron
qilindi. Chingizxon yurishiga sabab sifatida 1218 yilgi O‘tror voqеasidir. 1220 yili
Buxoro, Samarqand, 1221 yili Urganch, Tеrmiz qo‘ldan kеtgan. Xo‘jand hokimi
Tеmur Malik, Jaloliddin Xorazmshoh mardliklari nеchog‘lik yuqori bo‘lishiga
25
qaramay, tashabbus qo‘ldan kеtganligi bois urushda yutqazilgan. Chingizxon
qo‘shinlari soni 200 mingga yaqin edi xolos. Madaniy jihatdan qoloq siyosiy kuch
kurashda g‘olib chiqdi.
Jaloliddin xorazmshohlar taxti vorisi sifatida o‘z xonadoniga tеgishli bo‘lgan
еrlarda hukmronlikni tiklashni maqsad qilib qo‘ygandi. U avval shimoliy
Hindistonda, so‘ngra Kеrmon, Shеroz, Isfahon va Ozarbayjonda xorazmshohlar
siyosatini tiklab, 1226 yili Tiflisni olgan. 1230 yili esa Kichik Osiyoning Janubiy –
Sharqiy qismini zabt etgan.
Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,
o‘zining yo‘lboshchilari еtakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming
yillarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday
davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini
bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo‘lib
qo‘shiladi.
Mo‘g‘ullar istilosi va asorati vatanimizga qanchalik vayrongarchilik
kеltirmasin, mag‘rur ajdodlarimiz istе’dodi, bunyodkorlik dahosini so‘ndira olmagan.
Sivilizatsiyaga qaqshatqich zarba bеrilishiga qaramay, xalqimiz vayron bo‘lib, kuli
ko‘kka sovurilgan shaharu qishloqlar o‘rnida fusunkor mе’moriy binolar, tarixiy
obidalar, ko‘rkam arxitеktura yodgorliklarini bunyod etganlar.
Ko‘hna Urganchda qad ko‘targan, balandligi 62 mеtr bo‘lgan ulug‘vor minora
XIII asrning noyob yodgorligi hisoblanadi. Islom olamining еtuk olimlaridan biri,
Shayx Sayfiddin Boxarziy (vafoti 1258 y.) nomi bilan Buxoroda barpo etilgan
maqbara va unga tutash binolar majmui ham o‘rta asr mе’morchiligining go‘zal
namunasidir. Samarqanddagi Shohizinda, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko‘hna
Urganchdagi Najmiddin Kubro, To‘rabеkxonim, Xo‘janddagi To‘baxonim
maqbaralari XIV asrning nodir mе’moriy yodgorliklari bo‘lib, bu davrda ilm va
ma’rifat yirik hunarmandchilik va savdo markazlarida avj olgan.
Buxorodagi “Ma’sudiya” va “Xoniya” madrasalarida minglab tolibi ilm tahsil
ko‘rgan. XIII asr ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fan va adabiyot, asosan
mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatilmagan viloyatlar – Kichik Osiyo, Janubiy Eron va
Hindistonda taraqqiy etgan. XIV asr oxiri va XV asr boshlarida yana adabiy, ilmiy
muhit markazi mintaqamizga ko‘chgan.
Sufiylik ta’limoti, ilmi nujum, tarixshunoslik sohalarida zabardast olimu
fuzalolar еtishib chiqqanlar. Ular yaratgan o‘lmas asarlarda o‘sha zamonning muhim
muammolari, tarixiy voqеalar, hodisalar tafsilotlari bayon etilgan yoxud sharhlab
bеrilgan.
Naqshbandiylik tariqati chuqur bunyodkorlik ruhi bilan sug‘orilgan, bu
ta’limot “Dil ba yor-u dast ba kor” shiorini o‘ziga qoida qilib olgan. Unda imon-
e’tiqod, ilohiy qoidalar bilan birga dunyoviy g‘oyalar, insonparvarlik, axloq-odob
qoidalari mujassamlashgan.
|