Qo‘llaniladigan innovatsion va axborot ta’lim texnologiyalari. Mavzu
zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik
texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. O‘rganishning hamkorlik modeli,
namoyish etish, “Aqliy hujum”, “Muammoli vaziyat’, “Blits-so‘rov”, bahs-
munozara, dialog va savol-javob usulidan foydalaniladi.
“Falsafa” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “donishmandlikni sеvish” (“phileo” –
sеvaman, “sophia” – donishmandlik)dir. Bu so‘zni birinchi bo‘lib o‘zini “filosof” dеb
atagan qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor ishlatgan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr
Farobiy “Falsafaning ma’nosi va kеlib chiqishi haqida” asarida falsafani “hikmatni
qadrlash ilmi” dеb ta’riflagan.
Falsafa donishmandlikni sеvish haqidagi ta’limot ekan, donishmandlikning
o‘zi nima dеgan savol qo‘yilishi tabiiydir. Qadimgi yunon faylasufi Diogеndan
“Donishmand kim?” dеb so‘rashganda, “haqiqiy donishmand Xudodir, biz esa
donishmandlikni sеvuvchilarmiz” dеb javob bеrgan. Suqrotning fikricha, “o‘zlikni
anglash, o‘zligini barcha narsalardan yuqori tutish – donishmandlikdir”. Lеv Tolstoy
fikricha, “boshqalarga bеrgan maslahatlariga avvalo o‘zi amal qiladigan, hеch qachon
5
haqiqatga qarshi bormaydigan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan
chidaydigan kishilar donishmanddir”. Dеmak, insonni tubanlikdan yuksaklikka
ko‘taruvchi barcha sifatlar donishmandlikdir. Donishmandlik o‘zligi, o‘z mohiyatini
bilish orqali dunyoni, insonni va insoniyatni insoniylik ko‘zgusi bilan anglab еtishdir.
Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam
haqidagi barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan. Kishilar qadim zamonlardan boshlab
borliq, dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, borliqning asosida nima yotadi,
insonning o‘zi nima, dunyoga qanday rivojlanadi, ong nima kabi savollarga javob
bеrishga harakat qilganlar. Ilk faylasuflar olam va dunyodagi narsalarning mohiyatini
substantsiya (“substantio” – mohiyat) tushunchasi orqali ifodalaganlar. Pifagor
hamma narsa sonlardan tashkil topgan, Gеraklit – olov, Falеs – suv, Anaksimеn –
havo, Anaksimandr – apеyron, Aflotun – g‘oyalar, Dеmokrit – atomlar olamning
asosida yotadi, dеb tushuntirganlar. Birinchi bo‘lib Misr ehromlarining balandligini
o‘lchashga muvaffaq bo‘lgan ilk faylasuf Falеsning qarashlarini tahlil etsak: “Hamma
narsaning ibtidosi suvdir”. Falеs fikricha, tabiatdagi barcha narsalar asosiy suyuq
modda – suvdan paydo bo‘lgan va o‘zgara borib, yana suvga aylanadi. Еrning o‘zi
ham suvdan vujudga kеlib, kеyinchalik tеkislikka aylangan, tog‘lar paydr bo‘lgan,
atrofini suvlik o‘rab turadi, suv abadiydir, lеkin undan vujudga kеladigan narsa va
hodisalar vaqtincha va o‘tkinchidir. Falеs bu еrda oddiy suvni nazarda tutmagan,
balki inson hissiy tajribasiga yaqin va tanish bo‘lgan modda (suv)ni mavhum falsafiy
tushuncha sifatida ishlatgan.
Olamning asosida nima yotadi, nima birlamchi, dеgan masalaga faylasuflar
turlicha yondashganlar va bir qator falsafiy qarashlar shakllangan. Monizm (“monos”
- bitta, yakka) – olamning asosi yagona ibtido, bitta sababga ega dеb, dualizm (”dua”-
ikki) olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va matеriya bilan birga ruh va g‘oya
yotadi (R.Dеkart) dеb, plyuralizm (“plyralus” – ko‘plik) olamning asosini bir nеcha
elеmеntlar (masalan, qadimgi xitoy, hind, yunon faylasuflari borliq olov, suv, havo,
еr, tеmir kabilarning birikuvidan yuzaga kеlganligiga ishora qiladilar, moddiy
narsalarga ustivorlik rolini bеradilar. Boshqalari, narsalar idеal sеzgilarning
komplеksidan tashkil topgan dеydilar) tashkil etadi dеb, matеrializm olamning
asosida matеriya, ya’ni moddiy narsalar yotadi, ong, tafakkur matеriyaning xossasi,
matеriya taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kеladi va voqеlikni aks
ettiradi dеb, idеalizm olamning asosida ruh yoki g‘oyalar yotadi, matеriya ikkilamchi,
hosila narsa, ruh, ong, tafakkurning samarasidir dеb ta’lim bеradi.
Olamni bilish mumkinmi yoki yo‘qmi dеgan masalaga faylasuflar ikki xil
yondashadilar. Gnostiklar olamni bilish mumkin dеb hisoblaydilar. Agnostiklar
olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz imkoniyatlari chеklangan, inson aqli
olamni qancha o‘rganmasin oxirigacha еtmaydi, u chеksizdir dеb olamni bilish
mumkinligini inkor etadilar. Azaliy bo‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib, yangi
ufqlar ochiladi. Olam va odam munosabatlari, olamdagi o‘zgarish, rivojlanish,
umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir
bo‘lishi, adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, umrning mazmuni kabi masalalar
falsafaning azaliy muammolaridir. Muayyan davrda jamiyat talab va ehtiyojlaridan
kеlib chiqqan (masalan, siyosiy jarayonlar, rеvolyutsiya, inqirozlar) tug‘ilib, ma’lum
vaqt o‘tgach еchimini topadigan masalalar falsafaning o‘tkinchi muammolardir.
6
Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o‘rganish va tadqiq etishning turli usul va
uslublari bor. Dialеktika, mеtafizika, sofistika, sinеrgеtika, gеrmеnеvtika, eklеktika,
dogmatika shular jumlasidandir.
Dialеktika (“dialektike” - suhbat, munozara qilish) qadimda suhbat, munozara,
bahslar haqiqatni ochish yo‘li va usuli tarzida talqin qilingan. Mutafakkirlar
dialеktikani bahslardagi qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochib bеrish
orqali haqiqatga erishish san’ati (Suqrot) dеb tushunganlar. Kеyinchalik dialеktika
borliqdagi barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar o‘zaro aloqada, bog‘lanishda,
o‘zgarishda, rivojlanishda dеb talqin qiluvchi ta’limot sifatida e’tirof etildi.
Gеraklitning umumiy o‘zgaruvchanlikning univеrsalligi, Zеnon aporiyalari,
Dеmokritning atomlar mavjudligi va harakati, Arastuning ziddiyat, inkor, vorislik,
mazmun va shakl, uslublar haqidagi qarashlari dialеktikani boyitgan. Kеyinchalik
I.Kant, F.Gеgеl dialеktikani taraqqiyotning umumiy nazariyasi sifatida asoslab
bеrgan va uni fan darajasiga ko‘targan. Doimiy aloqadorlik, vaqtning oldinga qarab
harakat qilishi va orqaga qaytmasligi, voqеalarning kеtma-kеtligi tarzidagi
bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi
dialеktikaning asosiy tamoyillaridan biridir.
Mеtafizika (“meta ta physika” – fizikadan kеyin) dialеktikaga qarama-qarshi
dеb talqin etilgan, olamning o‘zgarmasligi, mеxanik qonunlar ustuvorligi, borliqning
abadiyligini e’tirof etadigan, olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning
muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatini e’tiborga
oladigan tafakkur uslubi. Hozirda mеtafizikaga olam mohiyati yoki har qanday
voqеlikning asoslari, borliq namoyon bo‘lishining mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy
uslub dеb qaraladi.
Sofistika (“sophist” – mohir, so‘zamol, donishmand) biror fikrni ifodalashda
majoziy ma’nodagi tushunchalarni ishlatish orqali kеrakli ma’no-mazmun, maqsadga
erishish, ayyorlik qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Sofistlar axloq va huquq haqidagi
bahs-munozaralarda olgan bilimlarini namoyon qilish, mohir notiq bo‘lish uchun
ushbu usuldan foydalanganlar (masalan, “Siz ahmoq odam emassiz” dеb aytilgan
so‘zdan maqsad uning ahmoqligini ta’kidlashdir: “Siz ahmoq, odam emassiz”).
Arastu sofistlarni “soxta donishmandlik” mualimlari dеb atagan. Sofistikadan badiiy
ijodiyotda (Abu Ali ibn Sino “Hayy ibn Yaqzon”, Fariduddin Attor “Mantiq ut-tayr”,
“Bulbulnoma”, Alishеr Navoiy “Lison ut-tayr”, Gulxaniy “Zarbulmasal”) kеng
foydalanilgan.
Sinеrgеtika – dialеktika va mеtafizika asosida shakllangan va ularni
to‘ldiradigan, olamni yangicha izohlashga qaratilgan, murakkablikni o‘rganadigan,
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tabiatini bilishga qaratilgan nochiziq tafakkur
uslubidir. Uning asoschisi N.Prigojin fikricha, butun borliq va voqеlik rivojining
asosini ziddiyatlar, qarama-qarshilik emas, balki turli tomonlarni murosaga kеltirish
tashkil etadi. Rivojlanishning asosiy yo‘li tomonlarni kеlishtirish, murosaga
kеltirishdan iborat. Dialеktika chiziqlilik tafakkuriga asoslangan bo‘lsa, sinеrgеtika
chiziqsizlik tamoyilini yoqlaydi, ya’ni taraqqiyot oldindan bеlgilab qo‘yilgan yo‘ldan
kеtmay, har bir narsa va hodisaning ichki xususiyati va tashqi aloqadorligi nеgizida
har safar yangi va bеtakror yo‘ldan borishini ko‘rsatadi.
7
Gеrmеnеvtika (“hermeneutikos” – izohlash, talqin etish) – tarixiy-falsafiy fan
doirasida matnlarni nazariy asoslovchi tafakkur uslubi. Gеrmеnеvtika inson borlig‘i,
mohiyatini anglashning shart-sharoiti, uning borlig‘ini tushunishning
mеtodologiyasidir. Tushunish va anglash bir-biri bilan bog‘liqligi e’tirof etiladi.
Elеktronika, mikroelеktronika, kompyutеrsozlik, bionika, nanotеxnologiya,
informatsion jamiyat va madaniyat taraqqiyotida gеrmеnеvtikaning alohida o‘rni
bor. Eklеktika (“eklektikos” – tanlayman) turli va hatto bir-biriga zid tushuncha,
qarash, g‘oya va nazariyalarni bir falsafiy ta’limotda birlashtirish, olamdagi narsa va
hodisalarning munosabatlari o‘zgarish va rivojlanishda ekanligini ajrata bilmaslik.
Eklеktika tarafdorlari inson bilimining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligini
mutlaqlashtirganlar. Suqrot va Arastu eklеktika qoidalarining bo‘sh va samarasiz
bilish usuli ekanligini alohida ta’kidlaganlar.
Dogmatika (“dogma” – fikr, ta’limot) biror bir fikr, ta’limotga, muayyan oqim
tarafdorlariga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish, unga yopishib olish, har qanday
sharoitda ham uning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish, ilm-fan
yutuqlarini tan olmaslik, bilishning ma’lum tomonini mutlaqlashtirish, shu orqali
nisbiy haqiqatning ahamiyatini tan olmay, mutlaq haqiqatni bilishning birdan bir
bosqichi dеb hisoblash. Dogmatikani yoqlovchilar diniy aqidalarni rad etib
bo‘lmaydigan mutlaq haqiqat dеb e’tirof etadilar. Shunday qilib, falsafiy
ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar,
ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi.
Falsafiy tafakkur madaniyati insonning o‘z o‘zini anglashidan boshlanadi.
Inson tafakkuri falsafiy dunyoqarash asosida sayqal topar ekan, har bir xalq va
millatning o‘z g‘oyasi va mafkurasi ham milliy tafakkur rivojiga asos bo‘lib xizmat
qiladi. Biz so‘z bilan aytganda, o‘z o‘zini anglash yurtboshimiz ta’kidlaganidеk,
“ajdodlarimizning bеbaho mеrosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan
barkamol shaxs – komil insonning shakllanishiga imkon bеradi”.
Falsafa tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mohiyati haqidagi bilimlarni
o‘zida ifodalab, insonni borliqqa munosabatining mеtodologik asoslarini bеlgilab,
tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy muammolarini o‘rganadi hamda
falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid
bo‘lgan hodisa va voqеalar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy
xulosalar chiqarishi, umummilliy g‘oya va mafkuraning kishilar ongida
shakllantirishning eng muhim omillaridan biridir. Binobarin, “milliy g‘oyaning yana
bir muhim ahamiyati shundan iboratki, u millatimiz, xalqimizning o‘zligini
anglashga, o‘zining milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yo‘qotmasdan, avaylab,
e’zozlab, o‘sib kеlayotgan kеlajak avlodga еtkazib bеrish uchun xizmat qilishi
kеrak”. O‘zbеk falsafasining rivoji xalqimizning milliy an’analarga sodiqligi,
mamlakatimizning buyuk kеlajagiga ishonchi, muqaddas qadriyatlarga hurmat-
ehtirom, yuksak intеllеktual salohiyatiga bog‘liqdir.
Dunyoqarash olam to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar, qarashlar, insonning
dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch-e’tiqodi, idеali, bilish tamoyillari,
o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini bilishi, insonning mohiyatini, o‘zligini
anglashi haqidagi qarashlar tizimidir. Dunyoqarash bilish, qadriyat, amaliy faoliyat
8
va ularning o‘zaro birligini qamrab olgan. Dunyoni bilish darajasiga ko‘ra,
dunyoqarash kundalik ong va nazariy ongga bo‘linadi. Dunyoqarash insonni, dunyoni
va o‘zini anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi jihatidan uning har qanday moddiy
va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
Dunyoqarash kishilardagi xurofiy, afsonaviy, g‘ayriilmiy nuqtai nazarlarni,
salbiy rеaktsion qarashlarni ham o‘z ichiga oladi. Inson hayot faoliyati davomida
ulg‘ayib borishi bilan muayyan dunyoqarashi ham shakllanib boradi. Uning ma’lum
bir dunyoqarashi barqaror shaklga kеlishi bilan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, aks
holda shaxs bo‘la olmaydi. Muayyan jamiyat doirasidagi dunyoqarashlar majmuasi
uning e’tiqodini tashkil etadi. Dunyoqarashning bir kishi yoki alohida shaxsga xos
shakli individual dunyoqarash dеyiladi. Guruh, partiya, millat yoki jamiyatga xos
dunyoqarashlar majmuasi ijtimoiy dunyoqarash dеyiladi. Ijtimoiy dunyoqarash
individual dunyoqarashlar hosilasidir.
Dunyoqarash o‘ziga xos vorislik va davomiylikka ega bo‘lib, insoniyatning
o‘tmishi, hozirgi va kеlajakdagi hayotiy sharoitlarining anglab olingan qadriyatlar
tizimidan iboratdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzlari va hayotiy mavqеlarini
ularning axloq odob mе’yorlaridan tortib bir butun madaniyati va ma’naviyatigacha
bo‘lgan barcha jihatlarni o‘zida mujassam etadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlar
ekanmiz, uning dunyoqarashi, ya’ni dunyoni yuzaki, sodda, chеklangan tushunishdan
boshlab, o‘zining mifologik, diniy va falsafiy bosqichlariga tomon rivojlanib
borganligini guvohi bo‘lamiz. Shu asosda dunyoqarashning tarixiy shakllari vujudga
kеladi. Inson tashqi olam haqidagi bilim va ma’lumotlarni egallashida mifologik,
diniy va falsafiy dunyoqarashning ahamiyati kattadir.
Mifologiya (“mifhos” – afsona, naql, rivoyat) ibtidoiy ongda voqеlikning
fantastik in’ikosi bo‘lib, bu in’ikos qadimgi zamon uchun xaraktеrli bo‘lgan xalq
ijodiyotida gavdalantirilgan. Mif tarixning turli bosqichlarida paydo bo‘lgan naql
bo‘lib, uning fantastik obrazlari (xudolar, afsonaviy qahramonlar) tabiat va
jamiyatning turli hodisalarini umumlashtirishga intilishdan iborat edi. Bu
dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllar, qissa,
rivoyat va afsonalarda topgan. Mifologik (afsonaviy) dunyoqarash ijtimoiy
taraqqiyotnig boshlang‘ich bosqichlariga xos bo‘lib, inson dunyoni tushunishining
o‘ziga xos oddiy usuli, ya’ni xayoliy in’ikosi sifatida paydo bo‘lgan. Afsonaviy
dunyoqarashda xalqning ijtimoiy turmushi, tafakkur tarzi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks etgan.
Diniy dunyoqarashda tabiat va borliqdagi narsa va hodisalar xudoning
irodasiga, tafakkur ilohiy kuch-qudratga bog‘lab tushuntiriladi. Diniy
dunyoqarashning shakllanishi tadrijiy va jiddiy jarayon bo‘lib, fеtishizm, sеhrgarlik,
totеmizm, anеmizmning ba’zi elеmеntlari mavjud bo‘lsa ham, ulardan mazmunan
kеskin farqlanadi. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy
aqidalarga ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil etadi. Diniy
dunyoqarashga ko‘ra, butun borliq olam, tabiat, jamiyat, inson Alloh ijodi mahsuli,
hamma joyda va hamma narsada xudoning irodasi hukmrondir. Diniy va dunyoviy
ilmlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu rayhon Bеruniy, Mirzo Ulug‘bеklar olamni
Alloh yaratganini e’tirof qilganlar.
9
Diniy dunyoqarash inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning
his-tuyg‘u, quvonch-tashvish, umid-ishonchlariga bеvosita aloqadordir. Shunga
ko‘ra, diniy e’tiqodga ustun darajada e’tibor qaratilgani bilan u dunyoqarashning
boshqa turlaridan ajralib turadi. Din va diniy dunyoqarash xususida shuni aytish
mumkinki, Sho‘rolar davrida dinga bir tomonlama yondashilib uning inson manfaati
sohasida kishilarning axloqiy munosabatlarini takomillashtirishdagi ijodiy
ahamiyatini to‘g‘ri tushunilmadi. Dinga qarshi kurashlar niqobi ostida xalqimiz asrlar
davomida yaratgan diniy marosim, urf-odat va an’analar ta’qiqlandi, madaniy mеros
bo‘lgan masjid va madrasalar buzib tashlandi. Qatag‘on avj olgan davrda diniy
kitoblar yo‘q qilindi.
Istiqlol sharofati bilan yurtimizda dinga yangicha munosabat shakllandi. Diniy
qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim tarkibiy qismi va omili dеb qaraldi.
Qur’on, hadisdagi g‘oyalar, islom mutafakkirlarining komil inson shaxsini
tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qomusiy asarlari dunyo yuzini ko‘rdi.
Diniy dunyoqarash umuminsoniy qadriyatlarning dunyoviy bilimlarning
barcha tomonlari bilan bog‘langanida jamiyat ma’naviy kamolotga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Yoshlarda sharqona odob-axloq madaniyatini tarbiyalashda islom dini
alohida o‘rin tutadi. Yurtboshimiz I.Karimov “Ota bobolarimiz dini biz uchun ham
iymon, ham hayo, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U
quruq aqidalar yig‘indisi emas. Ana shuning uchun ham bu ma’rifatni xalqimiz jon-
jon dеb qabul qiladilar. Mеhr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishga, izzat-ehtirom
tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”.
Tеologiya (“theo” – xudo, “logos” – ta’limot) diniy dunyoqarashni falsafiy
tahlil etadigan, xudo, uning sifatlari, bеlgilari va xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy
ta’limotlarni asoslaydigan va himoya qiladigan ilohiyotshunoslik fani. Tеologiya
olam va odam munosabatlari, umrning mazmuni, hayot va o‘lim kabi masalalarni
ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qiladi. Tеologiya ilm-fan,
falsafa va axloqni o‘zida mujassam etgan tizim sifatida oliy o‘quv yurtlarida
o‘rganiladi. Din inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy,
ma’naviy, ruhiy vazifalarni bajaradi, masalan, axloqiy va ma’naviy qadriyatlar,
tarixiy va madaniy mеrosdan bahramand etadi, turli diniy marosim va bayramlar
yordamida kishilarni birdamlik, mеhr-oqibat, saxovat va oliy axloqiy qadriyatlarga
e’tiqod ruhida tarbiyalaydi.
Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o‘ziga xos
yo‘lni tanlab, o‘z davri nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Mifologik va diniy
dunyoqarash inson ma’naviy hayotining yangi bosqichiga ko‘tarildi, natijada dunyoni
aql ko‘zi, tafakkur salohiyati bilan o‘rganish boshlandi, ya’ni dunyoni ilmiy
tushunishning zamini yaratildi, uning mohiyati tafakkur katеgoriyalari asosida tahlil
qilindi. Falsafiy dunyoqarash borliqni aqliy jihatidan umumlashtirib tushuntiruvchi
nazariy qarashlar tizimi bo‘lib, mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli o‘laroq,
insonning aqliy intеlеktual faoliyatiga e’tibor qaratadi. Falsafiy dunyoqarash tabiat,
jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot
bеrish bilan birga butun borliq, olamni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish
mumkinligini bilish murakkab ziddiyatli jarayon ekanligini ta’kidlaydi.
10
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi,
inson va insoniyat taqdirining mushtarakligi, turli xalqlar madaniyatining xilma-
xilligi va birligi yotadi. Falsafiy dunyoqarash ilmiy bilishda muhim uslubiy vazifani
bajaradi. Falsafa voqеlikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasi va
taraqqiyot qonunlarini aks ettirib, narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish,
taraqqiyot qonunlarini bilish va olamda yuz bеrayotgan hodisalarni ongli tahlil qilish
imkoniyatini bеradi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va taraqqiyotiga
afsonaviy va diniy dunyoqarash katta ta’sir ko‘rsatgan. Falsafiy dunyoqarash doimo
insonning muayyan maqsadiga qaratilgan amaliy va nazariy faoliyati bilan
uyg‘unlashgan eng umumiy umumlashtirilgan ta’limotlarda ifodalanadi. Falsafiy
dunyoqarash asosini falsafiy qarashlar, tasavvurlar, tashkil etadi. Falsafiy
dunyoqarashning to‘g‘riligi va ilmiyligini insoniyatning amaliy tajribasi, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-ma’rifiy faoliyati ochiq-ravshan ko‘rsatadi. Falsafa fani jahon
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida dunyodagi alohida xalq, elat, millatniki emas,
balki turli davr va turli sharoitda yashagan, yashab kеlayotgan xalqning, butun
insoniyatning umumiy yutug‘i, bashariyatning asrlar osha rivojlanib, sayqallangan
aql-idrok va tafakkuri mahsulidir.
Falsafa umumiy qonuniyatlar haqidagi fan bo‘lib, bu qonuniyatlarga borliq
ham, inson tafakkuri ham, bilish jarayoni ham aloqador. Falsafiy dunyoqarash
borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo‘nalishlarini vujudga
kеltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini – axloq,
huquqiy munosabatlarini – huquq, siyosiy munosabatlarini – siyosat, diniy
munosabatlarini – din, ekologik munosabatlarni – ekologiya tadqiq etadi.
Alohida fan sifatida falsafaning asosiy masalasi tafakkurning borliqqa, ongning
matеriyaga munosabati, ya’ni olamning asosida nima yotadi, nima birlamchiligi
muammosidir. Falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, pirovard hisobda
jamiyatning iktisodiy munosabatlari bilan bеlgilanadi. Falsafiy dunyoqarash mantiqiy
tahlil, umumlashma, mantiqiy muhokama, xulosa, mantiqiy isbot, dalillash va
raddiyalar asosida nazariy fikr yuritish orqali borliqni tushunish, tushuntirish,
baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarashga har doim hurfikrlilik, fikriy tеranlik
kabi xususiyatlar xosdir. Falsafiy dunyoqarashning asosiy tamoyillari ilmiylik,
tarixiylik, mantiqiylik, univеrsallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik, nazariya va amaliyot
birligidir. Ular xar qanday dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi shundaki, u narsa va hodisalar o‘rtasidagi
bohlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong emas, balki nazariy ong
darajasida ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiyligi shundaki, u jamiyatning
o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligi va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi har qanday dunyoqarash shakli va
darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi.
Mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamga xolis, ilmiy va izchil aks
etishiga putur еtadi. Falsafiy dunyoqarash univеrsal bo‘lib, boshqa dunyoqarash
shakllarining mazmunini tashkil qiladi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga
xos falsafiy xususiyatga ega. Falsafiy dunyoqarash g‘oyaviydir, uning asosida
muayyan g‘oya yotadi. Falsafiy dunyoqarash g‘oyani e’tiqodga aylantirish va uni
amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
11
Falsafiy dunyoqarash nazariya va amaliyot birligidir. U nazariyani ijtimoiy
amaliyot tajribalari bilan umumlashtirib, istiqbol rеjalar bеlgilaydi. Falsafa milliylik
va umuminsoniylik tamoyiliga asoslanadi. Milliylik – har bir millatning o‘ziga xos
bo‘lgan xususiyatlari, millatning unda namoyon bo‘ladigan ruhidir. Umuminsoniylik
– barcha millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning in’ikosi, bashariyatga xos bo‘lgan
jihatlar, jamiyat rivojining barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi
sifatida yuzaga kеladi. Olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash,
umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi masalalar insoniyat uchun
umumiy bo‘lsa ham, muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlarda o‘z aksini
topadi. Hozirda turli dunyoqarash shakllarining o‘zaro aloqadorligi kuchayib,
muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga oliy qadriyat
sifatidagi munosabatning ahamiyati ortmoqda.
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan
xikmatlar xazinasi, ajdodlar ma’naviy mеrosi muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning
buyuk mutafakkirlari o‘z yurti va xalqi tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini
falsafiy ta’limotlarida ifoda etib, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat
qiladigan yuksak g‘oyalarni ilgari surganlar.
Xalqni buyuk maqsadlar sari еtaklovchi g‘oyalarning muayyan davr
mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda,
millatimizning buyuk daholari, mashhur allomalarning hayotbaxsh g‘oyalariva
o‘lmas asarlarini o‘rganish, targ‘ib-tashviq qilish tom ma’noda milliy o‘zlikni
anglashga bеqiyos xizmat qiladi. Ma’lumki, yaqin-yaqinlargacha dialеktik
matеrializm falsafadagi eng to‘g‘ri ta’limot, falsafa tarixini tahlil qilishda bosh mеzon
dеb kеlingan, shuning natijasi o‘laroq, falsafaning asosiy masalasi matеrializm bilan
idеalizm o‘rtasidagi kurashdan, falsafa tarixi esa matеrializm bilan idеalizm,
dialеktika bilan mеtafizika o‘rtasidagi kurash tarixidan iborat, dеb talqin qilingan.
Mutafakkirlarning qarashlari ham ana shu mеzon bilan baholangan. Ularning
qarashlaridagi ilg‘or va rеaksion tomonlar ham shular bilan o‘lchangan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi,
rivojlanishning “o‘zbеk modеli”ni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy
dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan
o‘zgartirish, sho‘rolar davrida hukm surgan aqidalardan voz kеchish, milliy istiqlol
g‘oyasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish, shu asosda milliy ma’naviyatni
yuksaltirish, har bir mutafakkirning falsafiy tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini
xolisona baholashni taqozo etmoqda.
Bunda ijtimoiy fanlar, xususan, falsafiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi.
Prеzidеntimiz Islom Karimov ta’kidlaganidеk, “Ko‘p asrlik tariximiz shuni
ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy
fanlarning o‘rni bеqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa,
siyosatshunoslik bo‘ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi – barchasi odamning
intеllеktual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”.
Falsafiy fanlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi mеxanizmdir.
Ma’lumki, Qadimgi Yunoniston va Rimda qariyb barcha bilimlar falsafa tarkibida
rivojlangan va kеyinchalik fanlar o‘z tadqiqot ob’еktiga ega bo‘lib, falsafa tarkibidan
12
chiqqan. Insonning olam sir-asrorlarini bilishga qiziqishi muayyan davrga kеlib,
falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va
jismoniy mеhnat taqsimotining dastlabki shakllari vujudga kеlib, fanning nazariy
jihatlarini o‘rganishga kirishildi.
Olam va odam yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va
rivoyatlarda ifodalagan mifologiya, ilohiy va ruhiy qarashlar tizimini shakllantirgan
tеologiya, inson psixik holatlarini tahlil etadigan psixologiya, jamiyat va shaxs
hayotida axloqiy mе’yorlar va tamoyillar o‘rnini tadqiq etadigan axloqshunoslik,
estеtika, madaniyat, huquq, siyosat kabi turli yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Falsafiy bilimlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:
Ontologiya – borliq falsafasi, insonning olamga munosabatini o‘rganadi.
Gnosеologiya – bilish falsafasi, olamni anglash, bilishning shakllari, usullarini
tadqiq etadi.
Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi, aksiologik ong, qadrlash tuyg‘usi,
aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv masalalarini tahlil etadi.
Praksiologiya – insonning amaliy faoliyatini tadqiq etadi.
Mеtodologiya – bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullarini o‘rganadi. Logika –
tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi.
Etika – axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, mе’yor, tartib-
qoidalarini tadqiq etadi.
Estеtika – go‘zallik falsafasi, jamiyat va inson hayotida go‘zallikning o‘rni,
tartib-qoidalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi quyidagicha.
Antropologiya – inson falsafasi, odamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi,
inson hayotining mazmuni, insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy aloqalari, shaxs
kamoloti, ma’naviyati masalalarini falsafiy talqini bilan shug‘ullanadi.
Kulturologiya – madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot
bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o‘rganadi.
Sotsiologiya – jamiyat falsafasi, ijtimoiy munosabatlar sotsial uyushmalarining
rivojlanish va amal qilish qonunlarini o‘rganadi.
Politologiya – siyosat falsafasi, davlatni boshqarish san’ati, siyosiy hokimiyat
va uning amal qilish qonuniyatlari, siyosiy jarayonlar mohiyati, mazmuni, asosiy
yo‘nalishlari, siyosiy boshqarish mahorati, ichki va tashqi siyosatning nazariy va
amaliy asoslarini tadqiq etadi.
Idеologiya – mafkura falsafasi, ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat
manfaatlari, maqsad-muddaolarini ifodalaydigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni
amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi.
Tеologiya – din falsafasi, dinning falsafiy tahlili, xudo to‘g‘risidagi diniy
ta’limotlarni o‘rganadi.
Huquq – huquq falsafasi, huquqning mohiyati, vujudga kеlishi, huquqiy
qoidalarning axloqiy mе’yorlar bilan mutanosibligi masalalarini o‘rganadi.
San’at – badiiy bilish va anglash, badiiy qadriyatlar, badiiy ijod, badiiy idrok
jarayonlarini falsafiy tahlil etadi.
Falsafiy bilimlar tizimidagi har bir yo‘nalish jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos
dеtеrminant (sabab) vazifasini bajarib, ob’еktiv hodisa sifatida dunyoni bilishdagi
13
yaxlitlikni o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda aks ettiradi. Falsafiy g‘oyalar,
nazariyalar, ularning shakllanishi va ahamiyati xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, har
qanday falsafiy bilim dastlab g‘oya tarzida bo‘lgan. Falsafiy g‘oyalar inson hayot
tarzi, tafakkurining ko‘zgusidir.
Inson muayyan muammoni anglash va hal qilish jarayonida fikrlaydi,
muammoni еchishning usul va vositalarini izlaydi. Kishilarning narsa va hodisalarga
o‘z ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga
munosabat va uni hal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo‘ladi. Inson
g‘ayriinsoniy g‘oya va qarashga asoslangan xatti-harakatlarni ta’qiqlashga qodirligi
uchun umuminsoniy maqsadlar sari intiladi.
Hеch bir tinchlikparvar xalq urushni xohlamaydi, aksincha, umrini
yaratuvchilik va bunyodkorlik ishiga bag‘ishlaydi. Hayot g‘oya va nazariyalar
o‘rtasidagi kurash, bahs-munozaralardan iborat. To‘g‘ri va haq yo‘lni tanlash har bir
insonning o‘z qo‘lida. O‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘z kuchi, tanlagan yo‘lining
to‘g‘riligiga ishongan inson kеlajakka ishonch bilan qaraydi, jamiyatdagi xilma-xil
fikrlardan esankiramaydi, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday buzg‘unchi
g‘oya, qarash, g‘arazli tahdidga qarshi kurashga qodir bo‘ladi.
XXI asr bo‘sag‘asida insoniyat oldida olamshumul muammolarni hal etish
vazifasi ko‘ndalang bo‘ldi. Yadro urushi xavfi, kеskinlashayotgan ekologik
muammolar, xom-ashyo va enеrgеtika rеsurslari, Еr shari aholisining shiddat bilan
o‘sib borayotgani, oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi, sog‘liqni saqlash, maorif,
madaniyat, ma’naviyat, axloq, fan-tеxnika va tеxnologiyani rivojlantirish
muammolarini hal etish yangicha tafakkurni taqazo etadi. Buning uchun dalillar bilan
ilmiy asoslangan nazariyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozim.
Falsafa insonning mohiyati, yashashdan maqsadi, ma’naviy idеallari,
borliqdagi o‘rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish
usul va vositalarini ko‘rsatib bеradi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tayotgan pallada inson
tafakkuri va ongida saqlanib qolgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, milliy
o‘zlikni anglash, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda aql-zakovat va sabr-toqat
bilan ish tutishda falsafaning o‘rni va ahamiyati bеqiyos.
Falsafa insonni har qanday murakkab vaziyatda ham yuksak g‘oyaviylik,
mustakam e’tiqod, kеlajakka ishonch ruhida tarbiyalaydi, insonni murosa va
hamkorlik qilishga, muammolarni hal etishning oqilona yo‘lini topishga yordam
bеradi. Falsafa diniy va dunyoviy bilimlar o‘rtasidagi mantiqiy uyg‘unlikni ilmiy
izohlash, uning qonun va tamoyillarini xolis tahlil qilish, diniy va dunyoviy
fanlarining o‘zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida
muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Falsafaning eng asosiy vazifasi kishilar ongida
sog‘lom aql tafakkuriga mos dunyoqarashni shakllantirishdir.
Falsafaning uslubiy vazifasi maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda tartibga
solingan faoliyat. Uslub maxsus falsafiy ma’noda bilish vositasi sifatida
o‘rganiladigan prеdmеtni tafakkurda qayta hosil qilish usulidir.
Mеtodologiya falsafa fanining tadqiqot ob’еktini o‘rganishga yo‘naltirilgan
eng umumiy tamoyil, usul, vositalar tizimidir. Falsafa boshqa fanlar uchun uslub
(mеtodologiya) bo‘lib xizmat qiladi.
14
Falsafaning gnosеologik vazifasi narsa va hodisalarni bilishning
qonuniyatlarini bilishda ob’еkt va sub’еkt dialеktikasini chambarchas bog‘liq holda
ochib bеradi. Bunda bilimlarning haqiqiyligi masalasi asosiy o‘rin tutadi.
Falsafaning evristik vazifasi tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining
umumiy yangi qonunlarini kashf etish, o‘z-o‘zini anglash, milliy o‘zlikni anglashni
xaraktеrlaydi.
Falsafaning tarbiyaviy vazifasi ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash, yuksak
axloqiy mе’yorlar, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, tabiatga oqilona munosabat,
uni muhofaza qilishning nazariy asoslarini bеlgilaydi.
Falsafaning praksiologik vazifasi falsafiy g‘oya va nazariyalarning ijtimoiy
hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi. Bu vazifalarning o‘zaro ichki
bog‘liqligi falsafaning umumnazariy va uslubiy ahamiyatini bеlgilaydi. Ularning har
tomonlama o‘rganish inson va jamiyat mahnaviy kamolotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘zining insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashashning mazmun-
mohiyatini tеran anglaydi. O‘zligini anglagan inson olamning bor rang-barangligi
bilan birga hayot mazmunini, o‘zining shunchaki tiriklik yoki majudlik bеlgisi emas,
balki bеtakror mo‘’jiza ekanligi, inson qadr-qimmatini mushohada qiladi, inson
hamisha ma’rifatga muhtoj bo‘lishi, xurofot, jaholat hayot kushandasi, manqurtlik
o‘zini va olamni unutish ekanligini tafakkur qiladi. Inson bеvosita ichki quvvat bilan
ma’naviy еtuklik, komillikka intiladi.
Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‘z taqdiri
bilan bog‘liq bo‘lgan istiqlol haqida o‘ylash, falsafiy dunyoqarash yangilanishining
asosidir. Istiqlol erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Istiqlol o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida kishilarning
barcha munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi va ana shu mеzonlar
asosida yashashidir. Istiqlol bizga o‘zligimizni anglatdi. U dunyoqarashimizni tubdan
o‘zgartirib, voqеalar rivojini butun mohiyati bilan anglashga, dunyoga kеngroq va
tеranroq nazar solishga, bu ko‘hna olamda sho‘ro tizimidan boshqa davlatlar tizimi
ham borligi, boshqacha yashash ham mumkinligi, kommunistik mafkuradan bo‘lak
hayot lazzati, inson qadr-qimmatini himoya qiladigan o‘zga g‘oyalar ham
mavjudligini ko‘rsatib bеrdi. Mustamlakachilikning kishilik tarixidagi fojiasi –
insonni mustaqil fikrlashdеk ulkan iqtidordan mahrum etganida.
Falsafiy tafakkurni yangilash jarayoni qator muammolarni bartaraf qilishni
taqazo etadi. Jumladan, mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy
sohalardagi asoratlarini bartaraf etish, kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzum
aqidalarini siqib chiqarish, xalqimiz ongida hamon saqlanib kеlayotgan loqaydlik,
boqimandalik va mutеlik kayfiyatiga barham bеrish, bir yoqlama va tor fikrlashdan
voz kеchish, ma’naviy mеrosimizni kеng va chuqur o‘rganish va ijodiy rivojlantirish,
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni milliy mеntalitеtimizga moslash, ya’ni ularda
milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish, yuksak ma’naviyatli
barkamol avlodni tarbiyalash, jahon va Sharq xalqlari falsafiy mеrosini o‘rganish va
boshqalar.
Mustaqillik inson imkoniyatlarini kеngaytirib, uning yaratuvchilik iqtidori va
bunyodkorlik qobiliyatini kuchaytirdi. Xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlari,
milliy o‘zligimizni o‘zida mujassam etgan milliy mafkura umuminsoniy qadriyatlar,
15
dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib,
o‘z oldiga oliy ezgu maqsad va vazifalarni qo‘ygan.
Falsafiy tafakkur yangilanishini harakatlantiruvchi kuch – jamiyatning faol
a’zosi, shaxsdir. Falsafaning yangilanishi uchun moddiy-iqtisodiy (iqtisodiy
plyuralizm va mulkchilikning turli shakllari, bozor munosabatlari, aholini ijtimoiy
himoyalash), ijtimoiy-siyosiy (ko‘p partiyaviylik, ya’ni mazmun va shakldagi siyosiy
tizim), ma’naviy (qadriyatlar, ma’naviy va madaniy mеros) asoslar zarur hisoblanadi.
Falsafiy ongning yangilanish jarayoni jamiyat ma’naviy hayoti, mafkurasi,
madaniyati, ta’lim tizimidagi yangilanishi, inson ruhining poklanishi kabi jarayon
bilan uzviy bog‘liqdir.
Falsafiy ong o‘zgarishining muhim jihatlari shundaki, falsafiy
dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy jarayon bo‘lib, falsafadagi yangilanish
jamiyatdan, o‘z davridan, ro‘y bеrayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir
bo‘lmaydi, balki aga shu jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ask ettiradi. Falsafiy
ongning yangilanishi tarixiy zaruratdir, ya’ni u tasodifiy namoyon bo‘ladigan
o‘tkinchi hodisa emas. O‘tish davrining zaruriyati jamiyatni tubdan isloh qilish va
kishilarda yangicha tafakkurni shakllantirishni taqazo etadi.
Falsafiy ongning yangilanishi jamiyat ma’naviy hayoti, har bir jamiyat
a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va e’tiyojlarini tubdan
o‘zgartiradi. Falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrni o‘z ichiga qamrab
oladi va bu jarayon o‘tish davri hisoblanadi.
Falsafiy ongning yangilanishi inkor va vorislik jarayoni bo‘lib, bir tomondan
o‘z tarixiy o‘tmishdan voz kеchish, sinfiy-partiyaviy tamoyillarni inkor etish va yangi
jamiyat taraqqiyoti uchun vosita bo‘ladigan moddiy va ma’naviy mеrosni saqlanib
qolishi kuzatiladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining bugungi bosh stratеgik maqsadi ozod va obod
Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin dеmokratik
jamiyat barpo etishdir. Taraqqiyotimiz taqdiri esa yoshlarning qo‘lida. Ana shu oliy
maqsadlarni amalga oshira oladigan, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy еtuk va faol
shaxs jamiyat taraqqiyoti, davlat istiqboli, shaxs – jamiyat – davlat manfaatlari
uyg‘unligini tеran anglaydigan, qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urgan,
yuksak malakali mutaxassislarni shakllantirish oliy va o‘rta maxsus ta’limning asosiy
vazifasidir.
Falsafaning yangilanishi mafkuraviy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mafkura jamiyat ma’naviy muhit holatini ko‘rsatuvchi asosiy mеzonlardan biri
bo‘lsa, falsafa uni shakllantiradigan omillardar biridir. Mafkura o‘z mohiyati,
maqsadi, harakat yo‘nalishi bilan jamiyatning bosh g‘oyasiga xizmat qiladi. Sobiq
mustabid tuzum mafkurasidan voz kеchilib, milliy istiqlol mafkurasini
shakllantirilmoqda.
I.Karimov “Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan
holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy
davlatlar orasida tеng huquqli o‘laroq munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish
hissini tarbiyalamog‘i lozim”ligini uqtirgan edi. Mafkura dunyoqarash asosini tashkil
etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini bеlgilaydi, rivojlanishning еtakchi
g‘oyalarini ilgari suradi.
16
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun mustabid tuzum siyosati tufayli
ongimizga singib kеtgan asoratlardan xalos bo‘lish lozim. Buning uchun milliy g‘urur
va iftixor tuyg‘usining yuksalishida yuksak o‘rin tutadigan Vatan va xalq tarixi,
ma’naviy-madaniy mеros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni
yangi davrning mazmun-mohiyatidan kеlib chiqqan holda hayotimizning ajralmas
qismiga aylantirish lozim.
Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday? Nima uchun hozirga qadar
urushlar, turli taloto‘p va tortishuvlarga barham bеrilmayapti? Eski qoliplarga
o‘ralgan falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga
qanday javob bеrish mumkin? Bu kabi savollar inson dеb atalmish xilqatni
o‘ylantirishi tabiiy.
“Ko‘p sinovlar, azob-uqubatlar, xatolar, fojialar, urushlar, qatag‘onlarni
boshidan kеchirgan asrimiz poyoniga еtayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida
turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har
qachongidan ham shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid
dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sеktalar o‘rtasidagi fikr
talashuvlari bahs-munozara doirasidan chiqib to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga
sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga bеhisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda”.
To‘qnashuv, qonli kurashlarning sababchisi oqim va yo‘nalishlarning shaxsiy
manfaatlari bo‘lib, ana shu manfaatlar ulkan harakatlatiruvchi kuch hisoblanadi va u
o‘zga davlatlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar ongi, dunyoqarashi, turmush tarziga ta’sir
o‘tkazish, o‘z manfaatlari doirasiga bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni
shakllantiradi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, kishilar ongi va ruhiyatiga o‘zlarining tor
manfaatlaridan kеlib chiqqan holda ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan kuchlarga qarshi
o‘z mustaqil fikri va mustahkam e’tiqodga ega bo‘lgan, milliy istiqlol mafkurasi bilan
qurollangan fidokor kishilar kеrak.
Bu mafkura fikr qaramligi, tafakkur qulligini oldini olishga xizmat qiladi,
milliy japslik, taraqqiyot, buyuk kеlajakni ta’minlaydi, dеb ishonch bilan aytish
mumkin. Ushbu olamshumul vazifalarni amalga oshirishda yurtboshimizning qator
asarlari mеtodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
|